• Asosiy qism.
  • Key words: emotional development, stability of emotions, feelings aimed at cognition, sympathy, a  sense of anxiety.  Kirish




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet153/344
    Sana07.12.2023
    Hajmi3,37 Mb.
    #113345
    1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   344
    Bog'liq
    Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

    Key words: emotional development, stability of emotions, feelings aimed at cognition, sympathy, a 
    sense of anxiety. 
    Kirish. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli tub islohotlarning muhim 
    yoʻnalishlaridan biri yosh avlodning ta’lim-tarbiyasi boʻlib hisoblanadi. Bugungi kunda uzluksiz ta’lim 
    tizimining dastlabki boʻg‘ini boʻlgan maktabgacha ta’lim yaxlit ta’lim jarayonining samaradorligini 
    ta’minlaydigan muhim bosqichga aylandi. 
    Bolalarni axloqiy-ma’naviy tarbiyalashni aynan ularni ijtimoiy-hissiy rivojlantirishdan boshlash zarur. 
    Zero, agar muloqot ishtirokchilari, birinchidan, suhbatdoshlarining hissiy holatini anglamasa, ikkinchidan, 
    oʻzlarining hissiyotlarini samarali boshqarishni bilmasa, hech qanday muloqot, hech qanday oʻzaro ta’sir 
    ijobiy natija bermasligi mumkin. Oʻzining emotsiya va hissiyotlarini tushunish, anglash oʻsib kelayotgan 
    shaxsning shakllanishida muhim bosqich boʻlib hisoblanadi. Maqolada ushbu psixologik xususiyatlar 
    atroflicha tahlil etilgan.
    Asosiy qism. Tarixiy-pedagogik tahlillarning koʻrsatishicha, emotsional rivojlanish, inson hayotida 
    emotsiyalarning roli, ularning bola xulq-atvori va shaxs sifatida shakllanishiga ta’siri masalasi qadimdan 
    tadqiqotchilarni qiziqtirib kelgan. Jumladan, Demokrit va Platon hissiyotlarning inson faoliyatida 
    yoʻnaltiruvchi roliga e’tibor qaratishdi, Arastu esa affektlar nazariyasini va undan ogohlantirish usullarini 
    ishlab chiqdi.
    Bolalarni emotsional rivojlantirish muammosi keyingi yillarda yangi oʻqitish talablari va standartlari 
    kiritilishi bilan yanada dolzarblik kasb etmoqda. Bundan tashqari, bolalarni kichik yoshda emotsional 
    rivojlantirishning murakkabligi masalaning yanada muhimligini ta’kidlaydi. Bu borada olimlar va 
    amaliyotchilar V.V.Davidov, N.S.Ejkova, A.B.Zaporojes, Ya.Z.Neverovich, O.L.Knyazeva, I.O.Karelina, 
    A.D.Kosheleva, N.S.Leytes, V.G.Rajnikov, L.P.Strelkova, N.S.Ulyanova va boshqalar oʻz tadqiqotlarida 
    uqtirib oʻtishgan. 
    Emotsiyalar real borliqni obyektiv aks ettirish va unda toʻg‘ri moʻljal olish uchun bolalar hayotida 
    muhim rol oʻynaydi. Shu bois kattalar, ya’ni, ota-ona va tarbiyachilar bolalar bilan izchil va iliq emotsional 
    munosabatlarni oʻrnatishga harakat qilishlari zarur. Zero, boshqa insonlar bilan oʻzaro muloqot va 
    munosabatlar, ularning xatti-harakatlari maktabgacha yoshdagi bolalar hissiyotlari shakllanishi uchun muhim 
    manba hisoblanadi. 
    Emotsiyalar subyekt faoliyatini aniqlashtiradi, tashkillashtiradi, ruhlantiradi va baholaydi. 
    Emotsiyalarni rivojlantirish muammosi, ularning motiv sifatida paydo boʻlishi hamda yoʻnaltiruvchi roli 
    pedagogika va psixologiyaning dolzarb muammolaridan sanaladi. Binobarin, ular nafaqat bolalar psixikasi 
    va uning alohida qirralari rivojlanishining umumiy qonuniyatlari borasida, balki, maktabgacha yoshdagi 
    bolaning shaxs sifatida shakllanishi xususiyatlari borasida ham yetarlicha tasavvurlar beradi. 
    https://buxdu.uz



    Download 3,37 Mb.
    1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   344




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Key words: emotional development, stability of emotions, feelings aimed at cognition, sympathy, a  sense of anxiety.  Kirish

    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish