PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/344
Sana07.12.2023
Hajmi3,37 Mb.
#113345
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   344
Bog'liq
Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021 
118 
Katta maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi oʻzida emotsiyalar rivojlanishi bilan bog‘liq 
chuqur, yaxlit jarayonni aks ettiradi. Emotsiyalar bolaning umumiy rivojlanishida muhim oʻrin tutadi. 
Emotsiyalar bolaning oʻqishidagi samaradorlikni aniqlashtiradi, bolaning ijodiy, mehnat, oʻquv faoliyati va 
tengdoshlari bilan oʻzaro munosabatlarini tashkil etishida ishtirok etadi.
Maktabgacha yosh davrida bolalar oʻzining emotsiyalarini yetarli darajada boshqara olmaydi, shu bois 
kattalarning vazifasi bolani oʻz emotsiyalari va faoliyatini boshqarishga oʻrgatish, uning natijasini oldindan 
koʻra olish va bajarilishini nazorat qilishdan iboratdir. 
Maktabgacha ta’lim tashkiloti amaliyotida turli yoshga mansub bolalar guruhlari imkoniyatlaridan, 
ya’ni, turli rollarni bajarish, hamdardlik koʻrsatish, koʻmaklashish, insonlarni bor-budicha, ular qanday 
boʻlsa shunday qabul qilish imkoniyatlaridan yetarli darajada foydalanilmaydi. Bolalar bilan ijtimoiy faol ish 
shakllari, masalan, loyihalash faoliyati, ijtimoiy vaziyatlarni oʻynash kabilardan keng foydalanmaydilar yoki 
bu ish usullarini bilmaydilar yoki eskicha ish usullarini qoʻllaydilar. 
Bolalarni emotsional rivojlantirishning dolzarbligi shundaki, maktabgacha yosh davri bola shaxsi 
shakllanishi va rivojlanishining eng nozik, sezuvchan davri hisoblanadi. Yaxlit holda, maktabgacha yosh 
davri bolaning psixik rivojlanishida muhim rol oʻynaydi, aynan bu davrda faoliyat va xulq-atvorning yangi 
psixologik mexanizmlari shakllana boshlaydi. Shunday qilib, maktabgacha yoshdagi bolalarning emotsional 
sohasini rivojlantirish masalasi muhim va chuqur oʻrganishni talab etadigan ilmiy yoʻnalishlardan biridir.
Bolaning emotsional sohasi butun hayoti davomida rivojlanib boradi. Ilk va katta maktabgacha yosh 
davri – bolada ancha muhim davr hisoblanadi. Bu davrda bolaning emotsiyalari bola hayotidagi barcha 
sohalardan ustun holatda boʻladi, ya’ni, bola goʻyoki oʻz hissiyotlarining asiri holatiga tushishi mumkin. 
Maktabgacha yosh davrida hissiyotlarning barqarorligi kuchayadi, ular ancha chuqur, anglangan va 
umumlashgan xarakter kasb eta boshlaydi. Bolada oʻzining emotsional reaksiyalarini nazorat qilish 
malakalari shakllanib boradi. Yangi, oliy, ya’ni axloqiy, estetik, bilishga qaratilgan hissiyotlar paydo boʻladi. 
Bu davrda bola nafaqat oʻzining simpatiyasini (antipatiya), balki elementar hamdardligini, bag‘rikenglik va 
nazokatini, yaqinlariga nisbatan muhabbatini, g‘urur va uyat kabi hissiy holatlarini ham koʻrsatish 
imkoniyatiga ega boʻladi. 
Bola nima bilan g‘ururlanadi, nimadan uyaladi – bu atrofdagilar va birinchi navbatda, ota-onasiga, 
tarbiyachilarga, ularning bolaga nisbatan mavjud munosabatiga, uning muvaffaqiyatlarini baholashi 
darajasiga bog‘liqdir. Bola, albatta goʻzallikka va xunuklikka befarq emas, u musiqadan, tasviriy san’at 
asaridan, she’riyatdan, tabiatdagi goʻzalliklardan hissiy ta’sirlanadi, yumor hissini oʻzida namoyon etishi 
mumkin. Maktabgacha yosh davrida bilish hissiyotlari ham rivojlanadi, bola nafaqat kuchli qiziqishni 
namoyon etadi, balki, haqiqatni bilishga nisbatan intilishni ham namoyon etadi [1, 91]. 
Dastlab bolaning emotsional sohasi amaliy faoliyat jarayonida, insonlar, predmetli olam bilan oʻzaro 
ta’sir jarayonida shakllanadi va oʻzgarib boradi. Keyinchalik, shu asosda oʻziga xos psixik faoliyat – 
emotsional hayol paydo boʻladi. U oʻzida affektiv va kognitiv jarayonlar yaxlitligini, ya’ni, affekt va intellekt 
birligini namoyon etadi, ya’ni L.S.Vigotskiy insondagi maxsus oliy hissiyotlar uchun xarakterli ekanligini 
ta’kidlagan edi.
Hissiyotlar maktabgacha yosh davrining oxirida bolaning xulq-atvori va xatti-harakatlari motiviga 
aylanadi. Bosqichma-bosqich bola hissiyotlarining intellektuallashishi kuzatiladi. Emotsional ta’sirlanish 
qobiliyati rivojlanadi, hissiyotlarni ifodalashning shakllari oʻzgarib boradi [2, 64]. 
Yaxlitlik, umumiylik, koʻp yoʻnalishlilik, harakatchanlik kabi xususiyatlar bola emotsional sohasini 
oʻrganishda ma’lum murakkabliklarni keltirib chiqaradi. Shu bois, bilish jarayonlarini va bola shaxsi xulq-
atvorini tadqiq etishda uni aynan faoliyatda va faoliyat orqali oʻrganish tavsiya etiladi [3, 421]. 
3,5-4 yoshdagi bolalar oʻz yaqinlari va tanishlariga atalgan hissiyotlarini ertaklar personajlariga 
koʻchirishadi, ular faol tarzda hamdardlik koʻrsatishga harakat qilishadi, yordamga muhtojlarga esa yordam 
qoʻlini choʻzishga intilishadi. Omadsizlik sharoitida bolalar kattalarga murojaat qilishadi, kattalarning 
qoʻllab-quvvatlashi esa bolalar qiziqishlari motivasiyasi boʻlib xizmat qiladi. 
4-5 yoshli bolalar oʻz tengdoshlariga bog‘lanib qolishadi. Bu yoshda yumor hissini anglash, komik 
holatni tushunish paydo boʻladi. Bolalar hazilni anglay boshlaydi va oʻzi ham hazil qilishni yoqtirishadi. Bu 
yoshda bolalarda oʻz emotsiyalarini zarur hollarda jilovlay olish, shuningdek, mimika va pantomimika 
yordamida emotsiyalarning tashqi belgilarini namoyon etish imkoniyatlari shakllanib boradi. Biroq, 
bolalardagi emotsiyalar oʻz impulsivligini saqlab qoladi, bu esa ular fiziologiyasidagi qoʻzg‘alishning 
tormozlanishdan ustunligi bilan izohlanadi. 
5-6 yoshda bolalar maktab davri yaqinlashib kelayotganligini turlicha qabul qilishadi. Bolalarning 
ba’zilarida bu xavotirlanish hissini uyg‘otsa, boshqalarida quvonch hissini uyg‘otadi, ya’ni, ular maktab 
jihozlariga qiziqishadi, oʻqituvchi savoliga javob berishga taqlid qilishadi [4, 89]. 
https://buxdu.uz



Download 3,37 Mb.
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   344




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish