3 (79) 2021 pedagogik mahorat




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/344
Sana07.12.2023
Hajmi3,37 Mb.
#113345
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   344
Bog'liq
Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

Kirish. Butun insoniyat taraqqiyoti har bir xalqning oʻz tarixi, tili, an’ana va qadriyatlari boʻlgani 
singari uning oʻziga xos falsafasi va ma’naviyati ham mavjudligidan dalolat beradi. Bir-biri bilan uzviy va 
chambarchas bog‘liq boʻlganligi bois ularni ayri holda tasavvur etib boʻlmaydi. Falsafa, garchi universal 
qonun va kategoriyalarni oʻrganuvchi umuminsoniy fan hisoblansa ham, ayni paytda, butun bashariyat 
hayotiga xos muammolar bilan birga muayyan xalq turmushi va taraqqiyotiga oid qonunlarni, maqsad-
muddaolarini ifoda etishi bilan boshqa fanlar orasida alohida ajralib turadi. Mustaqillik tufayli bugun 
yurtimizni butun dunyo tanigan va tan olgan bir davrda “oʻzbek falsafasi” tushunchasining keng miqyosda 
ilmiy iste'molga kirib kelayotganligi, shubhasiz, juda quvonarli holdir. Zero, shukrlar boʻlsinki, falsafiy fikr 
va tafakkur taraqqiyotida juda uzoq va boy an’analarga ega boʻlishimizga qaramasdan bir necha oʻn yilliklar 
mobaynida ayrim yot kuchlar tomonidan xalqimizning ilmiy merosi e’tirof etilish oʻrniga, unga nisbatan 
otilgan ta’na toshlaridan milliy falsafamiz nufuzi zavol koʻrmadi. Aksincha, g‘animlarimiz har qancha 
urinishmasin, Yevropaning ma’naviyat sohasida shu kungacha qoʻlga kiritgan yutuqlari oʻtmishda Sharq 
ma’naviyati koʻtarilgan kamolot choʻqqilariga nisbatan goʻdak bolaning “chug‘ur-chug‘uri” darajasidan 
yuqoriga koʻtarila olmaganligi (Oldenburg) haqiqatga yaqinroqdir, desak toʻg‘ri boʻladi. 
Asosiy qism. Fan tarixi bilan chuqurroq tanishuv shundan dalolat beradiki, unda Sharq fani koʻplab 
g‘arblik tadqiqotchilar tomonidan “koʻchirmakashlik”, “ilmiy yangilikning yoʻqligi”, “umuminsoniy 
qadriyatlar darajasida emas”ligi singari nohaq sifatlar bilan ayblanib kelindi. Bu borada sobiq Ittifoq davrida 
ahvol yanada yomonlashdi. Chunki bu davrga kelib barcha sohalar singari falsafa fani taraqqiyoti ham 
siyosiy tamoyillar mezoni yordamida oʻlchanganligi bois milliy fanimizning nufuzi rus og‘alarimiz 
nafsoniyatiga tegmaydigan darajada rivojlanishi uchun ruxsat berildi, xolos. Natijada, garchi, dunyodagi 
barcha tibbiyot muassasalarida darslik sifatida keng foydalanilayotganligiga qaramasdan, aytaylik, Ibn 
Sinoning “Tib qonunlari” yurtimizda M. Gorkiyning “Ona” romanining adadidan ortiqroq nusxada chop 
etilishiga yoʻl qoʻyilmadi. Oqibat shu boʻldiki, sovet davrida milliy falsafamiz aksar hollarda rivojlanish 
oʻrniga hukmron mafkura qobiqlari doirasida kun koʻrishga majbur boʻldi. 
Yuzaki qaraganda ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar ham bir maromda amalga oshirilgandek tuyulsa 
ham, aslida “sotsialistik turmush tarzi”, “ateistik dunyoqarashni shakllantirish” kabi mavzular sun’iy 
ravishda dolzarblashtirilib, qator-qator nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Pirovard 
oqibatda esa bunday tadqiqotlardan oʻzbek falsafasi hech qanday naf koʻrmadi, balki uning obroʻ-e’tibori 
tushib, tadqiqotlar samaradorligi oshishi oʻrniga dissertatsiyabozlik avj oldi, ilmiy unvonlarni tezroq qoʻlga 
https://buxdu.uz



Download 3,37 Mb.
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   344




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish