|
3 (79) 2021 pedagogik mahorat Pdf ko'rish
|
bet | 144/344 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 3,37 Mb. | | #113345 |
Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yilMuhokamalar va natijalar. Ma’lumki mustamlaka davrida milliy an’ana, urf-odat, marosim, maraka,
qadriyatlarga munosabat oʻsha davr ma’muriyatining jiddiy qarshiligiga uchragan edi. Chor
mustamlakasining olib borgan siyosati, istibdodi, bedodliklari ruslashtirish, xristianlashtirish, milliy
madaniyat, turmush tarzimiz, urf-odat, marosim, an’ana va qadriyatlarimizni kamsitish, yerga urish, xoʻrlash,
yoʻq qilib yuborish, mahv etish siyosatiga qaramay xalqimiz oʻz milliy an’analari, qadriyatlari, urf-odat,
marosim, turmush tarzi uchun qattiq, murosasiz kurash olib borgan edi. Shunday tahlikali davrda ham
xalqimizning mard, qoʻrqmas oʻg’lonlari yoshlarimizni ma’rifatli va qadriyatlarni asrash haqida xalqqa
koʻplab murojaatlar qilib, milliy manfaatimiz uchun kurashlar olib borganlar. Bunday kurashlarning yorqin
sahifalariga oid koʻplab ma’lumotlar mustaqillik yillarida e’lon qilindi. Ana shular orasida Turkiston milliy
ozodligi, milliy davlatchilik uchun kurash rahnamosi, yoʻlboshchisi mashhur Dukchi Eshon - Muhammad
Ali Sobir Xalfa oʻg‘lining xalqqa murojaat qilganini yodga olishimiz mumkin. Shu oʻrinda Dukchi
Eshonning xalqqa murojaatida shunday soʻzlar bor edi. “Ey, muhtaram musulmonlar! Ey, birodarlar!
Hammangizga ma’lumki, yurtimiz musulmon yurti, el musulmon, xalq musulmon, xon musulmon, shariatning
hukmi joriy, amri nofiz edi. Hukumatni Alloh taolo oʻzi biladur, kofirlarni musallat qildi, yurtimizga oʻrus
keldi. Xudoyorxon oʻrniga Kaufman, Umarxon taxtiga Chernayuf oʻltirdi. Farg‘ona xonligi yerida Moskov
xonligi - oq podsho hukmron boʻldi. Oʻrus Vatanimizga istilo etdi. Soʻngra tilimizga istilo qildi. Sekin-asta
dinimizga istilo qilmoqqa boshladi, bilasizlarki, musulmonlarning axloqi buzildi. Oʻrisning kelg‘onig‘a oʻttiz
yil toʻlmay musulmonlar riboga odatlandi, halol-haromni farq qilmas boʻldi. Xulosa (shulki), shariatimiz
xor, musulmonchilik g‘arib boʻldi. Hurriyatimiz g‘oyib boʻldi, istiqlolimiz mahv boʻldi, oʻzimiz oʻtmas,
soʻzimiz kesmas boʻldik”[5, 6]. Dukchi Eshon ilgari surgan yuqoridagi achchiq zaharxanda e’tiroflari,
https://buxdu.uz
|
| |