Mul'tipleksorlash
(multiptxing)-liniyaning o‘tkazish qobiliyati resursning
ma'lum qismini axborot oqimining har biriga berish yo‘li bilan bitta liniyadan bir
necha axborot oqimlarini uzatishni ta'minlab beradi. O‘rnatilgan bu taqsimlash
uzatilayotgan axborot yo‘qligida ham saqlanib qoladi, ya'ni bu yerda
konsentratsiya vazifasi mavjud emas.
Marshrutizasiya
(routing)-adres axborot va marshrutlar trassasi jadvali
asosida tarmoqning ikki punkti o‘rtasida yo‘l qidirish jarayoni.
Aloqa liniyalari signal shaklida axborot oqimlarini uzatishni ta'minlab beradi
va umumiy holatda signal tarqatish muhitini va uni taqsimlash rejimida ishlatishga
imkoniyat beruvchi uskunalar majmuasini o‘z ichiga oluvchi qurilmalardir.
Fizikaviy muhit juft mis simlar, optik tola,efir bo‘lishi mumkin. Muhit turiga
bog‘liq ravishda aloqa liniyalari simli va simsizga ajratiladi.
Simli liniyalarga signal sun'iy tashkil qilingan yo‘naltiruvchi muhitda
tarqaladigan, masalan, himoyalangan qobiqqa ega simlar(kabel' aloqa liniyalari)
kiradi. Kabel' aloqa liniyalarida uzoq masofani ta'minlash maqsadida, ma'lum
intervalda kuchaytirgich punktlari tashkil qilinadi. Optik tolali aloqa liniyalari ham
simli hisoblanadi, ularda tarqalish muhiti sifatida dielektrik material, xususan,
yupqa shisha tolalar ishlatiladi. Ularning afzalligi konstruksiyasida defisit bo‘lgan
mis, alyuminiy, qo‘rg‘oshinning yo‘qligidir.
Tarmoq tuzilmasi komponentlari.
Tarmoq elementlari birlashishning nisbatan
mustaqil tuzilma komponentlarga –tarmoq segmentlariga-birlashishi tamoyillari
odatda
segment
miqyosi,
uning
bajarayotgan
vazifasi,
ishlatilayotgan
telekommunikasion
texnologiyasi
bo‘yicha
tasniflanadi.
Tarmoqni
segmentasiyalashning
asosiy
vazifasi
segment
ichidagi
oqim
ulushini
maksimallashtirish va segmentlar orasidagi oqimlar ulushini kamaytirishdir.
Tarmoq segmentlarini miqyos tamoyili asosida tasnif qilish tarmoq ierarxiyasi
bilan tasvirlanadi (3.6-rasm):
-lokal tarmoq (Local Area Network, LAN), unda yuklanishning asosiy qismi
kichik hudud, muassasa, sanoat korxonasi va hokazo ichida chegaralanadi, ya'ni
katta bo‘lmagan ma'lum hududda joylashgan komp'yuterlar tarmog‘i. Umumiy
holda bitta yoki bir nechta binolar va bitta tashkilotga taaluqli bo‘lgan qurilmalar
majmuasi;
-hududiy (mintaqaviy) tarmoq (Metropolitan Area Network, MAN), yirik
aholi punkti yoki kichik mintaqaga xizmat qilish uchun mo‘ljallangan;
-yirik miqyosli hududiy (global) tarmoq (Wide Area Network,WAN), katta
hudud, davlat, kontinent hamda turli kontinentlarda joylashgan LAN, MAN
turidagi tarmoqlarni birlashtirish uchun mo‘ljallangan. Mazkur magistral tarmoq
uzatish muhiti sifatida asosan optik toladan foydalaniladi.
LAN, MAN, WAN tarmoqlaridan har biri kichik miqyosdagi bir qator
segmentlarga bo‘linishi mumkin. Ular tarmoqning mantiqiy tuzilmasini aks ettiradi
va ularning har bir segmenti umumtarmoq almashuvini shakllantirishda aniq
funksional vazifani bajaradi. Har qanday qatlamda segmentlar bog‘liqligi
magistrallar (magistral segmentlar) bilan ta'minlanadi.
3.6-rasm. Masshtab belgisiga ko‘ra tarmoqning ierarxiya segmenti
Oxirgi punktlarning segment ichida birlashishi va magistral segmentlarning
amalga oshirilishi umumiy kommunikasion muhit yoki tugun tashkil qilish yo‘li
bilan amalga oshirilishi mumkin.
Umumiy kommunikasion muhitni ishlatish iqtisodiy tomondan foydalidir.
Bunda bitta tugun tizimi bilan generatsiya qilinadigan yuklama barcha boshqa
tizimlarga yuboriladi, biroq qabul qiluvchi manzili bo‘lgan bitta tizim bilan qabul
LAN
MAN
LAN
LAN
WAN
MAN
qilinadi. Umumiy bo‘linadigan muhitli tarmoq segmentlari misoliga shina
topologiyali kichik bir rangli mahalliy tarmoqlarni hamda transport halqa tamoyili
bo‘yicha tashkil qilingan hududiy tarmoqlarni keltirsa bo‘ladi.
Tugun tashkil qilish segment kommutasiyalanayotgan topologiyani ochiq
tizimlar o‘zaro bog‘lanish modelini (Open System Interconnection,OSI) kanal va
tarmoq vazifalarga ega bo‘lgan uskunalar tugunida joylashtirish yo‘li orqali amalga
oshiriladi. Bunda umumiy kommunikasion muhitdan farqli ravishda tarmoqning
katta miqyosi, yuqori ishlab chiqarish darajasi va ishonchliligi ta'minlanadi, biroq
narxi oshadi. Bunday tarmoqlarga misol sifatida yuqori tezlikli mahalliy
tarmoqlarning magistral segmentlarini hamda radial tugun tamoyili asosida tashkil
qilingan hududiy tarmoqlarni keltirsa bo‘ladi.
Tarmoq (tarmoq segmentlari) bog‘lovchi magistral sifatida tashkil qilinsa,
tayanch tarmoq (backbone network) deb ataladi. Magistral qurilishining turli
topografik variantlari bo‘lishi mumkin, bunga asoslanib tayanch tarmoqlarning
nomlanishi ham turlichadir, masalan: «tizma tarmoq», «transport halqa»,
«kommutasiyalanadigan tarmoq». Ulardan har biri aniq vazifa doirasida
chegaralangan.
Tayanch tarmoq ixtiyoriy darajada (LAN, MAN, WAN) tashkil qilinishi
mumkin, ya'ni tarmoqning ishonchliligi, ishlab chiqarishni oshirish maqsadida,
tarmoqning mantiqiy segmentasiya vazifasi yechiladigan hamma joyda ishlatilishi
mumkin. Turli darajalardagi tayanch tarmoqlarning yig‘indisi taqsimlangan
tarmoqning ierarxik bog‘liqligini ta'minlab beradi. Shuni qayd qilish lozimki,
kichik miqyosli segmentlar (LAN, MAN) uchun tayanch tarmog‘i vazifasini bitta
tugun bajarishi mumkin. Bunday magistral o‘zgargan magistral (collapsed
backbone) yoxud tayanch tuguni (backbone node) deb nomlanadi. Misol tariqasida
mahalliy tarmoqlarning marshrutizator yordamida markaziy nuqtada birlashishini
keltirsak bo‘ladi. Tayanch tugun oxirgi punkt segmenti yoki bitta daraja
segmentlari o‘rtasida yuklamani qayta taqsimlaydi, bu yo‘l bilan yuqoriroq
darajadagi segmentnm tashkil qiladi va uning chegara ortiga yo‘naltiriladigan
oqimlarni konsentratsiya qiladi.
Taqsimlangan tarmoq bog‘liqlik ierarxiyasidagi yuqori daraja tayanch
tarmog‘ini transport tarmoq (transport network) deb atashadi. U yuklamani ancha
sekin segmentlar bo‘lmish mintaqaviy va mahalliy darajaga uzatadigan yuqori
tezlikli trakt (segment) tizimi ko‘rinishida amalga oshiriladi.
«Transport tarmog‘i» atamasi segmentning masshtabini emas, balki
funksionalligini aks ettiradi. Buning natijasida transport tarmog‘i texnologiyalarni
qo‘llab tashkil qilingan katta bo‘lmagan hududiy tarmoqlarning tayanch
tarmoqlarini aksariyat hollarda transport tarmoqlari deb ataladi. Barcha
vaziyatlarda segmentlarning transport magistrali bilan birlashishi uning oxirgi
punktlari bo‘lgan kirish tugunlarida amalga oshiriladi.
Funksionallikni kompozision tamoyil sifatida qabul qilib, kirish tarmog‘i
(
Access Network
) deb transport tarmog‘iga kirish punkti bilan o‘zaro bog‘langan
axborot tarmoqni hududiy taqsimlangan oxirgi punktlari traktini tashkil qiladigan
segment yoki segmentlar yig‘indisiga aytiladi (3.7-rasm). Xususan, servis tuguni
bilan foydalanuvchilarning terminal tizimlari o‘zaro ta'sir qiladigan tarmoq
segmenti abonent kirish tarmog‘i (customer access network) deb ataladi.
Transport tarmoqlari va kirish tarmoqlari funksional belgilari bo‘yicha
mustaqil tuzilma komponentlari, ya'ni telekommunikasion tarmoqning funksional
segmenti sifatida qabul qilinishi mumkin.
Axborot tarmog‘i konsepsiyasida axborot va hisoblash resurslariga kirishni
taqdim etuvchi ishchi tizimlar bilan foydalanuvchilarni terminal tizimlarning
o‘zaro ta'sirini ta'minlab beruvchi telekommunikasion tarmoq segmentlari
yig‘indisi uzoqlashgan kirish (remote access) sifatida tavsiflanishi mumkin. Uni
amalga oshirish uslublari global aloqalarni tashkil qilish sxemalari va
ishlatilayotgan dasturiy mahsulotlar funksiyalari bilan ahamiyatli farqlanishi
mumkin.
Foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish platformasini tashkil qilish ham tarmoq
komponentlarini vazifalari bo‘yicha birlashtirishga asoslangan. Xizmatlar
ko‘rsatishning yagona platformasini tashkil qilishda xizmatlarni yetkazib beruvchi
va aloka operatorlarini birlashtiruvchi global kommunikasiyalar segmentining
yig‘indisi baza tarmog‘i (
Core Network
) deb ataladi.
3.7.-rasm. Access va Core tarmoqlarini ko’rinishi
Turli o‘lchamdagi (butun tarmoqdan alohida fragmentgacha) texnologik
ravishda farqlanadigan segmentlar tarmoq texnologiyalarning keskin rivojlanishida
axborot tarmoqlarining evolyusion rivojlanishi tufayli paydo bo‘ldi. Bunday
segmentlarning mavjudligi xizmatlar ko‘rsatishning yagona mul'tiservisli
platformaga o‘tish davri uchun xosdir. Ularni funksional-texnologik belgilar
bo‘yicha tasniflab, quyidagi tushunchalar ishlatiladi: analog tarmoq, raqamli
tarmoq, ISDN tarmog‘i, IP-tarmoq, SDH tarmog‘i, FR(Frame Relay) tarmog‘i,
ATM tarmog‘i va boshqalar (3.8.-rasm IPTV tarmog’i keltirilgan).
3.8.-rasm. IPTV tarmog’ida komponentlar va tarmoq elementlari
|