|
Key words: spiritual-methodical, spiritual-spiritual, innovative technology, student, term, professional
activity.
Kirish Pdf ko'rish
|
bet | 148/344 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 3,37 Mb. | | #113345 |
Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yilKey words: spiritual-methodical, spiritual-spiritual, innovative technology, student, term, professional
activity.
Kirish. Ma’lumki, jahon mamlakatlarida ham oʻqitish mazmuni, ta’lim tizimi ijtimoiy taraqqiyot bilan
oʻzaro muvofiqlikda rivojlanib kelgan. Roʻy berayotgan ijtimoiy oʻzgarishlarning barchasi muayyan darajada
ta’lim-tarbiya mazmunida oʻz aksini topadi. Buni ilm-fan, texnika va texnologiya sohalarida roʻy berayotgan
oʻzgarishlarni ta’lim-tarbiya jarayonlariga tatbiqi misolida koʻrish mumkin. Bugungi kunda professor-
oʻqituvchilar ta’lim muassasalarida asrlar davomida insoniyat tomonidan yaratilgan va yaratilayotgan ilmiy,
ilmiy metodik hamda zamonaviy innovatsion texnologiyalar yangiliklaridan yosh avlodni tanishtirib, oʻrgatib
borish maqsadida tizimli, izchil, uzluksiz va, albatta, maqsadga muvofiq ravishda pedagogik faoliyat olib
boradi. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida tayyorlanayotgan kadrlarda nazariy va amaliy bilimlarni
amaliyotga bevosita, qiynalmasdan samarali tadbiq eta olish koʻnikma va malakalarini rivojlantirishga
boʻlgan ehtiyoj kundan-kunga oʻz samarasini bermoqda. Oliy ta’lim muassasalarida boʻlajak
mutaxassislarning oʻquv va tanlagan kasblariga ega boʻlishlari hamda yuqorida qayd etilgan ehtiyojni
qondirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi.
Asosiy qism. Oliy oʻquv yurtlaridagi, jumladan, tibbiyot oliygohlaridagi ta’lim-tarbiya jarayonlari
samarali amalga oshirish uchun oʻquvchi-talabalar bilan oʻqituvchilar oʻrtasida uzluksiz ta’sir oʻtkazish
hukm surishi muqarrar. Bu munosabatlar umumta’lim maktabi oʻquvchisi va oʻqituvchisi oʻrtasidagi, yoki
litsey va kollej oʻqituvchisi va oʻquvchilari oʻrtasidagi munosabatlardan keskin farq qiladi, bu bir tomondan
ular oʻrtasidagi yosh xususiyatlariga, ijtimoiy-huquqiy mavqelariga bog’liq boʻlsa, auditoriyada “ustoz-
muallim” va “shogird-tinglovchi”, tarzida, auditoriyadan tashqarida doʻstona, aka-uka, hatto “ota-bola”
munosabatlariga yaqin doʻstona, dilkash boʻlishi maqsadga muvofiqdir. Lekin shu vaqtgacha oliy maktab
psixologiyasi, undagi talaba va professor–oʻqituvchilar oʻrtasidagi hozirgi kungacha ruhiy muhit ilmiy tahlil
qilinmagan.
Tibbiyot oliy oʻquv yurtlariga ilk bor qabul qilingan talabalik baxtiga musharraf boʻlganliklaridan
g’oyat xursandliklarining poyoni yoʻq endi. Ammo ularni tinimsiz mehnat sharofati bilan kelajakda yetuk
shifokor boʻlib yetishishlariga hech shubha yoʻq. Tanlagan oliygohlaridagi ta’lim-tarbiyaning oʻziga xos
xususiyatlari oʻquvchi-talabalarning boshqa ijtimoiy guruhlar bilan muloqotga kirishish uchun barcha
imkoniyat yaratiladi. Talabalik davrining asosiy xususiyatlaridan biri – ijtimoiy yetuklikning jadal sur’atlar
bilan roʻyobga chiqarishdir.
Talabalik davri oʻspirinlikning ikkinchi bosqichidan iborat boʻlib, 17–21 (25 va kattaroq) yoshni oʻz
ichiga oladi va oʻzining ijtimoiy-ruhiy xususiyatlariga ega.
Mazkur pallada oʻspirin xohlaydimi yo xohlamaydimi oʻziga ruhiy inqiroz yoki tanglikni boshidan
kechiradi, kattalarning turli rollarini bajarishga urinib koʻradi, talabalik turmush tarzining yangi jihatlariga
koʻnika boshlaydi.
Bugungi tez rivojlanayotgan zamonda ilm-fan, texnika ham shiddat bilan oʻsib bormoqda. Fan-
texnikaning rivoji bir tomondan uzluksiz axborotlar, ma’lumotlar olishni koʻpaytirsa, osonlashtirsa, ikkinchi
https://buxdu.uz
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Key words: spiritual-methodical, spiritual-spiritual, innovative technology, student, term, professional
activity.
Kirish
|