• 1.3. Grafik tilning komponentlarini tanlash prinsplari
  • I. Bir ma’nolilik.
  • 3-Ma’ruza mashg‘uloti. Mavzu: Mashqlar yordamida chizmachilik tushunchalarini shakllantirish. Grafik tilning tarixiy rivojlanishi asosida uning komponentlarini tanlash printsiplari. Reja




    Download 0.53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/12
    Sana23.05.2023
    Hajmi0.53 Mb.
    #63679
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    3-Ma\'ruza. Mashqlar yordamida chizmachilik tushunchalari
    Салилаева, To\'garak kitobi 1(1)[1], 1-tema., 252525, 1263240.pptx, 6286-Текст статьи-15479-1-10-20220616, Guruhda ishlash, Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish zarurligi, shakll, Mavzu Axloqiy tarbiya. Reja Kirish Asosiy qism i-bob. Axloqiy , Mavzu mehnat tarbiyasi maktabgacha yoshdagi, Davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti pedagogika va ijti, Лекция 3. Операционные системы, fdsfsd8dsfsdfs6f6sd, 1-amaliy
    O‘tmas burchak - qo‘shni burchakdan yoki 90 gradusdan katta burchak. 
    Piramida - dagi ko‘p burchakli, qolgan yoqlari uch burchakli va cho‘qqisi 
    umumiy bo‘lgan ko‘pyoqlik. 
    Terminlami tanlashda qo‘shni fanlar o‘rtasida uzviylik yo‘qligi tufayli bir xil 
    tushuncha har xil fanlarda har xil ko‘rinishda qo‘llanib kelinmoqda. 
    Maktablarda o‘qitiladigan predmetlar terminologiyasi sohasida bir xillilik 
    yo‘qligini shundan bilish mumkin: 
    Grafikada “yarim tekislik” deb (ajratib) yozilsa, fizikada “yarimo‘tkazgich”, 
    gegrafiyada, “yarimshar” deb (qo‘shib) yoziladi. 
    Shuningdek, keyingi vaqtlarda nashr qilinayotgan adabiyotlarda terminlami sun’iy 
    ravishda affikslashtirish hollari sodir bo‘lmoqda. 
    1.3. Grafik tilning komponentlarini tanlash prinsplari 
    Hozirgi davrda ilmiy informatsiyalar soni tez suratlar bilan o‘sib bormoqda. L. I. 
    Brejnev o‘qituvchilarning Butunitifoq sezdida takidlab o‘tganidek, olimlarning hisobiga 


    qaraganda, bilimlarning hajmi har sakkiz yilda ikki barobar ko‘paymoqda. Biz terminlar 
    hosil qilishning nazariy asoslari, yangi terminlar yaratishdagi amaliy tajribalar hamda 
    grafik tilning terminoliyasi va tarjima sohasidagi shaxsiy tajribalarimizga asoslanib, 
    quyidagi ilmiy-pedagogik talablarni qanoatlantirishi kerak, degan xulosaga keldik. 
    I. Bir ma’nolilik. Har bir terming imkoniyat boricha bir tushuncha mos kelishi 
    kerak. Har qanday termin aniq ta’rifga ega bo‘lishi lozim. Ayniqsa fanning turli sohalari 
    bo‘yicha terminlar tuzishda bir ma’nolilikka erishish zarur. Bu prinspga (qoidaga) rioya 
    qilmaslik tilde omonim so‘zlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Terminlarning ko‘p 
    ma’noli bo‘lishi, so‘zsiz, o‘rganilayotgan materialning tushunishni qiyinlashtiradi, bu 
    esa o‘z navbatida o‘qitish sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
    Terminlarning ko‘p ma’noli bo‘lishi, ko‘pincha xatoga olib kelishini ta’kidlab, D. 
    S. Lotte bunday degan edi: “Terminlarning ko‘p ma’noli bo‘lishi ko‘p hollarda, ayniqsa, 
    bir termin bilan turli tushunchalar anglanganda, amaliy xatoga olib keladi”. 
    Ayniqsa, omonimlar bir tilning bir terminologiya sistemasiga kirsa, ya‘ni bir 
    termin orqali biror terminologiya sistemasining bir necha tushunchalari belgilansa, 
    anglashilmovchilikka olib kelishi turgan gap. Masalan:
    1. “Perpendikulyar”, “urinma”, “kesuvchi” kabi terminlar ham ikki xil ma‘noda: 
    to‘g‘ri chiziq sifatida va shu to‘g‘ri chiziqning kesmasi sifatida qo‘llaniladi.
    2. “Gradus” termini ham quyidagi ma‘nolarda qo‘llaniladi: a) burchak gradusi; b) 
    yoy gradusi; v) temperature birligi.
    “Giperbola” termini: a) konus kesimlariga doir egri chiziqni; b) adabiyotlarda: 
    mubolag‘a ma‘nosini bildiradi.
    Ba‘zi bir termin orqali belgilangan tushunchalar o‘rtasidagi farqni 
    oydinlashtirishga to‘g‘ri keladi. Bunga misol qilib “tetraedr” terminini ko‘rsatish 
    mumkin: a) uchburchakli piramida; b) muntazam uchburchakli piramida; v) barcha 
    yoqlari muntazam uchburchakdan tuzilgan uch burchakli piramida. 
    Bunday terminlarning tabiatini (ya’ni ulaga mos tushunchalarni) bilish uchun uni 
    keng ravishda analiz qilishga - sanab o‘tilgan piramidalardan qaysilari haqida so‘z 
    yuritilayotganligiga alohida ta’kidlashga to‘g‘ri keladi. 


    Ilmiy tilda omonimlar ko‘pincha ko‘chma ma’nolarda qo‘llaniladi. Bunday 
    hollarda bir termin o‘zining “tovush qobig‘i”ni saqlab, biror tilning har xil 
    terminologiya sistemasiga kirishi mumkin. 

    Download 0.53 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 0.53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-Ma’ruza mashg‘uloti. Mavzu: Mashqlar yordamida chizmachilik tushunchalarini shakllantirish. Grafik tilning tarixiy rivojlanishi asosida uning komponentlarini tanlash printsiplari. Reja

    Download 0.53 Mb.
    Pdf ko'rish