3 (79) 2021 pedagogik mahorat




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/344
Sana07.12.2023
Hajmi3,37 Mb.
#113345
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   344
Bog'liq
Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

3 (79) 2021 
 PEDAGOGIK MAHORAT 
111 
xulosalari, ayblovlari aslida mohiyatan Chor mustamlaka istibdod tuzumi milliy davlatchiligimiz, milliy 
oʻzligimiz, an’ana, urf-odat, marosim, qadriyatlarimizni toptalishi, millatga, nohaqliklari aks etgandi. 
Mustamlaka davrida mustamlakachilar xalqimiz uchun qadrlashning umuminsoniy tamoyillarini 
barqaror qilish u yoqda tursin, haqiqiy qadriyatshunoslik nuqtayi nazaridan tadqiqotlar olib borishga ham izn 
berilmas edi. Faqat asrimizning 60-yillariga kelib, qadriyatlar muammosi ba’zi mutaxassislar tomonidan 
tahlil qilina boshlagan boʻlsa-da, u haqda erkinlik chegaralangan edi. Shu oʻrinda aytish kerakki, milliy 
qadriyatlarimiz 1990-yillargacha falsafa darsliklarida alohida mavzu sifatida yaqqol koʻzga tashlanmadi va 
oʻz oʻrniga ega boʻlmadi. Oʻsha davrda yoshlarimizga xalqimizga taalluqli boʻlgan aksiologik bilimlar hech 
bir ta’lim muassasasida berilmas edi. Xalqimiz shunday qarshiliklarga uchrashiga qaramasdan oʻsha davrda 
mard va jasur shoirlarimiz millatimizni uning tarixini aks ettiruvchi soʻzlarini oʻz qalamlarida bayon etishdan 
hech choʻchimadilar. Afuski, ularning koʻplari otilgan boʻlsa, ba’zilari surgun qilindi. Ammo shuni alohida 
ta’kidlab oʻtishimish kerakki, davlatimiz hali mustaqillikka erishmay turib 1989-yilda oʻzbek tiliga davlat tili 
maqomi berilishi, 1990-yil Navroʻz bayramini umumxalq milliy bayram sifatida e’lon qilinishi va ushbu 
bayramlarni keng nishonlashi yuqorida qayd etilgan mardliklarning bir nishonasi edi. 
Oʻzbekiston Respublikasi 1991-yil 31-avgustda oʻz mustaqilligini qoʻlga kiritgach qadriyatlar 
toʻg’risidagi qarashlarimiz shitob bilan oʻzgardi. Sobiq Ittifoqning ilgari ulug’langan partiyaviy-sinfiy 
qadriyatlari tanazzulga yuz tutdi. Mustaqillikning ilk kunlaridan Oʻzbekistonda qadriyatlarga e’tibor 
kuchayib, uning turli qirralari koʻplab olim va mutaxassislar tomonidan aksiologiyaning koʻpdan-koʻp 
qirralari ilmiy izlanishlar xalqimiz va yoshlarimizni aksiologik ongini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb 
etdi va bu boradagi ilmiy tadqiqot ishlarini davomiyligini turli qirralarini ochishda ayni vaqtda ham 
olimlarimiz jonbozlik bilan bu sohani tadqiq etmoqda. 
Mustaqilligimiz sharofati bilan milliy qadriyatlarimizga alohida e’tiborni kuchaytirib barcha milliy 
qadriyatlarimizni tiklashga keng imkoniyalar ochib berildi. Hozirgi kunda bizning xalqimiz barcha Sharq 
xalqlari singari oʻz milliy urf-odatimiz Navroʻz - Yangi yil bayramimizni bor malohati, boʻy-basti bilan 
koʻz-koʻz qilib oʻtkazyapmiz. Navroʻzning nav - yangi, roʻz - kun, ya’ni yangi kun deb atalishi ham bejiz 
emas. Bu qadimiy, an’anaviy Yangi yil bayramimiz haqida ulug‘ bobolarimiz Abu Rayhon Beruniy 
“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida, Mahmud Qoshg‘ariy esa “Devonu lug‘otit turk” asarida 
juda qiziqarli ma’lumotlar yozib qoldirganlar. Umar Hayyom olim, faylasuf sifatida bu bayram haqida 
“Navroʻznoma” nomli maxsus kitob yozgan. Navoiyning ustozi - turkigoʻy shoirlarning malikul kalomi 
Lutfiy domla “Gul va Navroʻz” oʻlmas dostonini yaratganki, bu asar hamon sahnalarimizni bezab berishni 
davom etib kelayotir. Qurbon hayiti-iyd-al-adha, ramazon hayiti-iyd-al-fitr, me’roj-rajab oyi bayrami, 
shuningdek, taqdir kechasi-layla-tul-qadr, iftorlik “og‘iz ochish” marosimlari keng miqyosda 
nishonlamoqdamiz. Shunday qilib, oʻquvchi-yoshlarni xalq og‘zaki ijodi milliy qadriyatlar asosida 
tarbiyalashda davlatimiz tamonidan keng e’tibor qaratilib yoshlarga uning mohiyatini yorqin ochib berish, 
chuqur bilim berish orqali ularda asl milliy qadriyatlarimizga sodiqlik ruhida tarbiyalash, yoshlar ongini 
amaliy koʻnikma va malaka asoslarini mustaqillik yaratib berdi. 
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tamonidan 1992-yilda yozgan “Oʻzbekistonning oʻz istiqlol va 
taraqqiyot yoʻli” asarida Oʻzbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlari sifatida: 
1) umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik
2) xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish; 
3) insonning oʻz imkoniyatlarin erkin namoyon qilish; 
4) vatanparvarlikni koʻrsatib bergan edi. 
1994-yil 23-aprelda Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti “Respublika Ma’naviyat va 
ma’rifat” jamoatchilik markazini tashkil etish toʻg‘risi-da”gi Farmoni, 1996-yil 9-sentabrda esa “Ma’naviyat 
va ma’rifat jamoatchilik markazi faoliyatini takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish toʻg‘risida”gi 
Farmonlarida quyidagi qadriyatlar haqida gapirilagandi: 
1. Vatan - eng oliy makon, u menikidir. 
2. Eng oliy qadriyat - inson.
3. Mulkning eng oliy shakli - intellektual mulk va inson faoliyatining eng oliy turi - intellektual 
mehnat. 
4. Vaqt eng oliy boylik. 
5. Umuminsoniy qadriyatlar. 
6. Moddiy qadriyatlar. 
7. Milliy qadriyatlar. 
8. Tabiiy qadriyatlar. 
9. Iqtisodiy qadriyatlar. 
10. Ijtimoiy - siyosiy qadriyatlar. 
https://buxdu.uz



Download 3,37 Mb.
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   344




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish