• Kalit soʻzlar
  • Ключевые слова
  • Key words
  • 3 (79) 2021 pedagogik mahorat




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet158/344
    Sana07.12.2023
    Hajmi3,37 Mb.
    #113345
    1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   344
    Bog'liq
    Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

    3 (79) 2021 
     PEDAGOGIK MAHORAT 
    121 
    Dilnoza QODIROVA 
    Buxoro davlat universiteti 
    psixologiya kafedrasi oʻqituvchisi 
    KICHIK MAKTAB YOSHI OʻQUVCHILARIDA AXLOQIY-MADANIY SIFATLARNI 
    SHAKLLANTIRISHNING OʻZIGA XOS PSIXOLOGIK JIHATLARI 
    Ushbu maqolada kichik maktab yoshi oʻquvchilarida axloqiy-madaniy sifatlarni shakllantirish va bu 
    orqali ularning bilim darajasini takomillashtirishning psixologik aspektlari haqida soʻz boradi. 
    Kalit soʻzlar: axloq, madaniy sifatlar, ma’naviyat, e’tiqod, xulq, motiv, individul tuzilish, bilish 
    jarayonlari, iroda, konstruktiv xulq-atvor. 
    В этой статье даны сведения о психологических аспектах формирования нравственных и 
    культурных качеств учащихся младшего школьного возраста и повышении их уровня знаний. 
    Ключевые слова: нравственность, культурные атрибуты, духовность, поведение, мотивация, 
    структура личности, процессы познания, воля, конструктивное поведение. 
    In this article, we will talk about the psychological aspects of the formation of moral and cultural 
    qualities in junior school age students and through this, the improvement of their level of knowledge. 
    Key words: morality, cultural attributes, spirituality, behavior, motivation, individual structure, 
    cognition processes, will, constructive behavior. 
    Kirish. Shaxsning ma’naviy-axloqiy madaniyatini shakllantirishga qoʻyiladigan hozirgi zamon 
    talablarini amalga oshirish muammolari dinamik xarakterga ega boʻlib, ijtimoiy tuzum taraqqiyoti bilan 
    bog‘liqdir. Bu muammoni falsafa, etnografiya, etika, estetika fanlari tadqiq etadi.
    Madaniyat shaxs kamolotiga moddiy (texnika, ishlab chiqarish tajribasi, moddiy boyliklar) va 
    ma’naviy (fan, adabiyot, san'at, maorif, din, umuminsoniy va milliy ma’naviy-ruhiy qadriyatlar) jihatdan 
    ta’sir etadi. Moddiy va ma’naviy madaniyatni uning ma’naviy madaniyati ta’sirisiz, inson ongi va 
    faoliyatidan tashqari yaratilmaydi.

    Download 3,37 Mb.
    1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   344




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish