|
Ishchi varaqni bosmaga (printer) berishBog'liq 3-amaliy mashgʻulotIshchi varaqni bosmaga (printer) berish
Tashkil etilgan ishchi varaqni printerga bosmaga berish quyidagicha amalga
oshiriladi (Dars jarayoni uchun pdf shaklida bosmaga berish va elektron pochtadan
yuborish tavsiya etiladi).
1. Diagramma tanlanmaganligiga ishonch hosil qiling. Agar diagramma
tanlangan bo‘lsa, u holda bosmadan faqat ushbu diagrammaning o‘zi chiqadi.
2. Ishchi varaqni bosmaga berishda varaqda qanday holatda chiqishini bilish uchun
Quick Access Toolbar (Панел быстрого запуска) buyrug‘idan Print preview and Print
(Просмотр и Печать) buyrug‘ini faollashtiring. Ushbu panelda hosil bo‘lgan Print
preview (Просмотр и Печать) buyrug‘idan foydalanib bosmadan qanday holatda
chiqishini tekshirib oling.
3. Bosmaga berish bilan bog‘liq barcha ishlar joyidaligiga ishonch hosil qilingandan
keyin Print (Печать) buyrug‘ini berish mumkin. Bosmaga berish File (Файл) ➪ Print
(Печать) buyrugi orqali amalga oshiriladi. Ushbu qadamda varaq o‘lchami (A4, A3 va
hk.), masshtabi va holatini (albom, kitob) tanlash mumkin. O‘zgartirishlarni kiritilganda
varaq holati ekranda paydo bo‘ladi.
4. Barcha sozlamalar amalga oshirib bo‘lingandan keyin Print (Печать) tugmasini
bosish orqali ishch varaqni printerdan chiqarish mumkin.
Ishchi kitobni saqlash
Ushbu ishda hozirgacha bajarilgan barcha amallar kompyuter xotirasida amalga
oshirilgan bo‘lib, agar siz ushbu bajarilgan ishni saqlamasangiz, u holda ushbu bajarilgan
barcha ish o‘chib ketishi mumkin. Shuning uchun, har bir ish bajarib bo‘lingandan keyin
uni saqlash tavsiya etiladi.
Excel dasturida yangi tashkil etilgan faylni saqlash quyidagi usullarda amalga
oshiriladi:
1. Quick Access toolbar (Панель быстрого запуска) panelidan Save (Сохранить)
tugmasini bosing.
2. Bunda agar ushbu ishchi kitob avval saqlanmagan bo‘lsa, u holda saqlash manzili
va fayl nomi so‘raladi.
3. File Name (Имя файла) maydoniga “1-Amaliy_Guruh nomeri_FIO” shaklida
o‘zingizga tegishli guruh nomeri va familiyangiz va ismingizni kiriting, kompyuterning
D diskida papka hosil qilgan holda saqlang.
4. Save (Сохранить) yoki klaviaturadan Enter tugmasini bosing. Ushbu amallar
ketma ketligi bajarilgandan keyin ishchi kitob ochiq holatda qoladi. Biror o‘zgarish
kiritgandan keyin albatta saqlash tugmasini yana bosing..
Ushbu topshiriqni bajarish bo‘yicha hisobot yozing. Hisobot quyidagilarni o‘z
ichiga olishi kerak:
1. Laboratoriya ishi nomi;
2.Talabaning F.I.O., guruhi haqida ma’lumotlar;
3. Laboratoriya ishini bajarishdan olingan natija, bilim va ko‘nikmalar;
4. Talaba imzosi, sana;
5. Hisobotni elektron pochtadan o‘qituvchiga yuboring.
|
| |