3 (79) 2021 pedagogik mahorat




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/344
Sana07.12.2023
Hajmi3,37 Mb.
#113345
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   344
Bog'liq
Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

Asosiy qism. Moddiy va ma’naviy madaniyatning oʻzaro aloqasi va oʻzaro ta’siri natijasida aqlan 
yetuk, axloqan yaxlit shakllangan shaxs tarkib topadi. Inson biror moddiy boylik yaratar ekan, avvalo, uning 
qurilishi, ishlab chiqarish jarayoni va ta’lim-tarbiyaviy natijasini oʻz ongida tasavvur etadi, amaliy 
ahamiyatini oldindan koʻra biladi.
Shaxs tashqi olam, voqea va hodisalarni aql, idrok ruhiy holat, ichki kayfiyatlar orqali qabul qilib 
olishi jarayonida ma'naviy madaniyat tashkil topadi. Yuksak ma’naviy madaniyatli insonda vatanga 
muhabbat, samimiy doʻstlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, mustahkam e’tiqod, iymon, nafosat, axloqiy 
madaniyat singari fazilatlar mujassamlashadi. Uning sifat darajasi kishilarning umuminsoniy va milliy 
qadriyatlarga xalqning ma’naviy merosiga boʻlgan munosabatlarida namoyon boʻladi. Ma’naviy-axloqiy 
madaniyatning negizi hisoblangan umuminsoniy va milliy qadriyatlar shaxsning ijtimoiy tuzumiga 
munosabati, turli ma’rifiy-madaniy g‘oyalar, tushunchalar, qarashlar, tasavvurlar tizimining mahsulidir. 
Ma’naviy-axloqiy madaniyatning mohiyatini namoyon etuvchi obyekt shaxs hisoblanadi. Shaxs sifatida 
shakllanadigan oʻquvchining ma’naviy kamolotida axloqiy madaniyatning ahamiyati benihoya katta.
Bugungi yoshlarda zamonamizning eng mashhur (ijobiy ma’noda) kishilariga oʻxshashlik xohishini 
tug‘diradigan ijobiy namunaning tarbiyaviy kuchi oʻquvchilarning (bolalarning) taqlid qilishga moyilligiga 
asoslangandir. Yoshlar, koʻpincha, ota-onalariga, ma’lum bir ijobiy yutuqlarga erishgan qarindoshlariga, 
oʻqituvchilariga va mashhur qahramonlarga taqlid qiladilar. Turli yoshdagi bolalarga taqlid qilishga moyillik 
turlicha boʻladi. Masalan, kichik yoshdagi bolalar ijobiy namunaga ham, salbiy namunaga ham babaravar 
taqlid qilaveradi. Buning sababi ularning turmush tajribasining juda kamligi, iroda kuchining nihoyatda 
zaifligi, hissiyotlarining aql-idrokidan ustun turishidadir. Ularda tahlil qilish va harakatlarga tanqidiy koʻz 
bilan qarab baho berish xislatlari hali shakllanmagan boʻladi. Bolalar ulg‘ayib borgan sari oʻz tevarak-
atrofidagi katta yoshdagi kishilarning xatti-harakatlariga tobora tanqidiy nazar bilan qaraydigan boʻladilar. 
Shu yoshdagi bolalar oʻz nuqtayi nazarlaridan taqlid qilishga arzigulik deb bilgan kishilarnigina oʻzlari 
uchun namuna deb biladilar va ularga e’tiqod qoʻyadilar.
Oʻquvchilarda tarkib toptiriladigan ma’naviy-axloqiy sifatlar axloqiy ong bilan xatti-harakat oʻrtasida 
birlik boʻlishini taqozo qiladi. Buning ma'nosi shuki, haqqoniyligi oʻquvchilarga kunma-kun uqtirib borilgan 
axloqiy-ma’naviy tushunchalar ularning xatti-harakatlarida ham, ular qatnashgan jamoadagi oʻzaro 
munosabatlarda ham qaror topmog‘i lozim. Oʻquvchilarning ma’naviy-axloqiy tushunchalari faqat dars 
jarayonidagina emas, balki kundalik turmushda ham sinovlardan oʻtib shakllana boradi. Shuning uchun 
ta’lim-tarbiya jarayonida shunday sharoit yaratmoq kerakki, oʻquvchilar sabot-matonat, qunt, 
https://buxdu.uz



Download 3,37 Mb.
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   344




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish