3 (79) 2021 pedagogik mahorat




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/344
Sana07.12.2023
Hajmi3,37 Mb.
#113345
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   344
Bog'liq
Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

3 (79) 2021 
 PEDAGOGIK MAHORAT 
119 
6-7 yoshda amaliy koʻnikmalarning toʻplanishi, idrok, xotira, tasavvur va hayol, tafakkur 
rivojlanishining yetarli darajasiga erishilishi bolalarda oʻz kuchiga ishonchni oshiradi. Bu yanada rang-
barang va murakkab vazifalarning qoʻyilishi orqali xatti-harakatlarda irodaviy boshqaruvga erishishga olib 
keladi. 6-7 yoshdagi bola nisbatan uzoq vaqt davomida irodaviy zoʻriqishni his qilib boʻlsada, uzoqdagi yoki 
tasavvuridagi maqsadga intilishni boshlaydi. 
“Bu yoshda motivatsion sohada oʻzgarishlar kuzatiladi: bolaning xatti-harakatlariga umumiy yoʻnalish 
berib, oʻzaro boʻysundirilgan motivlar sistemasi shakllanadi” [5, 83].
Zamonaviy pedagogika va pedagogik psixologiyada maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy-hissiy 
rivojlanishini tadqiq etish boʻyicha koʻplab diagnostik metodikalar ishlab chiqilgan va ular pedagogik-
psixologik tadqiqotlarda samarali qoʻllanilib kelinmoqda hamda asosli ilmiy natijalarni qoʻlga kiritishda 
muhim omil boʻlmoqda.
Emotsiyalarning xossalari va yosh bilan bog‘liq xususiyatlari uni diagnostika qilishning 
murakkabligini koʻrsatadi. Ma’lum koʻrsatkichlarga tayangan holda diagnostik vazifalarni yechish yengil 
kechadi: 
1. Shaxsdagi emotsional qoʻzg‘aluvchanlik (yoki teskarisi) deganda, qaysi darajadagi eng kuchsiz 
qoʻzg‘atuvchi unda kuchli emotsional reaksiyalarni uyg‘otadi. 
2. Shaxsdagi emotsional beqarorlik (barqarorlik) kayfiyat va kechinmalarning tezda oʻzgarishi bilan 
namoyon boʻladi. 
3. Ikkilanish, behalovatlik, qoʻrquvda namoyon boʻluvchi shaxsdagi xavotirlanish. 
4. Frustratsiya sharoitida xatti-harakatlarning oʻziga, boshqalarga, predmetlarga va vaziyatga 
yoʻnaltirilganligi. 
5. Kechinmalarning chuqurligi. 
Tadqiqot ishimizda R.Temml, M.Dorki va V.Amenning “Xavotirlanishni oʻrganish” testidan 
foydalandik. “Xavotirlanishni oʻrganish” testi maktabgacha yoshdagi bolalarda xavotirlanish darajasini 
oʻrganishga qaratilgan boʻlib, proektiv shaklda, bolalarning ularga taqdim etilgan rasmlardagi bolalar 
emotsional holatini tavsiflashiga asoslangan. Boshqalarning emotsional holatini anglash va shunga koʻra 
muloqotni tashkil etish emotsional intellektning muhim belgisi sifatida ahamiyatli boʻlib, ijtimoiy-hissiy 
rivojlanishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 3,37 Mb.
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   344




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish