3 - Amaliy mashgʻulot.
Mavzu: Excel dasturida birinchi ishchi kitobni tashkil etish.
Ushbu topshiriqda Excel bilan ishlashda boshlang‘ich ko‘nikmalar shakllantiriladi.
Agar siz Excel dasturida avval ishlamagan bo‘lsangiz, ushbu topshiriq ko‘rsatmalarini
ketma-ket amalga oshirgan holda Excel dasturida ishlashning boshlang‘ich
ko‘nikmalarini shakllantirasiz.
Ushbu misolda, ishlab chiqarish korxonasida mahsulotlarni sotish
hajmining oylar
kesimida o‘zgarish prognozi va ushbu ma’lumotlarni grafik usulda berish ko‘rib o‘tilgan.
Elektron jadvalni tashkil etish
Excel dasturini ishga tushiring va yangi ishchi kitob ochilganligiga
ishonch hosil
qiling. Yangi bo‘sh ishchi kitobni tashkil etish uchun Ctrl+N bosing yoki File (Файл)
■=> New (Создать) Blank Workbook (Пустая книга) buyruqlar ketma- ketligini
amalga oshiring.
Mahsulotlar savdosi prognozi ma’lumotlari ikkita ustundan iborat bo‘lib,
1- ustunda oylar nomi, 2-ustunda esa sotilishi prognoz qilinayotgan qiymatlar keltirilgan.
Ishni jadvalga nom berishdan boshlaymiz va amallar ketma-ketligi quyidagicha:
1.
A1 (jadvalning yuqori chap burchagida) katakchani belgilang.
Buning uchun
sichqonchadan
yoki
klaviaturadagi
navigatsiya
tugmalaridan
(strelkalardan)
foydalanishingiz mumkin. Tanlangan katakcha manzili
Nom maydonchasida paydo
bo‘ladi.
2.
A1 katakchaga
Oylar deb
yozing va klaviaturadan Enter tugmasini bosing.
Sozlashlarga bog‘liq holda faol katakcha sifatida boshqa katakcha tanlanadi yoki A1
katakchaning o‘zi faol katakcha sifatida qoladi.
3.
B1 katakchani tanlang,
Savdo prognozi deb yozing va Enterni bosing.
Bunda
katakchaga yozilgan matn katakcha
chegarasidan chiqib ketadi, bu holatni tog‘rilash
haqida keyinchalik to‘xtalib o‘tamiz.