|
PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021 Pdf ko'rish
|
bet | 160/344 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 3,37 Mb. | | #113345 |
Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yilPEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021
122
tashabbuskorlik, chidam koʻrsata oladigan, qiladigan ishlarning jamiyat va vatan uchun zarurligini qalbdan
tushunadigan boʻlsinlar. Oʻquvchilarga beriladigan bilimlar majmui, shubhasiz, juda katta tarbiyaviy kuchga
egadir. Oʻquvchilarda chinakam ilmiy dunyoqarash asoslarini yaratishda, toʻg‘ri hukm yuritish qobiliyatini
tarbiyalashda ma’naviy-axloqiy sifatlarga tayanib ish koʻriladi.
Muhokamalar va natijalar. Jamiyatda yuz berayotgan jiddiy va chuqur oʻzgarishlar oʻquvchilar
shaxsiyatida ham aks etadi. Endi uning ehtiyojlari bilim olish bilangina cheklanmaydi. Turli axborot
tizimlari, jumladan, internetning shiddat bilan rivojlanishi boshqa manbalardan koʻplab axborotlarni olish
imkonini bermoqda. Bu manbalardan olinayotgan axborotlar har doim ham oʻquvchi ma’naviyatiga ijobiy
ta’sir qilavermaydi. Ular orasida yoshlar ma’naviyatiga salbiy ta’sir oʻtkazadigan, buzg‘unchi va vayronkor
g‘oyalarni tashuvchilari ham anchagina. Shuni hisobga olinsa, oʻquvchini ma'naviy jihatdan yuksaltirish eng
muhim vazifalardan biriga aylanayotgani ayon boʻladi. Bayon qilingan mana shu holatlar oʻquvchining
ma’naviy-axloqiy rivojlanishiga qaratilgan dastur ishlab chiqish zaruratini tug‘diradi. Mazkur dasturni ishlab
chiqish oʻquvchilarning ma’naviy-axloqiy jihatdan takomillashtirishni oʻquv jarayonining maqsad va
vositalarini oʻquvchi va oʻqituvchilarning ongini oʻzgartirmay turib amalga oshirish mumkin emas, degan
fikrga asoslanadi.
Dastur oʻquvchilarning ma’naviy-axloqiy oʻsishi uchun eng samarali usullarni, vosita, maqsad va
vazifalarni bosqichma-boskich anglash va amalga oshirishga asoslangan. Dasturning maqsadi oʻquvchilarda
har qanday ijtimoiy vaziyatni tahlil qilish, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar asosida qaror qabul qilish
koʻnikmalarini rivojlantirish, shuningdek, oʻzi qabul qilgan qaror asosida oʻzini namoyon qilish qobiliyatini
takomillashtirishdan iborat.
|
| |