|
USTIDAN SUD NAZORATINI AMALGA OSHIRISHNING OʻZIGA XOS Pdf ko'rish
|
bet | 133/344 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 3,37 Mb. | | #113345 |
Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yilUSTIDAN SUD NAZORATINI AMALGA OSHIRISHNING OʻZIGA XOS
XUSUSIYATLARI
Maqolada Yaponiyada mahalliy davlat hokimiyat organlarining hujjatlari ustidan sud nazoratini
amalga oshirishning oʻziga xos xususiyatlari va Oʻzbekiston bilan qiyosiy tahlili oʻrganilgan.
Kalit soʻzlar: Yaponiya, Konstitutsiya, Oliy sud, Ma’muriy sud, mahalliy davlat hokimiyati organlari,
ma’muriy akt, yuridik shaxs, arizachi.
В статье рассмотрены особенности осуществления судебного контроля над документами
органов государственной власти на местах в Японии и их сравнительный анализ с Узбекистаном.
Ключевые слова: Япония, Конституция, Верховный суд, административный суд, органы
местного самоуправления, административный акт, юридическое лицо, заявитель.
In the article, the peculiarities of the implementation of judicial control over the documents of local
government authorities in Japan and comparative analysis with Uzbekistan are described.
Key words: Japan, Constitution, Supreme Court, Administrative Court, Local Government bodies,
administrative act, legal entity, applicant.
Kirish. Yaponiya Konstitutsiyasining 44-moddasiga koʻra, butun sud hokimiyati Oliy sudga va
qonunda belgilangan hollarda quyi sudlarga berilgan. Nobuyoshi Ashibening yozishicha, sud hokimiyatining
vazifasi qonunni sharhlash va qoʻllash, keyin aniq ishlarni hal qilishdir [1]. Konstitutsiyaning 81-moddasida
sud nazorati belgilab qoʻyilgan. Unga koʻra, Oliy sud har qanday qonun, buyruq, qoidalar yoki rasmiy
aktning, jumladan, mahalliy davlat hokimiyati organlari hujjatlari ustidan sud nazoratini amalga oshirishi
mumkin [2]. Mahalliy davlat hokimiyat organlari hujjatlari ustidan sud nazorati ma’muriy sud ish yurituvi
qonunchiligi bilan bog‘liq.
Yaponiyada ma’muriy sud amaliyotining paydo boʻlishi 1948-yilgi “Xirano ishi” bilan bog‘liq.
Mazkur ishdan soʻng ma’muriy sud ish yurituvi amaliyoti keskin oʻzgarib ketdi. Ma’muriy akt asosida
ishdan boʻshatilgan deputat Xirano sudga ishga tiklash boʻyicha shikoyat bilan chiqdi. Tokio sudi shikoyat
arizasini qanoatlantirdi. Aynan ushbu sud qarori qabul qilinganidan keyin Amerika ishg‘ol kuchlari Bosh
shtabi fuqarolik protsessidan farq qiladigan ma’muriy sud ish yurituvini maxsus qonuniy tartibga solish
zarurligini tan oldi. Natijada, 1948-yilda “Ma’muriy ishlarni koʻrib chiqishning maxsus qoidalari
toʻg‘rsidagi” Qonun qabul qilindi.
Bugungi kunda Yaponiyada ma’muriy sudlov sohadasigi munosabatlarni tartibga soluvchi turli xil
qonunlar mavjud:
1) 1962-yil 15-sentyabrdagi “Ma’muriy shikoyatlarni koʻrib chiqish toʻg‘risida”gi Qonun;
2) 1962-yil 1-oktyabrdagi “Ma’muriy sud ish yurituvi toʻg‘risida”gi Qonun.
“Ma’muriy sud ishlarini yuritish toʻg‘risida”gi Qonun ma’muriy sud ish yurituvini asosiy qonuni
hisoblanadi. U 5 ta boʻlim, shu jumladan 46 ta moddani oʻz ichiga oladi. Ushbu qonun katta hajmga ega
emas, asosan ma’muriy sud ish yurituviga tegishli maxsus qoidalarni oʻrnatilgan, qolgan masalalar esa
Yaponiya Fuqarolik protsessual kodeksi normalari bilan tartibga solinadi. Shuning uchun ham Yaponiya
ma’muriy huquqi sud ish yurituvini faqatgina ma’muriy sud ish yurituvi bilan bog‘liq masalalarga urg‘u
beradi.
Sudga shikoyat qilishning eng muhim usuli da’vo qilish hisoblanadi. Bu huquqi buzilgan shaxs
tomonidan amalga oshiraladi.
Qonun Kikoshu-sosho vaziyatida odatdagi 4 koʻrinishdagi da’vo turlari borligini nazarda tutadi.
1. Ma’muriy aktni bekor qilishni nazarda tutuvchi da’vo. Bunda ma’muriy akt dastlabki yoki asosiy
ma’muriy qarorni anglatadi.
2. Dastlabki ma’muriy akt ustidan berilgan ma’muriy shikoyatni koʻrib chiqishda sud tomonidan
muayyan holatlar yuzasidan kiritilgan aniqliklar (ta’riflar) yoki amalga oshirilgan sudlov jarayonini bekor
qilishni nazarda tutuvchi da’vo.
3. Ma’muriy aktni yuridik kuchga ega emas deb topishni nazarda tutuvchi da’vo.
4. Ma’muriy organning harakatsizligini noqonuniy deb topish soʻralgan da’vo.
https://buxdu.uz
|
| |