|
3 (79) 2021 pedagogik mahorat Pdf ko'rish
|
bet | 121/344 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 3,37 Mb. | | #113345 |
Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yilMuhokamalar va natijalar. Bugungi kunda institutda ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish,
pedagogik kadrlar tayyorlashga oid o‘ttizga yaqin ilmiy tadqiqot ishlari bajarilmoqda. Ularda xalq ta’limi
tizimidagi muammolar yechimi bo‘yicha loyihalar tajriba-sinovdan o‘tkazilyapti. Bo‘lajak o‘qituvchilarni
tarbiyaviy ishlarga tayyorlash bo‘yicha institutda tomonidan yigirma ikkita maktabda “Maktab-laboratoriya”
innovatsion tajriba maydonchasi va “Modulli maktabgacha ta’lim laboratoriya”lari tashkil etilgan. Ushbu
tajriba-sinov maydonchalarida bo‘lajak o‘qituvchilarni tarbiyaviy ishlarga tayyorlash masalasi amalga
oshirilmoqda.
“Maktab- laboratoriya”lar tarbiya jarayoni yadrosini tashkil etish bilan birga talabalarga ilmiy-
pedagogik va innovatsion loyihalarni yaratish hamda tajriba-sinovdan o‘tkazish bilan bog’liq vazifalarni
ilmiy, uslubiy jihatdan amaliyotga tatbiq etishda o‘z samarasini berishda bo‘lajak o‘qituvchilarni tarbiyaviy
ishlarga tayyorlash, ularning kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish, kelajakda zamon talablariga javob
beradigan pedagog kadrlar bo‘lishini ta’minlash maqsadida “Kelajak o‘qituvchisi konsepsiyasi” ishlab
chiqilgan.
Ta’lim jarayonida nazariya va amaliyot uyg’unligiga erishish, talabalarda tarbiyaviy ishlar metodikasi
ko‘nikmalarini shakllantirish orqali ularni maktab o‘quvchilarning hayotiy vaziyat va sharoitlarini o‘rganish
maqsadida institutda “Bo‘lajak o‘qituvchilarni tarbiyaviy ishlarga tayyorlash” markazi tashkil etilgan.
Markazda “Xalq pedagogikasi va tarbiya”, “Markaziy Osiyo mutafakkirlarining tarbiya haqidagi g’oyalari”,
“Tarbiya jarayonida o‘qituvchi mahorot”, “Tarbiya usullari”, “Shaxs kamolotida tarbiya”, “O‘quvchilarning
tarbiyalanganlik darajalari” kabi mashg’ulotlar amalga oshiriladi.
Institutning asosiy vazifalari xalqaro ta’lim standartlariga mos ravishda yuqori malakali pedagog
kadrlar tayyorlash, bakalavriat va magistraturaning tegishli yo‘nalishlarida yangi o‘quv dasturlari, o‘quv
qo‘llanmalarini yaratish orqali o‘quv-uslubiy ishlar sifati va saviyasini oshirish, ilmiy-pedagogik salohiyatni
rivojlantirish, pedagogik texnologiyalarni va o‘qitish uslublarini faol takomillashtirish, ilmiy izlanishlar olib
borish, innovatsion loyihalarni amalga oshirish orqali ta’lim sifatini va dasturlarini yaxshilashga, ayniqsa,
yoshlar uchun ilmiy tadqiqot salohiyatini kengaytirishga qaratilgan o‘qituvchi inson hayoti rivojida ustoz
vazifasini bajaradi.
Albatta, ushbu ishlarini amalga oshirishda o‘qituvchilarning o‘z fanini chuqur bilishi, pedagogik
mahorati va psixologik tayyorgarligi, tafakkuri o‘quv-tarbiya faoliyatining asosini tashkil etadi.
Shu jihatdan ham bo‘lajak o‘qituvchilar tarbiya jarayonida o‘quvchilarga insonlar hayotiga bo‘lgan
qiziqish, undan ibrat olish kabilarni singdirishi ularni nimagadir o‘rgatishda ota-onalarining axloqini namuna
qilib ko‘rsatishi o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasi, ular o‘rtasidagi munosabatlarini ma’naviy
fikrlashining shakllanishini vujudga keltiradi. Chunki ota-onalarning hayoti va faoliyati o‘quvchilarni
https://buxdu.uz
|
| |