• Kalit so‘zlari
  • Ключевые слова
  • Key words
  • PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet118/344
    Sana07.12.2023
    Hajmi3,37 Mb.
    #113345
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   344
    Bog'liq
    Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

    PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021 
    92 
    Ulfat MAHKAMOV 
    Dilafruz ISMOILOVA 
    Munisa MALIKOVA 
    Toshent viloyati Chirchiq 
    davlat pedagogika instituti 
    professori, pedagogik fanlari 
    doktori 
    Toshent viloyati Chirchiq 
    davlat pedagogika instituti 
    o‘qituvchisi 
    Toshent viloyati Chirchiq davlat 
    pedagogika instituti pedagogika-
    psixologiya yo`nalisshi 2-kurs 
    talabasi 
    BOʼLАJАK OʼQITUVCHILАRNI TАRBIYAVIY ISHLАRGА TАYYORLАSH 
     
    Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarni tarbiyaviy ishlarga tayyorlashning mohiyati, tizimi, 
    mahorati, kasbiy faoliyatiga oid masalalar ilmiy pedagogik jihatdan asoslangan. 
    Kalit so‘zlari: o‘qituvchi, tarbiya, ta’lim, o‘quvchi, ilm, malaka, aql, muomala, maktab, oila, talaba, 
    shaxs. 
    В статье расскрываются проблемы научно и педагогическая, обоснованная сущность, 
    система, навыки, профессиональная деятельность подготовки будущих учителей к воспитательной 
    работе. 
    Ключевые слова: учитель, воспитание, образование, ученик, наука, опыт, обшаться, школа, 
    семья, студент, личность. 
    This article is scientifically and pedagogically based on the essence, system, skills, professional 
    activites of preparing future teachers for educational work. 
    Key words: teacher, upbringing, pupil, science, qualification, intellect, treatment, school, family, 
    student, person 
     
    Kirish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 29-dekabrda Oliy 
    Majlisga qilgan murojaatnomasida mamlakatimiz yoshlari, ta’lim xodimlari uchun unutilmas tarixiy sanaga 
    aylandi. Chunki ushbu Murojaatnomada prezidentimiz yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim tizimi 
    islohotlarini yanada chuqurlashtirish, o‘qituvchilarining obro‘sini yuksaltirish, “hayot davomida o‘qish” 
    tamoyili asosida o‘z malakalarini uzluksiz oshirib borish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar. 
    Prezidentimiz 
    “Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta 
    qashshoqlik – bu bilimsizlikdir!” 
    deb ta’kidalagan edi. Bu gap jamiyatimiz taraqqiyotining ayni bosqichi 
    uchun juda topib aytilgan. Unda ilmga berilgan baho, tarbiyaga berilgan ijobiy sifat va bilimsizlikka nisbatan 
    munosabat mavjud. Biz ayni paytda ilm-ma’rifatni rivojlantirmasdan taraqqiyotning keyingi bosqichiga 
    chiqa olmaymiz. Buning uchun esa tizimdagi muammolarni bartaraf qilish, ta’lim, fan va ishlab chiqarish 
    o‘rtasidagi integratsiyani to‘g’ri yo‘lga qo‘yish lozim. Bu yorug’ dunyoni quyoshsiz, yer-u osmonsiz 
    tasavvur etib bo‘lmaganidek, hayotimiz mazmun-mohiyatini mehribon o‘qituvchilarsiz tasavvur etib 
    bo‘lmaydi. Chunki o‘qituvchi bitmas-tuganmas mehr va kuch-g’ayrati bilan qanchadan-qancha shogirdlarni 
    kamol topishida fidoiylik, mehribonlik ko‘rsatadi. 

    Download 3,37 Mb.
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   344




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish