|
PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021 Pdf ko'rish
|
bet | 157/344 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 3,37 Mb. | | #113345 |
Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yilPEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021
120
(farqi 1,7%), “Xavotirlanishning oʻrta darajasi” boʻyicha 31,4% (farqi 0,7%) va “Xavotirlanishning past
darajasi” boʻyicha 27,4% (farqi 2,4%) boʻldi va nazorat guruhi natijalari bilan deyarli bir xil boʻldi.
Umuman, dastlabki bosqichda amalga oshirilgan aniqlovchi eksperiment natijalariga koʻra,
maktabgacha yoshdagi bolalarning aksariyat qismi (62,4%) ijtimoiy-hissiy rivojlanishning past darajasini
koʻrsatganligi (ijobiy koʻrsatkichlar faqatgina - 37,6% boʻldi, xolos) bu muammoning dolzarbligini hamda
tadqiqotda ilgari surilgan gipotezaning toʻg‘riligini yana bir bor ifodaladi.
Xulosa. Bolalarni ijtimoiy-hissiy rivojlantirish boʻyicha mavjud holatni eksperimental oʻrganish
yakunida asosiy e’tibor qaratish zarur boʻlgan barcha metodik jihatlarni aniqlashtirishga erishdik. Bular:
•
bolalarni ijtimoiy-hissiy rivojlantirish boʻyicha mavjud dastur va metodik materiallar hozirgi
kunda yanada takomillashtirishni taqozo etadi;
•
uyda va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshiradigan barcha faoliyatlarida bolalar
koʻpincha oʻzlarining quvonch, ma'yuslik, hayrat, aybdorlik kabi emotsiyalarini toʻg‘ri koʻrsata olmaydi, shu
bilan bir qatorda, boshqa bolalarning emotsiyalarini ham toʻg‘ri baholashda qiynalishadi. Bu esa koʻp
hollarda bolalarning tengdoshlari va kattalar bilan muloqotga kirishib, munosabat oʻrnatishlarini toʻg‘ri
tashkil eta olmasliklariga sabab boʻlayotir;
•
maktabgacha yoshdagi bolalarda barcha faoliyatlar, asosan, oʻyin orqali amalga oshirilishini
nazarda tutganda, rolli va syujetli oʻyinlar ijtimoiy-hissiy rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi
mumkin;
•
hozirgi kunda bolalarning televizor, kompyuter, internet va mobil aloqa vositalari olamiga qiziqib
kirishib ketishi natijasida kattalar va tengdoshlari bilan nisbatan oz munosabatda boʻlishi kuzatilmoqda. Bu
esa bolalarning boshqalar hissiy holatiga nisbatan past darajada, befarq munosabat bildirishi holatlariga olib
kelmoqda;
•
ota-onalar farzandlariga koʻproq vaqt ajratishlari lozim, chunki, ilk bolalik davrida ijtimoiy
hayotga olib kirishda oilaning ta'siri beqiyos, bola oʻziga nisbatan mehrni va taassurotlar rang-barangligini
toʻliq his etishiga intilishi zarur;
•
kuylangan yoki tinglangan qoʻshiq, oʻqib berilgan ertak, she’r va hikoyalar asosida bolalar bilan
birgalikda faol muloqotga kirishga qaratilgan inssenirovkalar yaratish ijobiy ahamiyatga ega;
•
maktabgacha ta’lim tashkiloti bolalarini ijtimoiy-hissiy rivojlantirishni yanada takomillashtirish
maqsadida ishlab chiqilgan dastur asosida pedagogik ishni tashkil etish ijobiy natijalarga erishishda muhim
omil boʻladi.
Adabiyotlar
1. Сергиенко Е.А. Социально-эмоциональное развитие детей. Теоретические основы /
Е.А.Сергиенко, Т.Д.Марцинковская, Е.И.Изотова и др. - М.: “Дрофа”, 2019. - 248 с. ISBN 978-5-358-
23199-3.
2. Данилина Т.А., Зедгенидзе В.Я., Степина Н.М. В мире детских эмоций: пособие для
практических работников ДОУ. -М.: “Айри”, 2016. - 160 с.
3. Урунтаева Г.А. Дошкольная психология: Учеб. пособие для студ. сред. спец. учеб.
заведений. – 4-е изд. – М.: “Академия”, 1999. – 873 с.
4. Аккозина Н.М. Интерактивный метод - интерактивный тренажер “Радуга эмоций”. Электрон
манзил:
http://pedsovet.su/load/316-1-038809
(Мурожаат қилиш вақти: 25.05.2017).
5. Рогов Е.И. Настольная книга практического психолога: Учеб. пособие: В 2 кн. - 2-е изд.,
перераб. и доп. - М.: Гуманит. изд. центр “ВЛАДОС”, 1999. - Кн. 1: Система работы психолога с
детьми разного возраста. - 384 с.
https://buxdu.uz
|
| |