3 (79) 2021
PEDAGOGIK MAHORAT
171
tinglab tushunish mashqlari, matnlar, xalq og’zaki ijodi namunalaridan - maqol, ertak, topishmoqlar ustida
ishlash orqali erishiladi. Buning uchun darsda oʻquvchi yoshiga mos maxsus mashq va topshiriqlar berilishi
lozim. Jumladan, ingliz tili va ona tili darslarida qoʻllaniladigan ertak, masal, she’r va topishmoqlar, shu
jumladan, kichik matnlar oʻquvchilarni dars jarayonida zeriktirishdan saqlaydi, ularning mustaqil aqliy
faoliyat koʻrsatishlarini ta’minlaydi. Topshiriqlarni bajartirishdan oldin, oʻquvchilar ongiga oʻrganiladigan
mavzu yuzasidan tushuncha berib uning nutq oʻstirishdagi rollari haqida tushuntirilishi lozim. Bularga qisqa
hajmli matn, maqol, topishmoqlarni misol qilib olishimiz mumkin. Vazifani oʻquvchi yaxshi anglab yetishi
uchun, avvalo, berilgan matnni toʻg’ri oʻqish, nimaga ishora qilinayotganligini fahmlash kerak. Mashq va
topshiriqlar oddiydan murakkabga qarab bosqichma-bosqich berilishi lozim.
Oʻqituvchi darsga tayyorlanayotganda darsning maqsadiga muvofiq keladigan matnlarni tanlashi
lozimligini unutmasligi kerak. Darsga tayyorlanishda oʻqituvchi matnning hajmini, unga sarflanadigan
vaqtni ham aniq belgilab olishi lozim. Ustma-ust matnlar bilan oʻquvchilarni band qilib qoʻyish ta’lim
samaradorligiga salbiy ta’sir koʻrsatadi. Matn ustida ishlashda ortiqcha vaqt sarflash ham oʻquvchilar
faoliyatini faollashtirishga putur yetkazadi. Matnlarning sharti oʻquvchilarning yosh xususiyati va oʻquv
imkoniyatlariga toʻla muvofiq kelishi lozim. Beriladigan topshiriqlar oʻquvchilarning og’zaki va yozma nutq
faoliyatini rivojlantirish tushuncha va tasavvurlarini boyitishga xizmat qiladigan materiallardan iborat
boʻlishi kerak. Darsda koʻzlangan maqsadga erishish uchun oʻqituvchidan diqqat bilan ishlashni, darslarni
qiziqarli va samarali yoʻsinda tashkil qilib, vaqtdan unumli foydalanishni talab qiladi. Oʻquvchilar xotirasida
matn mazmuni uzoq saqlanib qolishi uchun ularni interfaol usullar yordamida oʻqitish juda katta yordam
beradi. Ushbu maqolada oʻz tajribamdan kelib chiqqan holda ingliz tili darslarida oʻquvchilar nutqini
rivojlantirishning samarali usul va vosiyalaridan bir nechtasi haqida soʻz yuritmoqchiman. Masalan,
oʻqituvchi oʻquvchilarga tushunarli boʻlgan va ularning yoshiga mos boʻlgan bir mavzu tanlaydi va shu
mavzu asosida oʻquvchilarga tarqatma vositalar yordamida matn tarqatiladi. Biz quyida 6-sinf ingliz tili
darsligining (Unit 11) 11-boʻlimida berilgan “Save energy” matnini birgalikda koʻrib chiqamiz:
When we make tea and coffee we use energy: gas, electricity and coal. Global warming comes from
energy we use. So each time we make a cup of tea we make a problem for our world. People drink 229
million cups of tea and coffee every day. We should save the energy we use to make tea and coffee. If we
want three cups of tea, we should put three cups of water in the kettle. But often we put in five or six cups of
water. We use 90 seconds more for a kettle with three cups than for a kettle with one cup. So each time we
use a kettle we should save energy and water. We should think: how many cups do I want? [5] Oʻquvchilar
matn mazmuni bilan tanishganlaridan soʻng ularga matn mazmuni haqida oʻz fikrlarini bildirish aytiladi.
Oʻquvchilarning nutqini oʻstirishda yana bir integrativ yondashuvlardan biri bu oʻqib tushunish boʻlib, bunda
oʻquvchiga quyidagicha topshiriq beriladi: “Add the words” (soʻzlarni qoʻsh) metodida oʻqituvchi gapning
bosh qismini aytadi, oʻquvchi matndan esida qolgan soʻzlarni qoʻsib gapni davom ettiradi:
T: Each time we make a cup of coffee…
S: …we make a problem for our world.
Xuddi shu tarzda davom etish orqali oʻquvchida bir paytning oʻzida fikrlash qobiliyati kengayadi,
xotira, nutq, tinglab tushunish (listening), gapirish(speaking) koʻnikma va malakalari shakllantiriladi.
Yuqoridagi vazifani bajarganlaridan soʻng oʻqituvchi qaysi guruh vazifani tez va xatosiz
bajarganligini aniqlaydi va g’olib guruh rag’batlantiriladi.