|
3 (79) 2021 pedagogik mahorat Pdf ko'rish
|
bet | 129/344 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 3,37 Mb. | | #113345 |
Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil3 (79) 2021
PEDAGOGIK MAHORAT
99
ko‘tarildi. Ayniqsa, BMT, YUNISEF va boshqa xalqaro jamg’armalar bilan hamkorlikda “Salomatlik-3”
loyihasi doirasida tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish, zamonaviy texnik vositalar yordamida
malakali tashxis qo‘yish, kasalliklarni ilk bosqichda davolash ishlari aniq reja asosida olib borildi, profilaktik
tadbirlarda aholining barcha qatlamlarini qamrab olishga alohida e’tibor qaratildi. Onalar va bolalar
salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha poytaxtimiz va viloyatlarimizda zamonaviy tibbiy uskunalar bilan
jihozlangan diagnostika, skrining va perinatal markazlari, yangi tug’ruq majmualari barpo etildi. Birgina
“Ona va bola skriningi” Davlat dasturi doirasida barcha viloyatlarda yangi skrining markazlari tashkil etildi.
Aholi salomatligi, xususan, onalar va bolalar sog’ligini muhofaza qilish borasida mamlakatimizda erishilgan
yutuqlar 2011-yili Toshkent shahrida o‘tkazilgan “O‘zbekistonda ona va bola salomatligini muhofaza
qilishning milliy modeli: “Sog’lom ona – sog’lom bola” mavzusidagi xalqaro simpoziumga qator xalqaro
tashkilotlar, jumladan, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti, YUNISEF tomonidan yuksak baholandi.
2007-yilda O‘zbekiston “Salomatlik hamda bolalar va o‘smirlarning rivojlanishi” nomli Yevropa
strategik dasturini amalga oshirish uchun Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan belgilab berilgan 53 ta
davlatdan 4 tasi qatoriga kiritildi va hukumatimizning sog’lom avlodni tarbiyalash, shuningdek, mazkur
g’oyani amalga oshirishga tayyor ekanligi tanlovda g’olib bo‘lishning asosiy mezoniga aylandi. 2010-yilda
Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan o‘zbek tibbiyot modeli boshqa mamlakatlarga namuna sifatida
tavsiya etildi. Buyuk Britaniyaning “Save the children” (Bolalarni asraylik) tashkiloti tomonidan 2011-yilda
O‘zbekiston – 161 ta davlat orasida bolalar salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha 10 ta yetakchi davlat
sifatida o‘rin egalladi. Mamlakatimizda epidemiologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida amalga
oshirilayotgan tadbirlar natijasida qator yillar davomida aholi o‘rtasida poliomielit, bo‘g’ma, qoqshol
kasalliklari ro‘yxatga olinmadi. 2002-yilda O‘zbekiston poliomielit virusidan xoli hududligi to‘g’risida Jahon
sog’liqni saqlash tashkilotining sertifikatiga ega bo‘ldi. Amalga oshirilayotgan profilaktik va epidemiyaga
qarshi samarali tadbirlar natijasida o‘lat, vabo, sariq isitma, kuydirgi, parranda grippi kabi karantin va o‘ta
xavfli yuqumli kasalliklar, shuningdek, yangi A (HINI) grippining yurtimiz hududiga chetdan kirib kelishi va
aholi o‘rtasida tarqalib ketishiga yo‘l qo‘yilmadi.
|
| |