• II. Ijtimoiy-ruhiy qiyinchiliklar
  • III. Kasbiy qiyinchiliklar: 1.
  • Adabiyotlar
  • I. Bilishdagi qiyinchiliklar




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet151/344
    Sana07.12.2023
    Hajmi3,37 Mb.
    #113345
    1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   344
    Bog'liq
    Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

    I. Bilishdagi qiyinchiliklar: 
    1. Oʻquv materiallarining mazmuni va koʻlami jihatdan farqlanishi.
    2. Oʻqitishning shakl va turlari (ma’ruza, amaliy mashg’ulot, kollokvium, sinov, mustaqil ta’lim va 
    boshqalar)ga nisbatan e’tiborsizlik qat’iyatning yetishmasligi. 
    3. Amaliy mashg’ulot va ma’ruza materiallarining murakkabligi. 
    4. Material olish manbalarining xilma-xilligi.
    5. Mustaqil oʻqib-oʻrganish malakalarining yetishmasligi.
    II. Ijtimoiy-ruhiy qiyinchiliklar: 
    1. Turmush, hayot tarzini oʻzgarishi, atrof muhit va yakkalanish.
    2. Yashash va faoliyatning turli sohalarida mustaqil harakatga oʻtish.
    3. Irodaga zoʻr berish, qobiliyat, e’tibor, aqliy imkoniyatlar boʻyicha qat’iyatsizlik (sessiyalarda, 
    oʻqishdan haydalishdan qoʻrqish, xavfsirash). 
    III. Kasbiy qiyinchiliklar: 
    1. Oila, maktab va oliy oʻquv yurtini toʻg’ri chog’ishtirma tasavvur qilmaslik, bu layoqatsizlik. 
    2. Oliy oʻquv yurti shat-sharoitlariga moslashishdagi e’tiborsizlik, ta’lim-tarbiya. 
    3. Mutaxassislik kasbini toʻliq tasavvur qila olmaslik. 
    4. Tanlagan kasb mohiyatini tushunmaslik. 
    5. Kasbiy talablarga javob beradigan fazilatlarga ega emaslik.
    Oliy oʻquv yurti shart-sharoitlariga imkon qadar moslashishda oʻquvchi-talabalarning oʻziga xos yosh 
    xususiyatlari, oʻqish va hayotga nisbatan aqliy munosalatlari, axloqiy fazilat koʻrsatkichlari muhim oʻrin 
    egallaydi. Oliygohda ta’lim-tarbiya olayotgan oʻquvchi-talabalarning aksariyati oʻquv materiallarini oʻqib 
    oʻzlashtirishda tasodifiy boshqarishga harakat qiladilar. Bu esa irodaviy zoʻr berish natijasida qisman 
    materiallar eslab qolinsa-da, qolganlari mutloq e’tibordan chetda qoladi. Bunday yondashuv oʻrganilayotgan 
    materialning bir qismini tashkil etsa, uning mazmun-mohiyatini zoʻrg’a aniqlab olishga erishadilar, uni chala 
    tushunib, mazmunini batafsil yozma bayon etolmaydilar. Oʻquv yili davomidagi bu harakatlar talabani og’ir 
    sinovlarga olib keladi, alqissa sessiya natijalari qoniqarli boʻlmasligi mumkin. Bunday noxush holatlardan 
    xalos boʻlishning yagona yoʻli talabani oʻquv materialni asosiy manbalar bilan oʻqib oʻrganishga, faoliyatini 
    mustaqil tashkil qilishga, oʻzini oʻzi boshqara olish imkonlari bilan tanishtirish maqsadga muvofiqdir. 
    Xulosa. Yuqorida qayt etilgan fikr-mulohazalar oʻquv materialni nazariy va amaliy oʻrganishga 
    qaratilayotganidan kelib chiqib, oʻquvchi-talabalarga oʻqib oʻrganish bilan bog’liq qoidalarga rioya qilib hal 
    etilishi kutilayotgan muammolar ilgari suriladi: 
    1. Auditoriyaning ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarga tayyorligi. 
    2. Talabalar ma’ruza va amaliy mashg’ulot davrida diqqat - e’tiborlari, aql-irodalari materialni toʻliq 
    oʻzlashtirishga qaratilgan boʻlishi shart. 
    3. Oʻtilgan oʻquv materiallarni mustahkamlash uchun mustaqil faoliyatning umumlashgan yoʻl-
    yoʻriqlaridan samarali foydalanish. 
    4. Talabalarning kollokvium, og’zaki sinovlar, yozma nazorat ishlariga tayyorgarlik saviyalarini 
    nazorat qilib borish. 
    Oliygohlarda olib borilayotgan darslar nazariy (ma’ruza) va amaliy mashg’ulotlarga boʻlinadi. Bu 
    mashg’ulotlar bir-birini toʻldirib, rivojlanib, nihoyat oʻrganilayotgan materialni oʻzlashtirish jarayonida 
    talabalardagi salbiy ijtimoyiy–ruhiy xususiyatlar bartaraf etib boriladi. 
    Adabiyotlar 
    1. Vigotskiy L.S. Mishleniye I rech. -M., 2001. 
    2. G’oziyev E. Oliy maktab psixologiyasi. -T., 1997. 
    3. Jalolov J. Chet til oʻqitish metodikasi. -T., 2015. 
    4. Белоручев Миньяр. Методика обучения французскому языку. -М., 1990. 
    https://buxdu.uz



    Download 3,37 Mb.
    1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   344




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish