Odatda, har bir kommutator portida VLAN 1 yoki boshqaruv VLAN
mavjud. Boshqaruv tarmog‘ini o‘chirib bo‘lmaydi, lekin qo‘shimcha
VLAN-larni
yaratish va ushbu muqobil VLAN-larga qo‘shimcha portlarni belgilash mumkin.
VLAN-ni tayinlash besh xil usullardan biri asosida amalga oshirilishi
mumkin, jumladan port,
MAC manzili, IP tarmoqosti, protokol va siyosat asosida
amalga oshirish.
Portga asoslangan usul standart
va eng keng tarqalgan VLAN
tayinlash usuli hisoblanadi. Ushbu usul yordamida VLAN-lar kommutator
qurilmasidagi port raqamlariga qarab tasniflanadi.
3.4- rasmda ikkita kommutator qurilmasi, 4
ta shaxsiy kompyuterlar
keltirilgan. Har bir kommutatorda ikkita shaxsiy kompyuterlar mavjud bo‘lib,
ulardan biri VLAN 10 va ikkinchisi VLAN 20.