|
3 (79) 2021 pedagogik mahorat Pdf ko'rish
|
bet | 142/344 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 3,37 Mb. | | #113345 |
Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil3 (79) 2021
PEDAGOGIK MAHORAT
109
Olimjon XOLOV
Termiz davlat universiteti
pedagogika kafedrasi oʻqituvchisi
OʻQUVCHI-YOSHLARDA AKSIOLOGIK ONGNI SHAKLLANTIRISHNING TARIXIY
ASOSLARI
Maqolada oʻquvchi-yoshlarda aksiologik ongni shakllantirish, ularni ma’naviy-axloqiy jihatdan
tarbiyalashda umuminsoniy qadriyatlarning ahamiyati, aksiologik ongni shakllantirishning tarixiy asoslari
bayon qilingan.
Kalit soʻzlar: aksiologiya, ma’naviyat, axloq,, Dukchi Eshon, qadriyat, umuminsoniy qadriyat.
В статье излагаются вопросы формирования аксиологического сознания у школьников-
молодежи, значение общечеловеческих ценностей в их духовно-нравственном воспитании,
исторические основы формирования аксиологического сознания.
Ключевые
слова:
аксиология,
духовность,
мораль,
высший
эшелон,
ценность,
общечеловеческая ценность.
The article describes the formation of axiological consciousness in the reader-youth, the importance
of universal values in educating them morally and morally, the historical basis of the formation of
axiological consciousness.
Keywords: axiology, spirituality, morality, Ducchi Eshon, value, universal value.
Kirish. Yer yuzida istiqomat qilib kelayotgan insonlarning insonparvarligi, avvalo, umuminsoniy va
milliy qadriyatlarga hurmat va e’tibori ming yillardan buyon yer yuzini obob qilib, uni asrab avaylashida
muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Shunday ekan, axborot kommunikatsion texnologiyalarining taraqqiy
etgan davrimizda oʻquvchilarda aksiologik ongni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Asosiy qism. Qadriyatlar mavzusining tarixiy ildizlari va insoniyatga xos qadrlash tamoyillari
shakllanishi uzoq oʻtmishga ega. G’arb olimlari bu borada, asosan, Yevropa madaniy merosi va g’oyalariga
tayanadilar, koʻplab allomalarning nomlarini tilga oladilar. G’arbda qadriyatlar bilan shug’ullanadigan
falsafiy soha - Aksiologiya (aksio - qadriyat, logos – ta’limot) fanining shakllangani ham ularning bunday
qarashlari uchun muayyan asos boʻladi.
Shu oʻrinda qadriyat tushunchasiga ta’rif beradigan boʻlsak, qadriyat - voqelikdagi muayyan
hodisalarning
umuminsoniy,
ijtimoiy-axloqiy,
madaniy-maʼnaviy
ahamiyatini koʻrsatish uchun
qoʻllanadigan tushuncha. Inson va insoniyat uchun ahamiyatli boʻlgan barcha narsalar erkinlik, tinchlik,
adolat, ijtimoiy tenglik, maʼrifat, haqiqat, yaxshilik, goʻzallik, moddiy va maʼnaviy boyliklar, anʼana, urf-
odat va boshqalar qadriyat hisoblanadi. Ijtimoiy fanlarning qaysi sohasida qadriyatga doir tadqiqot olib
borilgan boʻlsa, bu tushunchaga shu jihatdan taʼrif berishga intilishgan. Qadriyat kategoriyasi faqat buyum
va narsalarning iqtisodiy qimmatini emas, jamiyat va inson uchun biror ahamiyatga ega boʻlgan voqelikning
shakllari, holatlari, narsalar, voqealar, hodisalar, talab va tartiblar va boshqalarning qadrini ifodalash uchun
ishlatiladi. Ijtimoiy jarayonlar taʼsirida kishilarning qadriyatlar toʻgʻrisidagi qarashlari oʻzgarib boradi.
Tarixiy zaruriyatga qarab goh u, goh bu qadriyat ijtimoiy taraqqiyotning oldingi safiga chiqadi. Misol
tariqasida shuni aytish mumkinki, yurtni yov bosganida - ozodlik, mustabitlikda - istiqlol, urush davrida -
tinchlik, tutqunlikda - erkinlik, bemorlikda - salomatlikning qadri oshib ketadi. Qadriyatlar ijtimoiy tarixiy
taraqqiyot mahsuli sifatida oʻz tarixiy ildizi, rivoji, vorislik jihatlariga ega. Qadriyatlar mehnat, ishlab
chiqarish sohasidagi faoliyat, insonlar oʻrtasidagi munosabatlar uchun foyda keltiradigan narsalar, hodisalar,
xatti-harakatlar majmuasi sifatida yuzaga kelib, ayrim kishilar, ijtimoiy guruhlar faoliyati, xatti-harakatini
maʼlum yoʻnalishga buradigan, tegishli me’yorga soladigan ma’naviy hodisaga aylanadi.
Qadriyatlar umumbashariy, milliy, shaxsiy boʻlishi mumkin. Olam, tabiat va jamiyatning eng muhim
tomonlarini, qonun-qoidalarini, aloqadorliklarini ifodalaydigan qadriyatlar umumbashariy xususiyatga ega.
Bunday qadriyatlar oʻz ahamiyatini yoʻqotmaydigan, abadiy qadriyatlardir. Muayyan bir elat, millat,
xalqning hayoti, turmush tarzi, tili, madaniyati, maʼnaviyati, urf-odat va anʼanalari, oʻtmishi va kelajagi bilan
bogʻliq qadriyatlar milliy qadriyatlardir. Inson, uning faoliyati, turmush tarzi, eʼtiqodi, umr maʼnosi, odobi,
goʻzalligi bilan bogʻliq qadriyatlar shaxsiy qadriyatlardir. Qadriyatlarni yoshlar ongiga singdirish barkamol
avlodni voyaga yetkazishda, komil insonni tarbiyalashda muhim omil boʻlib xizmat qiladi.
Qadriyatlarning tarixiy ildizlariga nigoh tashlaydigan boʻlsak uning oʻtmishi uzoq davrlarga borib
taqaladi. Qadriyatlar borasida Sokrat, Platon, Dinarx, Giperid, Gorgiy, Isokrat, Isey, Esxil, Demosfen,
Sitseron, Kvintilian kabi namoyondalar katta e’tibor berganlar, darhaqiqat, G’arb falsafasida oʻz tarixiga ega
ekanligiga shubha qilmaymiz. Ammo ushbu mavzu koʻhna va navqiron Sharq, xususan, Oʻzbekiston uchun
https://buxdu.uz
|
| |