3 (79) 2021
PEDAGOGIK MAHORAT
107
1-jadval. Kettell metodikasi boʻyicha natijalarning jadval koʻrinishi
№
Sifatlar
1-kurs
3-kurs
1.
Mulloqotgaa moyillik
60%
70%
2.
Emotsional barqarorlik
55%
44%
3.
Hukmronlikka
intilish
54%
52%
4.
Onglilik, ongsizlik
62%
74%
5.
Ijtimoiy mardlik
46%
65%
6.
Ishonuvchanlik
54%
60%
7.
Ishonch, ishonchsizlik
64%
71%
8.
Tobelik, mustaqillik
36%
46%
9.
Oʻzini–oʻzi nazorat qilish
53%
67%
10.
Qoʻzg’aluvchanlik va zoʻriqish
34%
53%
Shuningdek, ular sovuqqon, yolg‘izlikda ishlashni yoqtiradi, qaysarlik,
qahri qattiq boshqalarga
yaxshilikni ravo koʻrmaydigan koʻrinishga egaligi bilan izohlansa, yuqori koʻrsatkich ochiq koʻngil, oʻzini
erkin tutadi, tez va yengil qaror qabul qilishi, odamlarga nisbatan rahmdilligi bilan ajralib turadi. 3-kurs
talabalarida esa, muloqot koʻnikmalari birmuncha rivojlanganligi, ayniqsa, oʻzlaridan kattalar bilan muloqot
malakalari toʻlaqonli shakllanganligini koʻrishimiz mumkin. Aytib oʻtish joizki, bu ulardagi yetakchi
faoliyatlarining xususiyatlari bilan ham belgilanishi mumkin.
Muhokamalar va natijalar. Emotsional barqarorlik shkalasi boʻyicha 55% va 44% darajani tashkil
qilib, ular uchun oʻzgaruvchan, haddan tashqari egiluvchan, asabiy charchoq
hayajonlanishning xosligini
bildiradi. Talabalarda esa yuqori koʻrsatkich, ya’ni emotsional yetuklik, kayfiyatning barqarorligi, kuchli
iroda, saramjon, hissiy kechinmalar boʻlishiga qaramay vaziyatga moslasha oladi. Shu bilan birga,
ularda
agressivlik, tajovuzkorlik xususiyatlari bu davr uchun xosligini nazarda tutadigan boʻlsak, emotsionallik
darajasining yuqori boʻlishi tabiiydir.
Hukmronlikka intilish shkalasi boʻyicha talabalarda 54% va 52% ni tashkil qilib, bu esa, oʻz
navbatida, yuqori darajani tashkil qiladi. Bu ulardagi insonlar ustidan boshqaruvni qoʻlga kiritish bilan
belgilanadi va aytib oʻtish kerakki, mazkur yosh davri kattalik hissining yuzaga kelishi, shaxs sifatida
oʻzining oʻrniga, ma’lum bir mavqeni qoʻlga kiritishi bilan belgilanadi.
Onglilik va ongsizlik shkalasi boʻyicha sinaluvchilarda 62% va 72% ida
ahamiyatli darajani tashkil
qiladi. Bu koʻproq vaqtdan unumli foydalangan holda oʻziga xos yondashuvni yuzaga keltiradi. Aytib oʻtish
kerakki, ularning aksariyatida oʻz oldilariga maqsad qoʻyib, unga erishishga yoʻl, imkoniyat, va usul,
vositalarni izlab topish bilan belgilanadi. Shu bilan birga, vaziyatga nisbatan ongli munosabat bildirishi
hamda maqsadlarining oʻzgaruvchanligi bilan izohlansa, yuqori daraja esa vijdonli, oʻziga ishonchning
ortishi bilan ham izohlash mumkin.
Ijtimoiy mardlik shkalasi oʻziga ishonmaydigan, koʻproq oʻzidan koʻngli toʻlmaslik,
shuningdek,
mard, ijtimoiy botir munosabatga nisbatan kuchli ehtiyoj bilan belgilanadi. Shunga koʻra, sinaluvchilardan
46% va 65% ni tashkil qiladi. Natijalar tahlilidan shuni aytish mumkinki, 1-kurs talabalariga nisbatan 3-kurs
talabalarida yuqori koʻrsatkichni tashkil qiladi. Bu, oʻz navbatida, talabaning hayotiy, oʻquv faoliyatidagi
qiyinchiliklarini yengib oʻtishidan oʻzida kuch topa olishi,
mustaqil fikr, mustahkam e’tiqodning
shakllanganligi hamda ijtimoiy javobgarlikni his qila olishi bilan izohlash mumkin.
Ishonuvchanlik shkalasi 54% va 60% ni tashkil qilib, bu boʻyicha yuqori koʻrsatkich shubhalanish,
past darajasi ishonuvchanlik bilan xarakterlanadi. Ishonch va ishonchsizlik shkalasi boʻyicha yuqori
koʻrsatkich oʻziga ishonmaslik, kayfiyatning yomonligi, noxush hislarning vujudga
kelish ustunligi bilan
belgilanadi. Ishonch shkalasi, ya’ni yuqori koʻrsatkich oʻziga qat’iy ishonishi, xotirjamligi, ishiga va oʻziga
boʻlgan ishonch kuchliligi bilan izohlanadi.
Tobelik, mustaqillik shkalasi boʻyicha natijalar talaba 36% va 46% ni tashkil qiladi. Shunga koʻra,
past koʻrsatkich yetakchi turi tarkibiga kirgan guruhga tobe uning orqasidan ergashadi. Ijtimoiy
ma’qullanishni, zavqlanishni va ularga tobe boʻlishni yaxshi koʻradi. Mustaqillik, ya’ni yuqori darajasi
mustaqil boʻlib, oʻzining shaxsiy qarorlarini tavsiya qiladi, tadbirkor, uddaburon, oʻzining shaxsiy qarorlarini
qabul qilishiga moyilliligi bilan belgilanadi.
Oʻzini oʻzi nazorat qilish shkalasi 53% va 67% ni tashkil qilib, olingan natijalar tahlili shuni
koʻrsatadiki,
talabalarda yuqori, chunki pedagog shaxsi ma’lum tarbiya darajasining boshqaruvchisi,
uyushtiruvchisi hisoblandi. Shuning uchun ularda oʻzini oʻzi boshqarishning shakllanganligi bilan
izohlanadi. Aytish kerakki, talaba shaxsida oʻzini oʻzi nazorat qilish aksariyat hollarda anglanmagan, ongsiz
tarzda yuzaga kelishi, shuningdek, koʻp hollarda hissiy-rodaviy sohalar bilan bog‘liq boʻlishini koʻrishimiz
mumkin.
https://buxdu.uz