|
PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021 Pdf ko'rish
|
bet | 143/344 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 3,37 Mb. | | #113345 |
Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yilPEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021
110
begona emas! Uning eng teran jihatlarini faqat G’arbda emas, balki Sharqda ham alohida e’tibor qaratilgan.
Dunyo taraqqiyoti yoʻlida ulkan hissa qoʻshgan Xorazmiy, Forobiy, Al-Buxoriy, At-Termiziy, Beruniy, Ibn
Sino, Najmiddin Kubro, Yassaviy, Naqshband, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Mashrab, Bedil, Behbudiy,
Avloniy, Fitrat, Shakuriy, Is’hoqxon Ibrat, Soʻfizoda, Choʻlpon kabi koʻplab olimlarimiz qadriyatlar
borasida oʻz fikrlarini aytib oʻtishgan.
Avlod va ajdodlarimiz yaratgan qadrlash mezonlarining tarixi eng qadimgi naqllar, rivoyatlar, afsona,
hikoyat, dostonlarga, ya’ni xalq og’zaki ijodi namunalariga borib taqaladi. Spitamen, Muqanna va Jaloliddin
Manguberdi toʻg’risidagi asarlarda, Alpomish, Toʻmaris va Shiroq toʻg’risidagi afsona va dostonlarda
vatanparvarlik, xalq va yurt ozodligi uchun fidoyilik kabi koʻplab umuminsoniy qadriyatlar tasvirlangan.
Ma’naviy merosimizning yorqin namunasi – “Avesto” zardushtiylikning muqaddas kitobi boʻlganligidan,
unda bu dinning qadriyatlar tizimi, qadrlash mezonlari, oʻsha davrdagi milliy g’oyalar yorqin ifodalangan.
Qadrlash toʻg’risidagi qarashlar rivojida VIII-XII asrlar katta ahamiyatga ega. Bu davrda arab istilosi
amalga oshirilgan, islom hukmron dinga aylangan edi. E’tirof etish kerakki, Qur’on va Hadislarda ta’riflab
berilgan ilohiy qadriyat va qadrlash masalalari xalqimiz tarixi va madaniyatiga ta’sir koʻrsatgan. Shu bilan
birga, arab istilosi davrida koʻpgina milliy qadriyatlarimizning yoʻqotib yuborilganligini ham qayd qilmoq
kerak. Bu toʻg’rida Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida afsus bilan yozib qoldirgan.
Davlatchiligimizning eng yuksak davrlaridan Sharq uyg’onish davrining ikkinchi bosqichi ham
yuritiluvchi Temuriylar davrida milliy jihatlarimiz yanada keng quloch ochdi va rivojlandi. Ammo afsus
bilan aytish kerakki, qadrlash mezonlarini yaratgan oʻrta asrlardagi koʻtarilish davri Temuriylar saltanatidan
soʻng asta-sekin tanazzulga yuz tutdi. Markazlashgan davlat parchalanib ketdi, avval, Xiva xonligi va
Buxoro amirligi, soʻngra Qoʻqon xonligi vujudga keldi. Uch yuz yildan ortiqroq davrni oʻz ichiga olgan bu
jarayon xonlik, amirlik, turli sulolalar, urug’lar oʻrtasid urushlar, tinimsiz ziddiyatlar orqali kechdi, yaxlit
hamjihatligini ta’minlaydigan umumiy qadriyatlar tizimi darz ketdi, qadrlash mezonlari ham bir qadar
oʻzgara boshladi.
XIX asrning oʻrtalariga kelib yuqoridagidanda afsuslanarli davr boshlandi, amirlik va xonliklarga
boʻlingan Turkiston, chor Rossiyasi tomonidan bosib olindi, yurtimiz imperiyaning mustamlakasi boʻlib
qoldi. Mustamlakachilarning qadriyatlari va qadrlash mezonlari xalqimiz orasiga zoʻrlik bilan singdirila
boshlandi. XIX asrning oxirlari va XX asr boshlarida yurtimizda “jadidlar” oqimi vujudga keldi. Behbudiy,
Soʻfizoda, Avloniy, Choʻlpon, Fitrat va boshqa jadidlar merosiga diqqat qilinsa, oʻsha davrda yurtimizda
ma’naviy tushunchalarning koʻlami qanchalik keng boʻlganligini, falsafiy tilning naqadar boyligini, uning
adabiyot bilan qanchalik uyg’unligini yaqqol koʻrish mumkin. Ularning asarlarida gohida biz allaqachon
esimizdan, tilimizdan va balki dilimizdan ham chiqarib yuborgan qadriyatlar, tushunchalarga duch kelamiz.
Jadidlarning merosi xalqimiz madaniyatiga yanada kattaroq ta’sir koʻrsatishi mumkin edi. Afsuski,
bolsheviklar boshlagan siyosiy jarayonlar bu avlodning boy merosini oʻz domiga tortdi, uning taqdiri
ayanchli kechdi, ta’qiqlab qoʻyildi. Oʻtmish avlodlar ardoqlagan va buyuk ajdodlarimizdan meros qolgan
sharqona qadrlash mezonlar sarobga aylantirildi.
|
| |