• B2 dan B13 katakchaga bo‘lgan diapazon belgilanadi.
  • B2:B13 diapazonni tanlanadi
  • Ishchi varaqning dizaynini o‘zgartirish
  • A1:B13 diapazon ichidan istalgan katakchani tanlang. 2. Qo‘yish (Вставка; Insert) ■=> Jadvallar (Таблицы; Tables) «=> Jadval (Таблица; Table) buyrug‘ini tanlang.
  • Jadval yaratish dialog oynasini yopish uchun OK tugmasini bosing. Excel standart jadvallar dizayni bo‘yicha berilgan jadval ko‘rinishini o‘zgartiradi. 1.3-rasm.
  • 3 Amaliy mashgʻulot. Mavzu: Excel dasturida birinchi ishchi kitobni tashkil etish




    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/6
    Sana14.12.2023
    Hajmi1,04 Mb.
    #118461
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    3-amaliy mashgʻulot

    Raqamlarni formatlash 
     
    Ishchi varaqdagi sonli qiymatlar formatlanmaganligi sababli ularni o‘qish qiyin. 
    Ushbu qadamda raqamlarni o‘qishni osonlashtirish va tashqi ko‘rinishini tushunarliroq 
    qilish uchun raqam formatini o‘zgartirishni ko‘rib o‘tiladi. 
    Katakchalardagi qiymatlarni formatlash quyidagicha amalga oshiriladi: 
    1. B2 dan B13 katakchaga bo‘lgan diapazon belgilanadi. Bu holatda 
    avtoto‘ldirish vositasidan foydalanilmaydi. 
    2. Tasmadan Home (Главная) yorlig‘i tanlanadi. Raqam (Число; Number) 
    buyruqlar guruhidan tegishli pul birliklari formati tanlanadi (ushbu misolda $ AQSH 
    tanlangan). Ushbu amaldan keyin, kiritilgan sonli qiymatlar valyuta birligi simvoli va 
    verguldan (yoki nuqtadan) keyin ikki xonali raqam bilan ifodalanadi. Ushbu ko‘rib 
    o‘tilayotgan misolda sonli qiymatlarning kasr qismi ahamiyatga ega emas. 
    3. B2:B13 diapazonni tanlanadi va ushbu qiymatlarning butun qismini olib 
    tashlash uchun Home (Главная) yorlig‘i Raqam (Число; Number) buyruqlar guruhidan 
    Razryadlilikni kamaytirish (Уменщить разрядность; Decrease decimal) buyrug‘idan 
    foydalaniladi. 


    Ishchi varaqning dizaynini o‘zgartirish 
     
    Berilgan jadval tayyor bo‘lganidan keyin uning ko‘rinishini, ya’ni dizaynini ham 
    sozlash mumkin. Buning uchun, ma’lumotlar mavjud diapazonni “rasmiy” ko‘rinishga 
    keltiriladi: 
    1. 
    A1:B13 diapazon ichidan istalgan katakchani tanlang. 
    2. 
    Qo‘yish (Вставка; Insert) ■=> Jadvallar (Таблицы; Tables) «=> Jadval 
    (Таблица; Table) buyrug‘ini tanlang. Excel jadval yaratish (Вставить таблицы; 
    Create table) dialog oynasini namoyon etadi. Ushbu dialog oynada kerakli diapazon 
    tanlanganiga ishonch hosil qiling. 
    3. 
    Jadval yaratish dialog oynasini yopish uchun OK tugmasini bosing. 
    Excel standart jadvallar dizayni bo‘yicha berilgan jadval ko‘rinishini o‘zgartiradi.
    1.3-rasm. Excelda jadval dizaynini o‘zgartirish 
    Boshqa dizayndagi jadvallarni tanlash uchun Home (Главная) yorlig‘idan Stillar 
    (Стилы; Styles) buyruqlar guruhidan Jadval sifatida formatlash (Форматировать как 
    таблицу; Format as table) buyrug‘idan kerakli jadval dizayni tanlanadi. 

    Download 1,04 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3 Amaliy mashgʻulot. Mavzu: Excel dasturida birinchi ishchi kitobni tashkil etish

    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish