|
3 (79) 2021 pedagogik mahorat Pdf ko'rish
|
bet | 111/344 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 3,37 Mb. | | #113345 |
Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil3 (79) 2021
PEDAGOGIK MAHORAT
87
avvalo, informatika, soʻngra kibernetika, tizimlar nazariyasi va didaktikadir. Ta’limni axborotlashtirish
didaktik jarayonning muhim tomonlarining oʻzgarishiga olib keladi va pedagogik faoliyat sifati oʻzgaradi.
Oʻqiyotganlar koʻp miqdorda turli axborotlar bilan ishlashi, uni integrallashi, qayta ishlash, model
jarayonlarini avtomatlashtirish va muammolarni hal qilish, oʻquv faoliyatida mustaqil boʻlishi va yana koʻp
imkoniyatlarga ega boʻlishi mumkin. Oʻqituvchi ham muntazam operatsiyalardan ozod boʻlib,
oʻqiyotganlarga tashxis qoʻyish, treninglar va ularning rivojlanish dinamikasini kuzatish imkoniyatini oladi.
Shu bilan birga, koʻp sonli tadqiqotlar natijalari shuni koʻrsatadiki, ayrim oʻqituvchilar ta’limning an’anaviy
shaklidan ta’limda axborot texnologiyalaridan foydalanishga oʻtishga tayyor yemaslar. Elektron texnologiya
hali ham asosan ta’limning yordamchi vositasi sifatida ishlatiladi.
Xulosa. Shunday qilib, ilmiy adabiyotlar tahlili shuni koʻrsatadiki, kreativlik mohiyati va
tushunchasining ta’rifida noaniqlik yoʻq. Turli fikrlarga qaramasdan, deyarli barcha ta’riflarda ijodkorlik
yangi narsalarni yaratish bilan bog‘liq (shaxs va jamiyat uchun). Aksariyat mualliflar kreativlikni insonning
ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan yangi, original mahsulot yaratish uchun optimal imkoniyatlardan
foydalanib, muammoni idrok etish qobiliyati deb tushunadilar. Oʻz navbatida ijod atamasi voqelikning
muayyan hodisalarini qayta yaratish va oʻzgartirishga qaratilgan ongli faol inson faoliyati sifatida talqin
etiladi. Biroq, asosiy psixologik yondashuvlarga koʻra, kreativlik va ijodkorlik ajratilmasligi kerak. Y.Ilin
fikrigaga koʻra, bu ilmiy yondashuvlarda chalkashlik va noaniq ta’riflarni yaratadi va ularga, albatta, yoʻl
qoʻymaslik kerak. Shuning uchun ham hayotda ijod va kreativlik ajralib chiqishi mumkinligiga qaramay,
fanda bu tushunchalar bir xil boʻlishi kerak.
|
| |