3 (79) 2021 pedagogik mahorat




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/344
Sana07.12.2023
Hajmi3,37 Mb.
#113345
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   344
Bog'liq
Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

Asosiy qism. Insoniy munosabatlar shunday oʻzaro ta’sir jarayonlariki, unda shaxslararo munosabatlar 
shakllanadi va namoyon boʻladi. Bunday jarayon dastlab odamlar oʻrtasida roʻy beradigan fikrlar, his-
kechinmalar, tashvish-u quvonchlar almashinuvini nazarda tutadi. Odamlar muloqotda boʻlishgani, ular 
orasidagi munosabatlar tajribasi ortgan sari ular oʻrtasida umumiylik, oʻxshashlik va uyg‘unlik kabi sifatlar 
paydo boʻladiki, ular bir-birlarini bir qarashda tushunadigan yoki “yarimta jumladan” ham fikr ayon 
boʻladigan boʻlib qoladi, ayrim hollarda esa ana shunday muloqotning tig‘izligi teskari reaksiyalarni – bir-
biridan charchash, gapiradigan gapning qolmasligi kabi vaziyatni keltirib chiqaradi. 
Shaxslararo munosabatlarni oʻrganish psixologiya fanida eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. 
Chunki inson shaxsining eng nufuzli va yetakchi faoliyatlaridan biri boʻlgan muloqot va u orqali oʻzaro 
munosabatlar odamlar orasida umumiylik, oʻxshashlik, uyg‘unlik kabi sifatlar paydo boʻlishiga olib keladi. 
Ayniqsa, oila muhitida shaxslararo munosabatlarning, chunonchi, ota-ona va farzand orasidagi 
munosabatlarning oʻziga xos tomonlari shaxsning hayoti, faoliyatining samarasi va mazmuniga bevosita 
ta’sir etadi. Shunday ekan, insonlar orasida amalga oshadigan shaxslararo munosabatlar va uning shaxs 
xususiyatlariga ta’sirini oʻrganish hozirgi kunda psixologiya fanida muhim va dolzarb muammolardan 
hisoblanadi. 
Sinaluvchilar guruhida Kettell metodikasi oʻtkazilib, natijalar miqdor va sifat jihatidan tahlil qilingan. 
Miqdoriy natijalar jadvalda aks etgan. 
Mazkur metodika ikki qutbli boʻlib, har bir sifat oʻziga xoslikka ega boʻlib, unda insonlardagi shaxs 
sifatlarini ijobiy va salbiy doirada aniqlash imkonini beradi. Shunga muvofiq, keltirilgan sifatlardagi yuqori 
koʻrsatkich shaxsning ijobiy tomonini past koʻrsatkich esa salbiy jihatini aks ettiradi. Natijalarni sifat 
jihatdan tahlil qilish asosida 1-kurs talabalarida 60% oʻrtadan yuqori darajani tashkil qilib, bu ulardagi 
muloqotning yoshga bog‘liq rivojlanganligi hamda ularda xavotirlanish, qoʻrquv va nutqiy malakaning toʻla 
rivojlanmaganligi bilan izohlash mumkin. 

Download 3,37 Mb.
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   344




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish