«Halqa» topologiyasi
har bir punktga faqat ikkita
liniyalar birlashtirilgan
tarmoqni tavsiflaydi (3.2-rasm). Halqa topologiyasi optik kabel yordamida lokal
komp'yuter tarmoqlar, transport tarmoqlar va abonent
kirish tarmoqlarida keng
qo‘llaniladi.
3.2-rasm.«Halqa»
3.3-rasm.«Ikki qavat halqa»
3.4-rasm.To‘liq
topologiyasi. topologiyasi. aloqali topologiya
Fizikaviy topologiyani aks ettiruvchi graf qirralari soni: R=n ga teng. Bu esa
tarmoq chiqimlarini kamaytiradi. Mantiqiy darajada har bir juft punktlar o‘rtasida
h=2 mustaqil yo‘llar (to‘g‘ri va al'ternativ) tashkil qilinishi mumkin,
bu ayniqsa,
ikki qavat halqa deb nomlanuvchi 1+1 turdagi zahiralashni qo‘llaganda (3.3-rasm)
aloqa ishonchliligining oshishini ta'minlab beradi. Ikki qavat halqa oraliq punktlar
o‘rtasida fizikaviy ulanishning juftliklari bilan tashkil qilinadi, bunda axborot
oqimi ikki yo‘nalishda yo‘naltiriladi,
ulardan biri asosiy, boshqasi esa zahira
bo‘ladi.