• Tolali mahsulotlarni titishning zaruriyligi
  • Titish usullari
  • Titish vositalari
  • 3-Ma’ruza Mavzu: Tolalarni tarashga tayyorlash. Reja




    Download 0,59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/18
    Sana24.05.2024
    Hajmi0,59 Mb.
    #252905
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    3 маруза (1)

    Titish jarayoni
    Titish jarayonining maqsadi,
    tolali mahsulotni tozalashga va aralashtirishga
    tayyorlashdan iboratdir.
    Titish jarayonining mohiyati
    esa, toylangan tolalarni mayda bo‘lakchalarga ajratib,
    ularning o‘rtacha og‘irligi va zichligini kamaytirish orqali aralashtirish va nuqsonlardan tozalash
    uchun qo‘lay imkoniyat yaratishdan iboratdir.
    Tolali mahsulotlarni titishning zaruriyligi
    Tolali mahsulotlarni titishning zaruriyligini qo‘yidagi sabablar bilan izohlash mumkin:
    1. Aralashma komponentlari yaxshi aralashishi uchun kerakli sharoit titish natijasida
    yaratiladi.
    2. Tolali mahsulotni nuqsonlardan tozalash jarayonini amalga oshirishda titish zaruriy shart
    bo‘lib, mahsulot kichik bo‘lakchalarga ajratilib nuqson bilan tolali massaning ilashish kuchi
    kamayadi va buning natijasida nuqsonlar mexaniq tarzda ajratib tashlanadi.
    3. Tolalarning to‘g‘rilanishi va chigalliklarning tarqalishida mahsulotni ketma-ket titish
    katta ahamiyatga ega.
    4. Tolali mahsulotni mayda bo‘lakchalarga ajratishda titish zarur tadbir hisoblanadi.
    Titish usullari
    Tolali mahsulotlarni mayda bo‘lakchalarga ajratishda qo‘yidagi titish usullari ishlatiladi:

    chimdib titish;

    takroriy zarbiy kuchlar ta’sirida;

    kuchli havo oqimi ta’sirida;

    kombinatsiyalashgan vositalar ta’siri.
    Titish vositalari
    Tolali mahsulotni titish igna sirtli, pichoqli va arrali ishchi organlarga ega bo‘lgan
    mashinalarda amalga oshiriladi.
    Igna sirtli mashinalarda titish dastlab qo‘lda, so‘ngra kamera ichidagi ignali panjaralar
    vositasida bajariladi. Avtotitgichlar esa toyning pastki yoki ustki qismidan qoziqli, pichoqli va
    arrali diskli ishchi organlar vositasida paxta qatlamining kerakli bo‘lakchasini ajratib olish orqali
    titishni amalga oshiradi. Paxta tolasining shikastlanmasligi uchun ishchi organlarning shakli,
    o‘lchami va tezligini to‘g‘ri tanlash katta ahamiyatga ega.



    Download 0,59 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 0,59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-Ma’ruza Mavzu: Tolalarni tarashga tayyorlash. Reja

    Download 0,59 Mb.
    Pdf ko'rish