3 (79) 2021 pedagogik mahorat




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/344
Sana07.12.2023
Hajmi3,37 Mb.
#113345
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   344
Bog'liq
Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

Muhokamalar va natijalar. Yillar solnomasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 1999-yil - “Ayollar yili”, 
2000-yil - “Sog’lom avlod yili”, 2001-yil - “Onalar va bolalar yili”, 2008-yil - “Yoshlar yili”, 2010-yil - 
“Barkamol avlod yili”, 2012-yil - “Mustahkam oila yili”, 2014-yil - “Sog’lom bola yili”, 2016-yil - “Sog’lom 
ona va bola yili” deb e’lon qilindi. 2017-yilning 7-fevralida Prezident Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 
“O‘zbekistonni 2017-2021 yillarda yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi” [4] tasdiqlandi. Mazkur 
yillarda qabul qilingan Davlat dasturlari hamda unga binoan, amalga oshirilgan ishlar mamlakatimizda har 
tomonlama barkamol avlodni tarbiyalashning muhim omili bo‘lib xizmat qildi. 
O‘zbekistonda bu boradagi qo‘lga kiritilgan yutuqlar xorijlik mutaxassislar tomonidan ham tan olindi. 
Masalan, Latviya sog’liqni saqlash vaziri Ingrida Sirsene shunday dedi: “O‘zbekiston sog’liqni saqlash 
sohasida ulkan muvaffaqiyatlarga erishdi va bu tahsinga loyiqdir. ... bu boradagi ishlar Jahon sog’liqni 
saqlash tashkiloti standartlari va ustuvor vazifalarga muvofiq amalga oshirilmoqda. Statistika ham 
O‘zbekistonda aholi, jumladan, xotin-qizlar va bolalar salomatligini muhofaza qilish tizimidagi ijobiy 
o‘zgarishlardan yaqqol dalolat beradi”. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqaviy byurosining 
reproduktiv salomatlik bo‘yicha maslahatchisi Gunte Lazdane ham bu masalaga o‘z munosabatini bildirib 
shunday yozadi: “O‘zbekistonda ona va bola salomatligini asrash masalasi umummilliy harakat darajasiga 
ko‘tarilgan. Ayollar va bolalar manfaatini himoyalashga qaratilayotgan bunday doimiy e’tibor va 
g’amxo‘rlik o‘z samaralarini bermoqda”. 
Mamlakatimizda insonlar salomatligini muhofaza qilish borasida amalga oshirib kelinayotgan keng 
ko‘lamli islohotlar butun jahon hamjamiyati tomonidan yuksak e’tirof etilmoqda. Bularni quyidagilar bilan 
izohlash mumkin: 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga BMTning yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning oldini olish va 
ularga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo ishchi guruhi (YUNIATF) mukofoti topshirildi.
“Yuksalish” umummilliy harakati xabariga ko‘ra, YUNIATFning 11-yig’ilishida (2018-yil 8-9-
noyabr, Jeneva) yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning oldini olish va nazorat qilishda o‘zining salmoqli 
hissasini qo‘shayotgan shaxslar yutuqlarini tan olish va ommalashtirish maqsadida har yili maxsus mukofot 
ta’sis etishga qaror qilindi. 2019-yil 20-may kuni Jenevada Jahon sog’liqni saqlash assambleyasi (JSSA)ning 
72-sessiyasida JSSAning JSST Yevropa mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti etib O‘zbekiston Respublikasi 
Sog’liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov saylandi. 
O‘zbekiston dunyoning oz sonli mamlakatlari qatorida o‘z hududida bezgakni to‘liq yo‘q qilishga 
erishganini e’tirof etgani katta yutuqdir. Davlatimiz rahbarining 2018-yil 7-dekabrdagi “O‘zbekiston 
Respublikasi sog’liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar 
to‘g’risida”gi Farmoni [5] bilan tasdiqlangan 2019-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash 
https://buxdu.uz



Download 3,37 Mb.
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   344




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish