• 3 (79) 2021 PEDAGOGIK MAHORAT
  • 3 (79) 2021 pedagogik mahorat




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet125/344
    Sana07.12.2023
    Hajmi3,37 Mb.
    #113345
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   344
    Bog'liq
    Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

    Muhokamalar va natijalar. “Avesto”da zurriyodning pokizaligi, naslning sog‘lomligi xususida 
    qayg‘urilib, bunga erishish yoʻli sifatida atrof-muhitni muhofaza qilish, jamoat, oila, shaxsiy ozodalik, 
    gigiyenaga rioya qilish, shuningdek, oila qurish jarayonida har jihatdan benuqson, sog‘lom kelinlar tanlash 
    uqtiriladi. Hozirgi kunda mamlakatimizda ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan 
    islohotlarning asosini “har tomonlama yetuk, barkamol, sog‘lom shaxsni tarbiyalash” masalasi tashkil etar 
    ekan, ajdodlarimizning 3 ming yil ilgari, bu a’molga yetishning yoʻllari, qoidalarini ishlab chiqib, davlat va 
    jamiyatning poydevori hisoblanmish oila negiziga qoʻyganlari yuksak tahsinga sazavordir: “Menga barkamol 
    va dinogoh, vatansevar va anjumanoro, ahil, ezgu andishali, zulmatdan, tanglikdan qutqaruvchi farzandlar 
    bag‘ishla” [1, 90]. 
    https://buxdu.uz


    3 (79) 2021 
     PEDAGOGIK MAHORAT 
    97 
    Qadimda yaratilib, asrlar osha sayqal topgan bu oʻgitlar keyingi zamonlarda yangicha ta’limot 
    ta’sirida muayyan oʻzgarishlarga uchrab, ularning mazmunan yaqin variantlari paydo boʻlganini koʻrish 
    mumkin. Jumladan, Kaykovus “Qobusnoma”da: “xotin olsang ulug‘ salog‘lig‘ xonadondin xotin talab 
    qilg‘il... Xotin kamolg‘a yetg‘on, oqila boʻlg‘on...boʻlsin” [4, 82] desa buyuk sohibqiron bobomiz Amir 
    Temur oʻz “Tuzuklar”ida: “Oʻg‘illarim, nabiralarim va yaqinlarimni uylantirmoq tashvishida kelin 
    izlamoqqa e’tibor berdim. Bu ishni davlat yumushlari bilan teng koʻrdim. Kelin boʻlmishning nasl-nasabini, 
    yetti pushtini surishtirdim” deya ibratli mulohazalarini bayon etgan. Koʻrinib turibdiki, barcha zamonlarda 
    ham ajdodlarimiz xalq va millatning sog‘lom, jisman va ma’nan barkamolligi xususida qayg‘urishgan. 
    Qadimgi ajdodlarimiz nasl sog‘lomligining irsiy jihatlarini ham yaxshi bilgan koʻrinadilar. Shu maqsadda 
    ular yaqin qarindosh-urug‘lar, ya’ni aka-uka, opa-singillar farzandlarining oʻzaro nikohga kirishiga aslo yoʻq 
    qoʻymaganlar. Bunday nikoh naslning, qonning buzilishiga, nuqsonli bolalarning tug‘ilishiga olib keladi 
    degan aqidaga qat’iy amal qilganlar. “Vendidod”da bu holatlarga maxsus fargardlar bag‘ishlangan. 
    “Avesto”da qattiq qish kelib, barcha tirik jonzotlarning qirilib ketish xavfi tug‘ilganda shoh Jamshid 
    tangri buyrug‘iga koʻra, yer ostiga shahar-varlar qurganligi va bu manzilgohlarga “Axriman nafasi tekkan”, 
    deb har xil kasalliklarga chalingan, nuqsonli kishilar va jonzotlarni kiritmaganligi tasvirlanadi: “… zinhor u 
    yerga bukrilar, pushtsizlar, g‘oʻllar, duyasana (haromzoda bolalarning ota-onasi), dayvak, kasvish, vizborish 
    (tanasi va badanida illati bor kishilar), soʻyloq tishli, umuman Axriman oʻz dog‘ini qoldirgan biror bir 
    kimsani kirita koʻrma!” [1, 110].
    Shuningdek, “Avesto”da oilaning mustahkamligini ta’minlaydigan asosiy aqoidlardan biri bu sadoqat 
    va oʻzaro ishonch ekanligi ta’kidlanib, er-xotinning bir-biriga xiyonati qattiq la’natlangan, begona erkak 
    bilan juftlashgan ayol badnom qilinib, jazolangan va nikohdagi eri uchun “harom” hisoblangan: “ey jodugar 
    xotin, yoʻqol! Ey badkor xotin-kaxovariza, yoʻqol!” 
    “Avesto”da keltirilgan dalillar shuni koʻrsatadiki, qadimgi ajdodlarimiz bolalarning nafaqat benuqson 
    tug‘ilishi va hatto chaqaloqligidan jismoniy tarbiyasiga jiddiy e’tibor beribgina qolmasdan, balki ilmu-
    hikmat va hunarlarni oʻrganishi, ma’naviy sofligi, yaxshilik va ezgulik xislatlarini egallashlari toʻg‘risida 
    ham bevosita g‘amxoʻrlik qilishgan. Zeroki, bolalarda axloqiy, aqliy, jismoniy, jinsiy, mehnatsevarlik, 
    ishbilarmonlik, vatanparvarlik tarbiyasini berish qatorida rostgoʻylik, saxovatlilik, insonparvarlik kabi 
    fazilatlarni tarbiyalashga jiddiy e’tibor berilgan [6]. 

    Download 3,37 Mb.
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   344




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish