Grafik tilning tarixiy rivojlanishi asosida uning komponentlarini tanlash




Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/12
Sana23.05.2023
Hajmi0.53 Mb.
#63679
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
3-Ma\'ruza. Mashqlar yordamida chizmachilik tushunchalari
Салилаева, To\'garak kitobi 1(1)[1], 1-tema., 252525, 1263240.pptx, 6286-Текст статьи-15479-1-10-20220616, Guruhda ishlash, Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish zarurligi, shakll, Mavzu Axloqiy tarbiya. Reja Kirish Asosiy qism i-bob. Axloqiy , Mavzu mehnat tarbiyasi maktabgacha yoshdagi, Davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti pedagogika va ijti, Лекция 3. Операционные системы, fdsfsd8dsfsdfs6f6sd, 1-amaliy
 
5. Grafik tilning tarixiy rivojlanishi asosida uning komponentlarini tanlash 
printsiplari. 
T.N.Qori Niyoziy aytganidek, “bir termin oydinlashsa, ikkinchisi paydo bo‘ladi.bu 
protsess chegaralanmagan va hech vaqt tugallanmaydi” Darhaqiqat, T. N. Qori Niyoziy 
til va terminologiyaning rivojlanishi natijasida terminlarning oydinlashib, takomillashib 
borishi lozimligini o‘rinli ta’kidlab o‘tgan. Hozigi davrda hatto uning asarlarining nomi 
ham terminologik jihatdan kamchiliklarga ega ekanligi yaqqol bo‘lib qoldi. Masalan, 
T.N. Qori Niyozining “Asosiy matematik analiz kursi” nomli kitobini olaylik. Rus 
tilidagi “Основной курс матемаеческого анализа”ш o‘zbek tiliga so‘zma so‘z tarjima 
qilinishi natijasida “asosiy matematik analiz kursi” hosil bo‘lgan. Lekin, bundan 
“matematik analiz asosiy va asosiy bo‘lmagan bo‘limlarga bo‘linishi” haqidagi 
noto‘g‘ri xulosaga kelish mumkin. Aslida esa gap kursning asosiyligi ustida boryapdi. 
Shuning uchun “asosiy matematik analiz kursi” emas, balki “matematik analiz kursi” 


bo‘lishi lozim. Biz shu matematik analiz kursi kitobida chizmachilik va chizmachilik 
geometriya fanlarida ham qo‘llaymiz. 
Grafik tilning terminologiyasi rivojlanishining uchinchi davri (1946-yildan 
boshlab) o‘zbek grafik tilning terminologiyasini tartiblashtirishga ilmiy jihatdan alohida 
e’tibor berilishi bilan xarakterlanadi: o‘zbek tilining ichki imkoniyatlar i asosida yangi 
terminlar yaratildi va ruscha- baynalminal so‘zlarni o‘zlashtirish tufayli o‘zbek grafik 
tilning terminologiyasi boyidi. 
Bu davr mahalliy avtorlar tomonidan maktab va oliy o‘quv yurtlari uchun o‘quv - 
metodik qo‘llanmalar yaratilishida yangi bosqich bo‘ldi. O. Karimovning “Geometriya 
masalalarini yechish metodlari” (T., 1949) , M.A.Sobirov, A. Y. Yusupovning 
“Differensional geometriya” (T., 1958), Y.Qirg‘izboyev “Chizma geometriya” 
(T.,1959), R. Xorunovning “ Chizma geometriya” (T.,1965), M. K. Kamolovning 
“Analitik geometriya” (T., 1965) va boshqa original asarlarning yaratilishi o‘zbek grafik 
terminologiyasining boyish va takomillashishida salmoqli o‘rinni egalladi. Shu bilan 
birga N.N.Privalovning “Analitik geometriya”(., 1951) va boshqa adabiyotlarning rus 
tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan. 
Original va tarjima adabiyotlar sonining ortishi, bir tomondan, terminologiyaning 
takomillashishiga olib kelgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan terminologik har xillikni 
yuzaga keltirdi, chunki terminlar tanlashdagi aniq yagona ko‘rsatmalarning yo‘qligi 
tufayli har bir tarjimon ibora bilan aytganda “o‘z qozonida o‘zi qaynashi” ga to‘g‘ri 
keladi. Bu holat grafikadan yagona terminologik lug‘at bo‘lishini taqoza etadi. 
Rus tilidagi “коническое сечение” 1930-yillarda “konus kesish”, 1950-yillarda 
“konus kesim” shaklida qo‘llangan bo‘lsa, hozir “konus kesim” ko‘rinishida 
qo‘llaniladi; “кооринатная плоскость” 1930-yillarda “koordinat tekisligi”, 1950- 
yillarda “koordinata tekisligi” shaklida qo‘llangan bo‘lsa, hozir “koordinatalar tekisligi” 
ko‘rinishini oldi; “многогранный угул” 1930-yillarda “ko‘p yuzli burchak”, 1950-
yillarda “ko‘pyoqli burchak” shaklida qo‘llangan bo‘lsa, hozir “ko‘p yoqli burchak” 
ko‘rinishini oldi; “коническая поверхность” 1930-yillarda “konus sirti”, 1950-yillarda 
“konus sirt” shaklida qo‘llangan bo‘lsa, hozir “konus sirt” ko‘rinishida qo‘llaniladi. 
Grafik terminlarning takomillashib borishi o‘z navbatida grafik tilning 
takomillashib borishiga olib keldi. 


Maktablar ta‘limining yangi mazmuniga o‘tishi, boshqacha aytganda maktab 
ta‘limiga yangi tushunchalarning kiritilishi munosabati bilan ana shu tushunchalarga 
mos terminlar tanlash qiyinchiliklari maydonga keldi. Bu hol terminologiya sohasida 
jiddiy ishlarini olib borish lozimligini kun tartibiga ko‘ngdalang qilib qo‘ydi.
Natijada fanlarning turli sohalari bo‘yicha ikki tilli lug‘atlar nashr qilindi va 
kandidatlik dissertetsiyalari rasmiylashtirildi.
Shunga qaramasdan terminlar hosil qilishning ilmiy-pedagogik printsplariga qattiy 
amal qilmaslik natijasida grafik terminologiya sohasida jiddiy kamchiliklar mavjud. 
Jumladan, sinonim so‘zlar sonining ortib ketganligi, shuningdek antonim so‘zlar 
tanlashdagi har xillik yaqqol ko‘zga tashlandi. 
Terminlar orfografiyasi sohasidagi chalkashlik, hatto tilshunoslikka doir ishlarda 
ham yaqqol ko‘zga tashlandi. Masalan: yuza, nol, nomerlash, yarimshar, tengburchakli, 
yarimtekislik, yarimayirma, tengyonli, tengburchakli, egrichiziqli, va hakazo. 

Download 0.53 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Grafik tilning tarixiy rivojlanishi asosida uning komponentlarini tanlash

Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish