|
3 (79) 2021 pedagogik mahorat Pdf ko'rish
|
bet | 235/344 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 3,37 Mb. | | #113345 |
Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yilКлючевые слова: окказиональная единица, компоненты, словосложение, коммуникативный
акт, контаминация, антропоним, словообразовательных моделей двухкомпоненты, неологизмы
словосочетаний.
In the article, we mean by occasional words such words that were created by the author in
contradiction with the laws of word formation. When they are formed, there is a violation of the style of the
model. The known methods of formation of occasional words include: affixal method, word composition,
abbreviation, conversion, formation of telescope words, borrowing from other languages.
Keywords: occasional units, components, word composition, communicative act, contamination,
anthroponym, word-forming models, two-components, neologisms of word combinations.
Kirish. Hozirgi tilshunoslikda okkazionalizmlarni, ularni hosil qilish, turli janrlardagi matnlarda
ishlashining oʻziga xos xususiyatlari, ularning soʻz hosil qiluvchi va stilistik xarakteristikalarini oʻrganishga
va qarab chiqishga koʻp sonli ilmiy tadqiqotlar va ishlar ajratilgan.
Olimlarning mualliflik soʻz ijod qilish sabablarining kelib chiqishiga e’tibori shu bilan izohlanadiki,
zamonaviy tilda uning leksik zahirasining faol toʻlishi yuz bermoqda. Hozirgi leksikada koʻrish mumkin
boʻlgan eng xarakterli va ayni paytda eng farq qiluvchi jarayon unga yangi birliklarning qoʻshilish
jarayonidir [Shanskiy 1969]. Ushbu jarayonga zaruriyat jamiyat ehtiyojlari bilan aniqlanadi, ular bu soʻzning
eng keng ma’nosida talqin qilinadi. Okkazional soʻzlar keng tarqalgan va butun konkret jamiyat uchun
muhim ahamiyatga ega boʻlgan faqat yangi reallikni, hodisani, fenomenni nomlash uchungina emas, balki
individual kechinmalarning, kayfiyatlarning nozik konnotasiyalarini aks ettirish, oʻrab turgan borliqning
ayrim hodisalariga baho berish uchun ham paydo boʻladi [Gabinskaya 1981: 61].
Asosiy qism. Okkazional birliklarni hosil qilish, ularning strukturasi ularni yaratgan muallifning til
ijodi bilan belgilanadi. Ingliz tilidagi badiiy asarlarning tahlili okkazionalizmlarni yaratish uchun yozuvchilar
boradigan asosiy yoʻllarni ajratib koʻrsatish imkonini berdi:
Soʻz qoʻshish. Hozirgi tilshunoslikda murakkab soʻzlarni tasniflashga xilma-xil yondashuvlar ifoda
qilingan. Murakkab soʻzlarning adabiyotdagi mavjud tasniflarini tahlil qilish tadqiqotchilar tomonidan
murakkab soʻzlarning alohida guruhlarini ajratish negiziga qoʻyilgan asosiy prinsiplarni ajratib koʻrsatish
imkonini beradi.
I.V. Arnold inglizcha murakkab soʻzlarni quyidagi mezonlar boʻyicha boshqalardan farqlashni taklif
qiladi [11]:
1) soʻz turkumi boʻyicha:
a) murakkab otlar: housekeeper, housewife;
b) murakkab sifatlar: long-legged;
d) murakkab fe’llar: to day-dream;
e) murakkab ravishlar: open-heartedly;
2) semantik belgilari boʻyicha:
a) asoslangan murakkab soʻzlar: factory-made, hand-made;
b) idiomatik soʻzlar: earth-fed [11, 71-72].
https://buxdu.uz
|
| |