|
3 (79) 2021 pedagogik mahorat Pdf ko'rish
|
bet | 117/344 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 3,37 Mb. | | #113345 |
Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil3 (79) 2021
PEDAGOGIK MAHORAT
91
Xulosa. Gap falsafa fani toʻg‘risida borarkan, hozirda uning davrdan orqada qolayotgani, ba’zi
“olim”larning zamon bilan hamnafas holda faoliyat koʻrsata olmayotganligi, davlat va jamiyat, qolaversa,
davr talablariga javob bera olmay qolayotganligi toʻg‘risidagi mulohazalarda jon borligini ham tan
olmaslikning iloji yoʻq. Falsafa fani boʻyicha darslik va oʻquv qoʻllanmalarini yaratishda muqobillik
asosidagi raqobat muhiti hali-hanuz yaratilmagan, mualliflar mehnatini munosib rag‘batlantirish tamoyillari
ham mukammal emas. Bu borada sohadagi ahvol ijobiy tomonga oʻzgarmasa va jarayon shunday davom
etaversa, falsafa oʻzining asl mohiyati va qiyofasini, xalqimizning dunyoqarashi va tafakkurini
shakllantiradigan, yoshlarni qanday yashash, mazmunli hayot kechirish va umrni samarali oʻtkazishga
oʻrgatadigan fan sifatidagi qadri va ahamiyatini, binobarin, hayotdagi va ta’lim tizimidagi oʻrnini butunlay
yoʻqotib qoʻyishi mumkin, degan xavotirlar tashvish uyg‘otmasligi mumkin emas. Shunday ekan, bu borada
zudlik bilan tub oʻzgarishlarni amalga oshirish, ilmiy paradigmalarni yangilash, mutaxassislarning fanga va
uning jamiyatdagi oʻrniga nisbatan munosabati va yondashuvi, tadqiqotchilarning mas’uliyati bilan bog‘liq
qarashlarni oʻzgartirish davrimizning dolzarb talabiga aylanganligini har qachongidan koʻra chuqurroq his
etish lozim.
Shuningdek, bugungi kun voqeiligi falsafiy adabiyotlarning xalqchilligini ta’minlash, darslik va
qoʻllanmalarning tili hamda ifoda usullarini milliy ruhimizga yaqinlashtirish masalasiga nisbatan ham e’tibor
kuchaytirilishi lozimligini koʻrsatmoqda. Holbuki, jahon tajribasida bu borada falsafa mavzularini qanday
yoritish, qay tariqa asoslash va tushuntirib berishni oʻrganishimiz uchun nihoyatda muhim manba boʻla
oladigan namunalar bor. Ularda eng murakkab, serqirra falsafiy kategoriya va tushunchalarning ta’riflari va
izohlarini ham sodda va ravon tilda, yuksak mahorat bilan ifoda etishning maqsadga muvofiq boʻlgan
yondashuvlari mavjud. Oʻzbek falsafasining evolyusiyasi va dinamikasi, umumiy qonuniyatlari va oʻziga xos
xususiyatlari har tomonlama keng va chuqur ifodalangan asarlar yaratish, ularda zamonaviy falsafaning
tushuncha va tamoyillari yaxlit tizimga keltirish, uning rivojlanish yoʻllari va imkoniyatlarini atroflicha
koʻrsatib berish bugungi kundagi zamondosh faylasuflarimiz oldida turgan dolzarb vazifalardir.
Modomiki shunday ekan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning
mohiyati va ahamiyatini anglash, ildizlari ming yilliklar qa’ridan kuch oladigan milliy falsafamiz rivojini
yangi bosqichga koʻtarish, uni zamonaviylashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlarda samarali ishtirok etish
uchun, avvalo, har birimiz zimmamizdagi mas’uliyatni yanada chuqurroq his etishimiz lozim.
Adabiyotlar
1. Mirziyoyev Sh. Niyati ulug‘ xalqning – ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon boʻladi–
T.: “Oʻzbekiston”, 2020.
2. Karimov I.A. Yoshlarga ishonch bildirish, ularning tashabbus va salohiyatini roʻyobga chiqarish –
bugungi kunning ustuvor vazifasidir. // Inson, uning huquq va erkinliklari oliy qadriyat. – T.: “Oʻzbekiston”,
2006.
3. Temur tuzuklari. - T., 1991.
https://buxdu.uz
|
| |