2.
A2 katakchasi belgilanganligiga ishonch hosil qiling. Faol katakcha qalin chiziq
bilan ajralib turishini esda tuting. Faol katakchaning pastki o‘ng burchagida joylashgan
maxsus nuqtani belgilab A13 katakchagacha sichqonchaning
chap tugmasi bosib
pastga tortilsa oy nomlari avtomatik ravishda toʻldiriladi.
Yuqoridagi ushbu amallar bajarilgandan keyin jadval 3.1-rasmdagi ko‘rinishga
keladi.
3.1-rasm. Jadvalga oylar nomi kiritilgandan keyingi holat
Savdo ma’lumotlarini kiritish
Keyingi qadamda, B ustunga prognozlashgan savdo qiymatlarini kiriting. Faraz
qilaylik, yanvar oyidagi savdo 10000 $ deb prognoz qilingan bo‘lsin va keyingi oylardagi
savdo har oy 2 foizdan ortib borsin.
1.
B2 katakchani tanlang va 10000
ni kiriting, bu qiymat Yanvar oyi uchun
prognozlashgan savdo qiymati.
Hozircha, bunda $ belgisini kiritish talab etilmaydi,
buning uchun keyinchalik to‘xtalib o‘tiladi.
2.
Fevral oyi uchun prognozlashgan savdo qiymatini
kiritish formula asosida
amalga oshiriladi. Buning uchun, B3 katakchaga o‘tamiz va quyidagi formulani kiritamiz:
=B2*102%
Enter tugmasi bosilgandan keyin ushbu katakchada 10200 qiymati hosil bo‘ladi.
Ushbu formula B2 katakchadagi qiymatning 102% ga orttirilgan qiymatini hosil qiladi.
Boshqa so‘z bilan aytganda Fevral oyidagi savdo Yanvar oyiga qaraganda 2 foizga
ortiqroq bo‘ladi deb prognoz qilindi.
3.
Keyingi oylar uchun prognoz qilingan savdo tushumi ham avvalgi oyga nisbatan
2 foizga ortiqroq bo‘lishini
hisobga olib, avtoto‘ldirish usuli yordamida keyingi oylar
uchun savdo tushumlarini prognoz qilamiz. Buning uchun B3 katakchani belgilaymiz va
ushbu katakchaning pastki o‘ng burchagida sichqoncha
chap tugmasini bosgan holda
pastga qarab B13 katakchagacha tortamiz.
3.2-rasm. Formulaga asosan katakchalardagi qiymatlarning o‘zgarishi
Ushbu holatda, jadval 1.2-rasmda keltirilgandek ko‘rinishda bo‘ladi. Shuni yodda
tutingki, B ustunda B2 katakchadan boshqa barcha katakchalardagi
qiymatlar formula
asosida keltirib chiqariladi. Bunda, boshlang‘ich qiymat sifatida B2 katakchadagi qiymat,
ya’ni yanvar oyi uchun kiritilgan savdo tushumi qiymati kiritiladi va katakchalardagi
qiymatlar formula asosida ning boshlang‘ich qiymatga ko‘ra o‘zgaradi. Ushbu ustundagi
barcha formulalar B2 katakchadagi boshlang‘ich qiymatga bog‘liq.