• Kalit soʻzlar
  • Ключевые слова
  • Key words
  • Asosiy qism.
  • 3 (79) 2021 pedagogik mahorat




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet123/344
    Sana07.12.2023
    Hajmi3,37 Mb.
    #113345
    1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   344
    Bog'liq
    Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

    3 (79) 2021 
     PEDAGOGIK MAHORAT 
    95 
    Manzura YULDASHEVA 
    Buxoro davlat tibbiyot instituti 
    oʻzbek tili va adabiyoti
    kafedrasi oʻqituvchisi 
    AJDODLAR MEROSIDA OILAVIY MUNOSABATLAR TALQINI 
     
    Mazkur maqolada ajdodlarimiz zardushtiylar ta’limoti va ularning muqaddas kitobi “Avesto” 
    matnlarida yoritilgan oilaviy munosabatlar tizimi hamda farzandlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi 
    mazmuni yoritilgan. 
    Kalit soʻzlar: ajdodlar merosi, tarbiya, ma'naviyat, ezgulik, oila, farzand, salomatlik, barkamollik. 
    В статье раскрыто содержание семейных традиций и духовно-нравственного воспитания 
    детей в семье, которое отражено в учении наших предков зороастрийцев в их священной книге 
    “Авесто”. 
    Ключевые слова: родовое наследие, воспитание, духовность, доброта, семья, дети, здоровье, 
    совершенство. 
    This article describes the content of the spiritual and moral upbringing of children in the family, 
    which is reflected in the teachings of our ancestors Zoroastrians and their holy book “Avesto”. 
    Key words: ancestral heritage, upbringing, spirituality, kindness, family, children, health, perfection. 
     
    Kirish. Har qanday jamiyatning asosini, oʻzagini oila tashkil etadi. Xalqimizning azaliy qadriyatlari, 
    an’analari hisoblanmish: halollik, or-nomus, mehr-oqibat, sadoqat, mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi 
    insoniy fazilatlar, eng avallo, oilada shakllanadi. Ayniqsa, oʻzbek oilalarining mustahkamligi, muqimligi va 
    manguligi ana shu ma’naviy an’analarga tayanganligi bilan bog‘liqdir. Shularni hisobga olgan holda “oʻzbek 
    oilalarining ma’naviy asoslarini tadqiq qilish” [7] muhim ahamiyatga ega. 
    Asosiy qism. Zardushtiylarning hayot tarzi, ularning tabiat va olam haqidagi tassavurlari, axloqiy-
    ijtimoiy qarashlari, shuningdek, “Avesto”ni oʻrganishga qaratilgan tom ma’nodagi yirik tadqiqotlar XVIII 
    asr boshlarida G‘arb olimlari va tadqiqotchilari tomonidan amalga oshirila boshlandi. J.Bauje, F.Vol'f, 
    G.Pommel, Jem Darmsteter, En Rasko, G.Ritter, A.Bryunuf, X.Bartolome, M.Myuller, A.Dyuperon, 
    I.Maymers, M.Boys, R.Fraylar zardushtiylik dini, tarixi, falsafasi, zardushtiylarda dunyoviylik, hayotiylik, 
    turmush madaniyati, urf-odatlar, an’analar, shuningdek “Avesto” va boshqa pandnomalarning badiiy-
    ma’rifiy qimmati, tili va koʻpgina boshqa jihatlari yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib borib, keyingi davr ilmiy 
    xodimlari uchun mustahkam poydevor yaratdilar. Mustaqillik sharofati bilan Zardushtiylarning tarixi va 
    “Avesto”ni oʻrganishga boʻlgan talab va ehtiyoj bir qator taniqli tarixchi, adabiyotshunos, etnograf, 
    musiqashunos, huquqshunos, geograf, ekolog olimlarning ushbu sohaga murojaat qilib, tadqiqot ishlarini 
    amalga oshirishlariga imkoniyat yaratdi. Olima Fozila Sulaymonovaning “Sharq va G‘arb”, H.Homidiyning 
    “Avesto fayzlari”, “Avesto va tibbiyot”, “Avestodan Shohnomaga”, S.Nishonovaning “Komil inson 
    tarbiyasi”, T.Mahmudovning “Avesto haqida”, H.Boboev, S.Hasanovlarning “Avesto ma’naviyatimiz 
    sarchashmasi”, “Avesto Sharq xalqlarining bebaho yodgorligi”, M.Umarzodaning “Ovisto sirlari”, 
    M.Ishoqovning “Avesto”da ezgulik va yovuzlik, N.Mahmudovaning “Avestoda ta’limiy-axloqiy qarashlar”, 
    A.Ashirovning “Avesto”dan meros marosimlar”, Q.F.Abdullayevning “Zardushtiylarning ta’lim tizimi” kabi 
    bir qator tadqiqotlarida Zardushtiylik ta’limotining nazariy asoslari, zardushtiylarning udumlari, odatlari, 
    oilaviy munosabatlar tizimi, “Avesto”ning yaratilishi, vatani, ilmiy-ma’rifiy jihatlari, axloqiy, ekologik, 
    huquqiy tarbiya masalalari singari koʻp jihatlari muayyan tarzda oʻrganilib yangi ilmiy xulosalarga kelingan. 
    Qadim zamonlardan boshlab, Turonzaminda xalq og‘zaki ijodi namunalari, Qur’oni Karim va 
    hadislarda, buyuk qomusiy olimlarimizning betakror, oʻlmas asarlarida oila masalalari, oilaviy munosobatlar 
    tizimi talqin etilgan , maxsus tavsif etilgan. 
    Ana shunday ma’naviyatimizning koʻhna sarchashmalaridan biri boʻlgan, qadimgi Turon va 
    Eronzamin xalqlarining mushtarak ma'naviy qadriyati hisoblanmish “Avesto”da ham insoniyat va uning 
    taraqqiyoti bilan bog‘liq tasavvurlar, ma’naviy-ruhiy va axloqiy mezonlar, olamni, tabiatni bilishga boʻlgan 
    ehtiyoj va intilish, insondagi eng oliyjanob, pok fazilatlar kuylanishi bilan bir qatorda, oila asoslari, tuzilishi, 
    tarkibi, oila ma’naviyati, ota-onalarning oiladagi mavqelari, oilada ayol erki, burchi va huquqlari yuksak 
    ma’naviy va axloqiy chizgilar asosida tavsiflanganligi diqqatga sazavordir.
    “Avesto”da patriarxal oila jamiyatning eng quyi boʻg‘inini tashkil etilishi aytilib, u oʻz ichiga 4 avlod 
    va 9 guruhni olganligi ta’kidlanadi. Oila markazida oila boshlig‘i - kadxudo turgan. Xoʻjalikni er va xotin 
    boshqarib, oila davrasiga: ota-ona , er-xotin, farzand va nevaralar kirishgan. Shuningdek oila tarkibiga: 
    otaning aka-ukalari va opa-singillari, aka-ukalari hamda ularning bolalari va nevaralari ham mansub 
    https://buxdu.uz



    Download 3,37 Mb.
    1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   344




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish