buyrug‘ini tanlang. Excel avtomatik ravishda jadvalning quyi qismida
Savdo prognozi
ustuni uchun yig‘indini hisoblab beradi.
3.
Boshqa turdagi natijaviy formualadan
foydalanish uchun (misol uchun, o‘rtacha qiymat)
B14 katakchadagi pastga
ochiladigan buyruqlar
qatoridan
o‘rtacha (среднее; average) buyrug‘i
tanlanadi (3.4-rasm).
Diagramma qo‘yish
Excel dasturida jadvallarni grafik ko‘rinishda
ifodalash uchun diagrammalardan foydalaniladi.
Buning uchun quyidagi
amallar ketma-ketligini
bajaring:
1. Jadvaldagi istalgan katakchani belgilang.
2. Insert (Вставка) ➪ Charts (Диаграммы) ➪
Recommended Charts (Рекомендуемые диаграммы)
buyruqlar guruhida Excel ba’zi
tavsiya etilayotgan
diagramma turlarini namoyon etadi.
3. Ushbu tavsiya etilayotgan diagramma qo‘yish
dialog
oynasidan Column chart (Гистограмма)
nomli diagramma turini tanlab OK tugmasi bosiladi.
Ushbu qo‘yilgan grafikni jadvalning istalgan joyiga
ko‘chirish mumkin.
4.
Ushbu diagrammani tanlab Chart Tools
(Работа с диаграммами) ➪
Design (Конструктор) ➪
Chart Styles (Стили
диаграммами) buyrug‘ini tanlash orqali Diagramma dizaynini o‘zgartirish mumkin.
3.5-rasmda hosil bo‘lgan diagrammani ko‘rish mumkin. Ushbu diagramma ko‘rinshi
tanlangan dizayn turiga qarab boshqa ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
3.5-rasm. Excel dasturida diagramma hosil qilish
3.4-rasm. Excel dasturida Standart
natijaviy qatorlarni tanlash