3 (79) 2021 pedagogik mahorat




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/344
Sana07.12.2023
Hajmi3,37 Mb.
#113345
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   344
Bog'liq
Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

3 (79) 2021 
 PEDAGOGIK MAHORAT 
89 
kiritish asosiy maqsadga aylandi. Avlod-ajdodlarimizdan qolgan diniy merosni puxta oʻrganishga esa 
mustamlakachilik yillarida avjiga chiqqan ta’qibu-tazyiqlar ta’sirida hech kimning yuragi betlamadi.
Xuddi shu ma’noda oʻtgan asrning 90-yillari boshida roʻy bergan sobiq sovet tuzumining inqirozi 
natijasidagi intihosi oʻzbek falsafasining qayta rivojlanishi uchun ibtido boʻlib xizmat qildi. Buni juda teran 
anglagan Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.Karimov “zamon va makon bilan bog‘liq murakkab fan” 
boʻlgan falsafa fanini yangi davr talablariga mos ravishda rivojlantirish vazifalarini faylasuflarimiz oldiga 
koʻndalang qilib qoʻyishgan edi: “Falsafa barcha fanlarning otasi. Falsafani bilmaydigan odam – medisina 
yoki ta’lim, san’at yoki madaniyat sohasi vakili boʻladimi, bundan qat’iy nazar – hayotning, oʻz kasbining 
ma’no-mazmunini yaxshi tushunmaydi. Misol uchun, tarixni tahlil qilish uchun har bir voqea va jarayonga 
falsafiy qarash, ularni umumlashtirgan holda zarur xulosalar chiqara olish kerak. Shu bois tarixchi boʻlish 
uchun falsafiy tafakkur qobiliyatiga ega boʻlish darkor” [1, 117]. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 
ham mustaqil Oʻzbekiston taraqqiyotini yanada tezlashtirish, uning dunyoga yuz tutishi va jahon 
hamjamiyatidan oʻzining munosib oʻrnini egallashi maqsadida yurtimizning boy falsafiy ilmi va ma’naviy 
merosidan butun jahon ahlini voqif qilish zarurligi masalasiga doimiy e’tibor qaratib kelishmoqda [1]. 
Agar jahon falsafasiga nazar tashlansa, uning hamisha zamon va makon bilan bevosita bog‘liq 
boʻlganligiga va oʻzining milliy falsafasi va taraqqiyot modelini yaratgan xalqlar koʻp emasligiga toʻliq 
ishonch hosil qilish mumkin. Bugungi kunda “yunon falsafasi”, “hind falsafasi”, “xitoy falsafasi”, “ingliz 
falsafasi”, “fransuz falsafasi”, “nemis falsafasi” yoki “rus falsafasi” kabi atamalar muloqot jarayonida keng 
qoʻllanilayotganligi yuqoridagi fikrimizga yaqqol dalil boʻla oladi. Bu falsafiy maktablarning har biri borliq, 
hayot va voqelikka oʻziga xos yondashuvi natijasida oʻz xalqining betakror qiyofasini ham oʻzida 
mujassamlashtirgan. Ularning har birida xalqiga xos boʻlgan muayyan mentalitet va ma’naviyat, 
dunyoqarash va tafakkur tarzi oʻz aksini topgan. Natijada dunyoviy fanlar rivoji hali “yoʻrgak”da boʻlgan bir 
paytda shakllangan qadimgi yunon, hind, xitoy falsafiy maktablariga xos boʻlgan umumiylik olam va borliq 
binosining asoslarini aniqlash, uning mavjudligi va rivojlanishining qonuniyligini fahmlashdan iborat 
boʻlgan boʻlsa, fransuz falsafasi bu yorug‘ dunyoda ma’rifat ahkomlari bilan qurollangan holdagina 
jangovarroq turmush kechirish ma’qulligini targ‘ib qilganligi bilan ajralib turadi. Nemislar esa, aksincha, 
“aqlga muvofiq narsalarning hammasi voqeiy, voqeiy narsalarning hammasi aqlga muvofiq” (Gegel) 
ekanligini shior qilgan holda murosasozlik yoʻlidan borish tarafdori boʻlganlar. Shuningdek, falsafaning 
asosiy mazmuni va mohiyati hayotning ma’nosini anglashdan iboratligini yoki faqat foyda ketidan quvishni 
oʻrganishgina hayot falsafasining mazmunini tashkil qilishini da’vo qiluvchi falsafiy maktablar ham 
insoniyat tafakkuri tarixidan munosib joy egallaganliklari bugungi kunda barchaga kundek ravshan. 
Milliy davlatchilik rivoji va yuksalishi ham koʻp hollarda falsafiy qarashlar va ta’limotlar taraqqiyoti 
bilan uzviy bog‘liq boʻlgan. Zotan, kuchli davlatchilik kuchli falsafaga doimo ehtiyoj sezgan. Bunga 
Qadimgi Afina va Rim, bobomiz Amir Temur asos solgan ulkan saltanatlar misolida insoniyat tarixida 
koʻplab davlatlarning gullab-yashnagan davrida falsafa fani rivojiga ham katta e’tibor qaratilganligiga oid 
dalillarni keltirish mumkin. Xususan, Temur davlatining dovrug‘i yetti iqlimga yoyilishida sohibqironning 
harbiy kuch-qudratidan tashqari oʻz atrofiga oqilu-fozil insonlarni toʻplab, saltanat ishida har bir masalada 
ularning fikrlarini puxta oʻrganib, faylasufona qarorga kelish uchun harakat qilganligi juda muhim rol 
oʻynagan. Bu haqida “Temur tuzuklari”da qayd etilgan “...tajribamdan oʻtmishkim, garchi ishning 
yakunlanishi taqdir pardasi ortida yashiringan boʻlsa ham, aqli raso va hushyor kishilardan kengash tadbir 
istab, fikrlarini bilmoq lozimdir”, degan soʻzlari xuddi shundan dalolat beradi. [3, 15] 
Biroq biz uchun e’tiborga molik jihati shundaki, yuqorida qayd etilgan falsafa maktablari orasida 
yurtimiz va xalqimiz tarixiga bevosita daxldor boʻlgan atamalar bilan nomlangan “Samarqand falsafa 
maktabi”, “Buxoro falsafa maktabi”, “Movarounnahr falsafa maktabi”, “Turkiston falsafa maktabi” kabilar 
ham mashhur boʻlgan. Ularning oʻziga xos betakror tomoni mazkur maktablar nomlari turlicha boʻlsa-da, 
yagona oʻzbek xalqining falsafiy tafakkur taraqqiyotiga tegishli boʻlgan umumiy jihatlarni oʻzida 
mujassamlashtirganligidir. Bu esa, oʻz navbatida, milliy falsafamizni tariximiz kabi qadim, ma’naviyatimiz 
kabi teran, deya ta’riflash uchun asos boʻla oladi. Zero, aynan mustaqillik xalqimizga mustamlakachilik 
zulmi ostida judo boʻlayotgan milliy davlatchiligimiz, ma’naviyatimiz qadriyatlar, falsafiy ta’limotlarimiz, 
madaniyatimiz va tilimiz kabi qadriyatlarni qaytarib berdi, uning egilgan, biroq bukilmagan qaddini rostlash, 
asl haqiqatlarini qayta tiklash imkonini yaratib berdi. Ayniqsa, mustaqillik davrida “taraqqiyotning oʻzbek 
modeli” deb atalgan konsepsiyaning yaratilishi milliy falsafamiz taraqqiyotiga qoʻshilgan katta yutuq boʻldi.
Vaholanki, falsafaning azaliy qonunlariga koʻra, inson ongi va tafakkurining oʻzgarishi, odamzot 
dunyoqarashining yangilanishi osonlikcha yuz beradigan hodisa emas. Ayniqsa, muayyan davrdagi tub 
burilish va oʻzgarishlar bu jarayonning davomli va murakkab kechishiga olib keladi. Ana shunday damda 
unga sifat jihatidan yangicha turtki beradigan milliy falsafaning mavjud boʻlishi beqiyos ahamiyatga ega. 
Xuddi shu nuqtayi nazardan ham taraqqiyotimizning oʻzimizga xos va mos modeli toʻg‘risidagi ta’limotning 
https://buxdu.uz



Download 3,37 Mb.
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   344




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish