|
3-ma’ruza. Tarmoq arxitekturasi. Tarmoqlarni qurishda qo’llaniladigan arxitekturalar, pog’onali arxitekturaning maqsadi va vaziflari, pog’onalarda qo’llaniladigan protokollar va qurilmalarBog'liq 3-ma’ruza. Tarmoq arxitekturasi. Tarmoqlarni qurishda qo’llanilaTarmoqning funksional modeli.
Funksional model tarmoqning fizikaviy
amalga oshirilishi tamoyillariga bog‘liq bo‘lmagan holda tarmoqni mantiqiy
darajada mavhum ravishda tasvirlaydi. Model' elementlar sifatida ko‘rib
chiqilayotgan tarmoq funksiyalarining o‘zaro ta'sirini aks ettiradi.
Funksiya
-mantiqiy element bo‘lib, belgilangan vazifani bajaradi. Fizikaviy
ravishda funksiya apparat bilan yoki dasturiy mahsulot (funksional ob'ekt)
ko‘rinishida amalga oshirilishi mumkin. Oxirgi holatda funksiyalarni ob'ekt deb
nomlash qabul qilingan. Funksiyani fizikaviy amalga oshirishda ularni mantiqiy
modul deb ataluvchi alohida funksional tizim osti birliklar guruhiga birlashtirish
mumkin. Tarmoqda bajariladigan funksiyalarning quyidagi turlari farqlanadi:
-
amaliy
(qo‘llanish) funksiyalar-foydalanuvchilar va tarmoq ma'muriyati
ilova ob'ektlari;
-
xizmatlarni boshqarish
funksiyalari-xizmat komponentlaridan va ular bilan
bog‘liq bo‘lgan resurslardan xizmatlarni amalga oshirishga imkoniyat beruvchi va
foydalanuvchini mazkur xizmatlar o‘zaro ta'siri bilan boshqarish imkoniyatini
beradigan ob'ektlar;
-
tarmoqni ma'muriy boshqaruv
funksiyalari-hamma boshqa funksiyalar
boshqaruvini amalga oshiradigan ob'ektlar;
-
ma'lumotlarni qayta ishlash va saqlash
funksiyalari-ilova obyektlarini
chaqirish va boshqarish, ularning o‘zaro ta'sirini hamda ma'lumotlarni ma'lumotlar
bazasidan olish yoki unga joylashtirishni ta'minlab beradigan ob'ektlar;
-
kommutasion funksiyalar
-axborot oqimlarini boshqarish va transport
funksiyalari (ular kommunikasion tugunlarda qayta taqsimlanganda).
Tarmoq funksiyalari o‘zaro ta'sir tartibi funksional model' elementlar
aloqasini belgilab beradi. Bunday o‘zaro ta'sirni alohida funksiyalar (ob'ektlar)
yoki mantiqiy modullar o‘rtasida to‘liq maxsulligi mantiqiy interfeys deb ataladi.
U elementlar o‘zaro ta'sir qoidalari majmuasini va almashilayotgan axborotni
taqdim etish formatini belgilab beradi. Bir turdagi funksiyalar (ob'ektlar)
o‘rtasidagi mantiqiy interfeys protokol deb ataladi. Kommunikasion funksiyalar
o‘rtasidagi mantiqiy interfeys telekommunikasion tarmoqning funksional etalon
nuqtasi deb ataladi. Funksiyalar (obyektlar) quyidagi tamoyillarga asoslanib
mantiqiy modullarga birlashtiriladi: Tarmoq segmentlari modullarini funksional
darajada tashkil qilish. Misol tariqasida telekommunikasion tarmoq segmentlarida
transport funksiyasi va oqimlar boshqaruv funksiyasining birgalikda amalga
oshirilganligini keltirsak bo‘ladi (3.9-rasm). Transport va oqimlar boshqaruvi
funksiyali segment mantiqiy modullari yig‘indisi sifatida qabul qilinadigan har
qanday telekommunikasion tarmoqni funksional modelda ko‘p hollarda transport
tarmog‘i (transport tarmog‘i tushunchasining yana bir tavsifi) deb ataladi.
3.9-rasm. Funksional pog‘onada segment modullarini tashkil qilish:
I-interfeys (funksional etalon nuqta), NTU-terminator.
Domen tashkil qilinishi.
Bu holatda funksiyalar mansublik tamoyiliga asosan
birlashtiriladi. Bunda ularning apparat vosita yoki dasturiy mahsulotlarda amalga
oshirilganda birgalikdagi harakatni hisobga olmasa ham bo‘ladi. Misol tariqasida
foydalanuvchi domeni va tarmoq operatorini domenini (3.10.-rasm) keltirsa
bo‘ladi.
Domen funksiyalarini (obyektlarini) aniq tarkibi konfiguratsiya deb ataladi.
Foydalanuvchi va tarmoq operatorlarning domen konfiguratsiyalari turli bo‘lishi
mumkin va turli omillarga bog‘liq. Omillardan asosiysi tarmoqning turli xizmatlar
va ilovalar ko‘rsatishga layoqatliligidir.
Xizmatlar taqdim qilish platformalarini tashkil qilish aniq xizmat yoki
xizmatlar majmuasini ko‘rsatish uchun ishtiroki talab qilingan aloqaning turli
operatorlarini domeni va segment modullarini birikishiga asoslanadi.
3.10.-rasm. Foydalanuvchi domeni va tarmoq operatori domeni
I
NTU
Ilova obyekti (telefoniya)
Ilova obyekti
Ilova obyekti (ma’lumot
uzatish)
Ilova obyekti (video)
Ilova obyekti (multimedia)
I
I
I
I
I
I
Ma’muriy boshqaruv obyekti
Xizmatlar boshqaruvi obyekti
I
I
Transport va oqim boshqaruvi funksiyasi
I
Kirish
tarmog’i
(access)
Bazaviy
tarmoq
segmenti
NT
U
NT
U
I
I
I
Kirish tarmog’i
(access) segmenti
moduli
Boshqaruv
funksiyalari
Transport
funksiyasi
Bazaviy tarmoq
(Core) segmenti
moduli
Boshqaruv
funksiyalari
Transport
funksiyasi
Kirish tarmog’I
(access) segmenti
moduli
Boshqaruv
funksiyalari
Transport
funksiyasi
I
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
3-ma’ruza. Tarmoq arxitekturasi. Tarmoqlarni qurishda qo’llaniladigan arxitekturalar, pog’onali arxitekturaning maqsadi va vaziflari, pog’onalarda qo’llaniladigan protokollar va qurilmalar
|