• Rag’batlantirish xususiyatiga ega to’lovlar.
  • Mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar




    Download 107.42 Kb.
    bet2/16
    Sana29.03.2023
    Hajmi107.42 Kb.
    #47422
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    3-Mavzu (1)
    SO\'Z TURKUMLARINI O\'RGANISHGA OID ADABIYOTLAR RO\'YXATINI TUZISH, 1m, 20.01.2016, 26-mavzu-t, Hisob amaliy 1, ALMASHLAB EKISH, Transport masalasining shimoliy-g’arb burchak usuli, Nabieva 730 21 kiber, british politeness, 1-SONLI KASB HUNAR MAKTABI, Мавлянов Ж обективка, Ma’ruza 4 Quduqlarni burg‘ilash vaqtida bajariladigan geologik t, Yuldashev Shohruhbek 3-topshiriq, график органайзер
    Mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar. Ish beruvchi bilan mehnatga oid munosabatlarda bo’lgan va tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakti)ga muvofiq ishlarni bajarayotgan xodimlarga hisoblanadigan hamda to’lanadigan quyidagi barcha to’lovlar mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar deb yuritiladi:
    -mehnatga haq to’lashning qabul qilingan shakllari va tizimlariga muvofiq ishbay narxlardan, tarif stavkalari va mansab maoshlaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan, haqiqatda bajarilgan ish uchun hisoblangan ish haqi;
    -ilmiy daraja va faxriy unvon uchun ustamalar;
    - rag’batlantirish xususiyatiga ega to’lovlar;
    -kompensatsiya to’lovlari (kompensatsiya);
    -ishlanmagan vaqt uchun haq to’lash;
    -haqiqatda bajarilgan ish uchun haq hisoblangan boshqa to’lovlar.
    Mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar jumlasiga quyidagilar ham kiradi:
    -predmeti ishlarni bajarish va xizmatlar ko’rsatishdan iborat bo’lgan, tuzilgan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarga muvofiq jismoniy shaxslarga to’lovlar (bundan yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar mustasno);
    -yuridik shaxsning boshqaruv organi (kuzatuv kengashi yoki boshqa shunga o’xshash organi) a’zolariga yuridik shaxsning o’zi tomonidan amalga oshiriladigan to’lovlar;
    O’zbekiston Respublikasining Mudofaa, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklarining, O’zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmatining, harbiy xizmatchilariga, ichki ishlar organlarining oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibiga hamda O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasining va boshqa harbiy xizmat nazarda tutilgan idoralar xodimlariga xizmatni o’tashi (xizmat majburiyatlarini bajarishi) munosabati bilan to’lanadigan pul ta’minoti, pul mukofotlari va boshqa to’lovlar.
    Rag’batlantirish xususiyatiga ega to’lovlar. Rag’batlantirish xususiyatiga ega to’lovlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
    1) yillik ish yakunlari bo’yicha pul mukofoti;
    2) yuridik shaxsning mukofotlash to’g’risidagi nizomida nazarda tutilgan rag’batlantirish xususiyatiga ega to’lovlar;
    3) kasb mahorati, murabbiylik uchun tarif stavkalari va maoshlarga ustamalar;
    4) ta’tilga qo’shimcha haqlar hamda moddiy yordam;
    5) ko’p yil ishlaganlik uchun pul mukofoti va to’lovlar;
    6) ratsionalizatorlik taklifi uchun to’lov;
    7) mehnat natijalari bilan bog’liq bo’lmagan bir yo’la beriladigan mukofotlar.

    Download 107.42 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 107.42 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar

    Download 107.42 Kb.