|
PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021 Pdf ko'rish
|
bet | 131/344 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 3,37 Mb. | | #113345 |
Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yilPEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021
100
tizimini rivojlantirish konsepsiyasi yaratishda JSST ekspertlarining ulkan yordamini alohida ta-kidlash
lozim. Xalqaro ekspertlarning ko‘magi tufayli sog’liqni saqlashni moliyalashtirishni yaxshilash, majburiy
tibbiy sug’urta va elektron sog’liqni saqlash tizimini joriy etish, sog’lom turmush tarzi va sog’lom
ovqatlanishni targ’ib qilish, yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklar, salomatlik uchun zararli bo‘lgan
odatlarga karshi kurash kabi qator vazifalar bo‘yicha samarali choralar ko‘rilmoqda.
Ma’lumki, bugun koronavirus pandemiyasi butun dunyo bo‘ylab keng tarqaldi va O‘zbekistonni ham
chetlab o‘tmadi. Ayni kunlarda barcha kuch va vositalar, mablag’ va resurslar koronavirus epidemiyasining
keng tarqalishining oldini olish, virus bilan kasallanganlarni talofatsiz sog’aytirish, butun mamlakatning
sanitariya-epidemiologiya holatini barqarorlashtirishga yo‘naltirilgan.
Fuqarolarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish maqsadida 2020-yil 23-mart kuni O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori [6] qabul qilindi. Unda quyidagi qo‘shimcha vazifalar ham ko‘rsatib o‘tildi:
koronavirus infeksiyasi aholi o‘rtasida tarqalishini oldini olishga qaratilgan zarur chora-tadbirlarni ishlab
chiqish va amalga oshirishni ta’minlash; huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlarining
faoliyatini o‘z vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish; birinchi navbatdagi dori vositalari, niqob va tibbiy
buyumlarning (dezinfeksiya vositalari va boshqalar) aholiga qat’iy belgilangan narxlarda uzluksiz yetkazib
berilishini nazorat qilish; respublikada koronavirus infeksiyasi tarqalishi bilan bog’liq vaziyatni muntazam
tahlil qilish va boshqalar. Virusga qarshi kurash va insonlar hayotini saqlab qolish mas’uliyati esa, tabiiyki,
shifokorlar gardaniga tushgan. Pandemiya shifokorlik qanchalik muhim kasb egalari va ularning jamiyatda
o‘z o‘rniga ega ekanini ko‘rsatib berdi. Shunday sharafli vazifani o‘z qasamyodiga sodiq qolgan holda
bajarib kelayotgan tibbiyot xodimlarining har bir kuni qahramonlikdir.
Ayni paytda yurtimizda koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan keng
ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash,
epidemiyaga qarshi kurashish va karantin qoidalariga rioya etilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatildi.
Respublika hududida koronavirusga qarshi kompleks chora-tadbirlar va, eng asosiysi, mas’uliyatni
chuqur his qilgan aholi tomonidan o‘zini yakkalash hayot tarziga o‘tganligi va “ijtimoiy masofalanish”
tamoyiliga amal qilishi aniq samara bermoqda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul
qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali yig’ilishda Prezident Sh.Mirziyoyev
ta’kidlab o‘tganidek, “Biz qanchalik mukammal qonunlar yaratmaylik, qanday islohotlar o‘tkazmaylik, agar
fuqarolarimizning huquqiy bilimi, ongi va madaniyati yetarli bo‘lmasa, kutilgan natijalarga erishish mushkul
bo‘ladi”[8].
Xulosa. O‘zbekistonda bugun erkin fikrlaydigan, mamlakat taraqqiyotiga o‘ziga xos munosib hissa
qo‘shayotgan barkamol yosh avlod vakillarining ijtimoiy hayotga kirib kelishi muhim ahamiyat kasb
etmoqda. O‘zbekistonda yorug’ kelajagimiz bo‘lgan bolalarga ishonch va hurmat-e’tibor bilan qaralib,
ularning sog’lom va baquvvat bo‘lib voyaga yetishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilmoqda.
Mamlakatimizda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar butun dunyo jamoatchiligi tomonidan tan
olinayotganligi bejiz emas, albatta.
|
| |