|
PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021 Pdf ko'rish
|
bet | 236/344 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 3,37 Mb. | | #113345 |
Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yilPEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021
174
Hozirgi tilshunoslikda [1] inglizcha murakkab soʻzlarni ularga kiruvchi komponentlarning strukturasi
mezoni asosida tasniflash keng tarqalgan. Murakkab soʻzlarni tashkil qiluvchi elementlar strukturasi nuqtayi
nazaridan murakkab soʻzlarning ikkita guruhini ajratib koʻrsatishadi:
– sintetik murakkab soʻzlar (synthetic compounds);
– murakkab soʻzlar (compounds) [12, 249].
Shu bilan birga sintetik murakkab soʻzlar deganda shunday soʻzlar tushuniladiki, ulardagi
komponentlarning biri qandaydir soʻz yasash belgisi bilan xarakterlanadi (ya’ni hosila asos hisoblanadi):
gatecrasher, housekeeping. Murakkab soʻzlar komponentlarining strukturasi nuqtayi nazaridan I.V. Arnold,
shuningdek, murakkab soʻzlarning quyidagi guruhlarini ajratib koʻrsatadi:
– murakkab soʻzlar, ularda komponentlardan biri qisqartma boʻladi (murakkab qisqartma soʻzlar):
math-mistress;
– murakkab soʻzlar, ularda komponentlardan biri murakkab soʻz boʻladi: waste-paper-basket [11, 71-
72].
A. M. Vinokurov bunday [8] soʻzlarni “struktur-murakkablashtirilgan kompozitlar” deb atab, “uchta
yoki toʻrtta asosning birikmasi” deb tushunadi, ularda “birinchi yoki ikkinchi komponent murakkab soʻz
bilan berilgan” [8, 28]: money-centre bank, city technology college. Bunday murakkab leksik hosilalarning
birinchi elementi antroponim bilan (Anderson-Fabry disease) yoki toponim bilan (Lake Webegon effect)
berilishi mumkin. Tadqiqotchi ingliz tilining hozirgi taraqqiyoti bosqichida struktur-murakkablashtirilgan
kompozitlarning yuqori mahsuldorligini ta’kidlaydi. Murakkab soʻzlar komponentlari strukturasi nuqtayi
nazaridan bog‘lovchi unlili murakkab soʻzlar qiziqish kasb etadi. I.P. Ivanovaning qayd qilishicha, [5]
“ingliz tilining morfologik strukturasiga bog‘lovchi unli xos emas; shunga qaramasdan, bunday otlar ingliz
tili lug‘at tarkibida ma’lum oʻrin egallaydi” [5, 55]. Qarab chiqilayotgan otlarning strukturasi quyidagicha
ekan: oʻzak + bog‘lovchi unli + oʻzak (bog‘lovchi unli koʻpincha -o-, ba'zan -a-, -e-, -i-). Bog‘lovchi unlili
soʻzlar guruhida ham ikki, ham uch komponentli hosilalar uchraydi: bibliomania, laryngoscope,
voltaelectrometer.
N.G. Lavrenteva [4] qayd qilishicha, inglizcha soʻz qoʻshish [4] asosini ikkita komponentlardan hosil
boʻladigan soʻzlar tashkil qiladi [4, 40]. Shu munosabat bilan inglizcha ikki komponetli soʻzlarning soʻz
yasash andazalarini ularning komponentlarini u yoki bu soʻz turkumiga tegishliligini hisobga olib koʻrib
chiqish maqsadga muvofiq tuyiladi. Inglizcha murakkab soʻzlar soʻz yasash andazalarining bunday tasnifi
koʻp mualliflarda bor. Fikrimizcha, ikki komponentli soʻz yasash andazalarining eng toʻliq turli-tumanligi O.
D. Meshkov tomonidan ishlab chiqilgan, oʻz ichiga murakkab soʻzlar hosil qilishga qobiliyatli ikkita soʻz
turkumidan 39 ta kombinasiyani olgan tasnifda ifodalab berilgan. Tadqiqotchi, xususan, murakkab soʻzlar
hosil qilishning quyidagi andazalarini ajratib koʻrsatadi:
1. Ikkinchi komponenti ot bilan ifodalangan murakkab soʻzlar. Bunday soʻzlarda ikkinchi komponent
amalda har qanday soʻz turkumi (ot, sifat, fe’l, sifatdosh, ravish, son, olmosh, predlog, yuklama) bilan
taqdim qilinishi mumkin: hot house, cut-throat, he-cat, first-rate, in-flight, onlooker.
2. Ikkinchi komponenti sifat bilan ifodalangan, uning oldida ot, sifat, fe’l, ravish yoki son boʻlishi
mumkin boʻlgan murakkab soʻzlar: oil-rich, light-blue, speakeasy, ever-green, 10000-strong.
3. Ikkinchi komponenti fe’l bilan ifodalangan, uning oldida boshqa fe’l yoki ravish boʻlishi mumkin
boʻlgan murakkab soʻzlar: make-believe, overdo.
4. Ikkinchi komponenti gerundiy bilan ifodalangan murakkab soʻzlar. Bunday murakkab hosilalarda
odatda birinchi komponent sifatida ot keladi: handwriting.
5. Ikkinchi komponent sifatida sifatdosh I keladigan, uning oldida ot, sifat, olmosh yoki ravish boʻlishi
mumkin boʻlgan murakkab soʻzlar: data-processing, hard-working, allaffecting, never-doing.
6. Ikkinchi komponenti sifatdosh II bilan ifodalangan murakkab soʻzlar. Bunday murakkab leksik
hosilalarning birinchi komponentlari sifatida ot, sifat, olmosh yoki ravish kelishi mumkin: paper-made, soft-
spoken, all-admired, well-done.
7. Ikkinchi komponenti olmosh bilan ifodalangan murakkab soʻzlar. Bunday murakkab soʻzlarning
birinchi komponenti odatda fe’l yoki predlog bilan ifodalangan boʻladi: know-all, with-it.
8. Ravish ot, sifat, ravish, fe’l, olmosh yoki son bilan oʻzaro qoʻshilib ikkinchi komponent boʻlib
keladigan murakkab soʻzlar: whites-only, all-out, first-ever.
9. Ikkinchi komponent predlog [6] (poslelog), birinchisi esa fe’l boʻlgan murakkab soʻzlar: drive-in,
come-on [6, 213-240].
|
| |