PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/344
Sana07.12.2023
Hajmi3,37 Mb.
#113345
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   344
Bog'liq
Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021 
112 
11. Ma’naviy qadriyatlar. 
12. Axloqiy qadriyatlar. 
13. Diniy qadriyatlar. 
14. Oilaviy qadriyatlar. 
15. Demokratik qadriyatlar va h.k. 
Ayni damda barcha sohalarda shiddat bilan rivojlanib borayotgan davlatimiz tomonidan xalq og‘zaki 
ijodi va milliy qadriyatlarga boʻlgan e’tibor yanada oshirilib borilmoqda.
Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev oʻzining 2017-yil 22-dekabrda Oliy 
Majlisga murojaatnomasida milliy-ma’naviy qadriyatlarimizni yanada rivojlantirish borasida davlatimiz 
tomonidan amalga oshirilayotgan olamshumul harakatlar haqida yig‘ilish qatnashchilariga quyidagilarni 
bayon qilgan edi: Ma’naviy hayotimizda muhim voqea boʻlgan ana shunday loyihalar haqida gapirganda, 
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy va Imom Termiziy nomlaridagi xalqaro ilmiy-
tadqiqot markazlari, Islom akademiyasi kabi ilmiy-ma’rifiy muassasalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish ishlari 
boshlanganini alohida qayd etish zarur. Shular qatorida buyuk allomalarimizning yodgorlik majmualari 
qoshida hadisshunoslik, islom huquqshunosligi, tasavvuf, kalom va aqida ilmi kabi diniy-ma’rifiy 
yoʻnalishlarni oʻrganish boʻyicha maxsus maktablar tashkil etildi. Albatta, bizning bu ishlarimiz chuqur 
ilmiy va amaliy asoslarga ega.
Ma’lumki, qadimiy madaniyat va sivilizatsiyalar chorrahasi boʻlgan yurtimiz zaminidan oʻrta asrlarda 
minglab olimu ulamolar, buyuk mutafakkir va shoirlar, aziz-avliyolar yetishib chiqqan. Ularning aniq fanlar 
va diniy ilmlar sohasida qoldirgan bebaho merosi, butun insoniyatning ma’naviy mulki hisoblanadi. Hozirgi 
kunda Oʻzbekistonimizning kitob fondlarida 100 mingdan ziyod qoʻlyozma asarlar saqlanmoqda. Afsuski, 
bu nodir kitoblar hali toʻliq oʻrganilmagan, ular olimlar va oʻz oʻquvchilarini kutib turibdi. Ushbu noyob 
asarlarda bugungi davr oʻrtaga qoʻyayotgan juda koʻp dolzarb muammolarga javob topish mumkin. Xususan, 
islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib beradigan, barcha odamlarni ezgulik, mehr-oqibat 
va hamjihatlik yoʻlida birlashishga da’vat etadigan teran ma’noli fikr va g‘oyalar bugun ham oʻz qimmati va 
ahamiyatini yoʻqotgan emas. Lekin biz ana shunday noyob meros vorislari, shunday boylik egalari 
boʻlaturib, ularni har tomonlama oʻqish-oʻrganish, xalqimiz, avvalo, unib-oʻsib kelayotgan yoshlarimizga, 
jahon hamjamiyatiga yetkazish boʻyicha, yetarli ish qilmaganimizni ham ochiq tan olish kerak. Biz diniy 
jaholatga, zararli oqimlarga qarshi ma’rifat bilan kurashish kerakligi haqida koʻp gapiramiz. Bu toʻg‘ri, 
albatta. Lekin ma’rifat, ma’rifiy bilimlar qayerda – avvalo ota-bobolarimiz bizga qoldirib ketgan mana 
shunday moʻ’tabar kitoblarda emasmi? [1] degan edilar. Xalqimiz tamonidan avloddan-avlodga oʻtib 
kelayotgan xalq og‘zaki ijodi va milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va uni rivojlantirish boʻyicha 
mamlakatimizda muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.  
Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki milliy qadriyatlar va xalq og‘zaki ijodi faqat oʻz xalqi 
qadriyatini ardoqlash, koʻz-koʻz qilish va boshqalar orasiga yoyish uchun intilishga asoslanmaydi, balki har 
bir xalq, elat, urug‘ qadriyatlarini hurmat qilish qanday holatda boʻlsa, shundayligicha qabul qilib, ularga 
ehtirom koʻrsatish, umuman olganda, umuminsoniylikni tarannum etishi lozim. Yurtimizda xalq og‘zaki 
ijodi va milliy qadriyatlarga oid olib borilayotgan ishlarining barchasi dunyo ahliga manzur boʻlib, 
davlatimiz tamonidan olib borilayotgan bu kabi islohatlarga havas bilan qarashmoqda. Shu oʻrinda milliy 
qadriyatlarni tarannum etuvchi xalqaro festivallarda qatnashish uchun yurtimizga oshiqmoqdalar. Shunday 
ekan, biz ham yurtimizdagi ushbu islohotlarni targ’ib qilishimiz va yoshlarimizni milliy qadriyatlar asosida 
tarbiyalashda jonbozlik koʻrsatishimiz lozim.

Download 3,37 Mb.
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   344




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish