Soliq bazasi va stavkasi hamda soliqni hisoblash tartibi




Download 107.42 Kb.
bet9/16
Sana29.03.2023
Hajmi107.42 Kb.
#47422
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
3-Mavzu (1)
SO\'Z TURKUMLARINI O\'RGANISHGA OID ADABIYOTLAR RO\'YXATINI TUZISH, 1m, 20.01.2016, 26-mavzu-t, Hisob amaliy 1, ALMASHLAB EKISH, Transport masalasining shimoliy-g’arb burchak usuli, Nabieva 730 21 kiber, british politeness, 1-SONLI KASB HUNAR MAKTABI, Мавлянов Ж обективка, Ma’ruza 4 Quduqlarni burg‘ilash vaqtida bajariladigan geologik t, Yuldashev Shohruhbek 3-topshiriq, график органайзер
3.3.Soliq bazasi va stavkasi hamda soliqni hisoblash tartibi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining soliq bazasi quyidagilar hisoblanadi:

  1. O’zbekiston Respublikasining rezidentlari bo’lgan jismoniy shaxslar uchun – belgilangan soliq imtiyozlarini hisobga olgan holdagi jami daromadlari;

  2. O’zbekiston Respublikasining norezidentlari bo’lgan jismoniy shaxslar uchun – soliq imtiyozlari qo’llanmagan holdagi jami daromadlari.

Soliq bazasini aniqlashda soliq to’lovchining ham pul shaklida,
ham natura shaklida olgan daromadlari yoki daromadlarni tasarruf etish uchun yuzaga kelgan huquqlari, shuningdek moddiy naf tarzidagi daromadlari hisobga olinadi. Bunda soliq to’lovchining alohida turdagi daromadlari belgilangan shartlarda va tartibda jami daromad tarkibida hisobga olinishi yoki hisobga olinmasligi mumkin.
Soliq to’lovchining chet el valyutasida ifodalangan daromadlari, haqiqatda daromadlar olingan sanadagi O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo’yicha milliy valyutaga qayta hisob-kitob qilinadi.
Turli soliq stavkalari bo’yicha solinadigan soliq bazasi alohida aniqlanadi.
Soliq bazasi, soliq davri boshidan e’tiboran o’sib boruvchi yakun bilan aniqlanadi.
Soliq bazasi nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining O’zbekiston Respublikasi soliq kodeksiga muvofiq aniqlanadigan yig’ma foydasini ham o’z ichiga oladi. Soliq bazasiga qonun xujjatlarda belgilangan hollarda va tartibda tuzatish kiritiladi.
Transfert narxni belgilashda soliq nazorati amalga oshirishda nazarda tutilgan hollarda soliq to’lovchining daromadlariga qonun xujjatlarida belgilangan tartibda tuzatish kiritiladi.
Agar soliq to’lovchining daromadidan uning o’z farmoyishiga, sudning yoki boshqa organlar va tashkilotlarning qaroriga ko’ra ushlab qolishlar amalga oshirilsa, bunday ushlab qolishlar soliq bazasini kamaytirmaydi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i soliq to’lovchilarning daromad olgan yoki aniqlangan sanasi soliq solish amaliyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini soliq agentlari tomonidan daromadning to’lov manbayidan soliqni ushlab qolib, davlat byudjetiga o’tkazib berishlari kerak bo’ladi. Jismoniy shaxslarning daromad olingan sana quyidagicha aniqlanadi:
1) daromadni to’lash kuni, shu jumladan daromadni soliq to’lovchining banklardagi hisobvaraqlariga o’tkazish yoki daromadlar pul shaklida olinganda – daromadni soliq to’lovchining topshirig’iga ko’ra uchinchi shaxslarning hisobvaraqlariga o’tkazish kuni;
2) daromadlar natura shaklida olinganda – daromadlarni natura shaklida berish kuni;
3) daromadlar moddiy naf tarzida olinganda – tovarlar (xizmatlar)ni, qimmatli qog’ozlarni sotib olish kuni. Agar sotib olingan qimmatli qog’ozlarga haq to’lash ushbu qimmatli qog’ozlarga bo’lgan mulk huquqi soliq to’lovchiga o’tganidan keyin amalga oshirilsa, daromadning haqiqatda olingan sanasi sotib olingan qimmatli qog’ozlarning qiymatiga tegishli to’lovni to’lash kuni sifatida aniqlanadi;
4) bir turdagi qarama-qarshi talablarni hisobga olish kuni;
5) belgilangan tartibda soliq agenti tomonidan umidsiz qarz hisobdan chiqarilgan kun;
6) xodim safardan qaytganidan keyin bo’nak hisobot tasdiqlangan oyning oxirgi kuni.
Mehnatga haq to’lash tarzida daromad olinganda bunday daromadning olingan sanasi deb, soliq to’lovchiga mehnat shartnomasi (kontrakti) asosida mehnat majburiyatlarini bajarganligi uchun, unga daromadlar hisoblangan oyning oxirgi kuni hisoblanadi, shuningdek mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ish qidirish davriga kompensatsiya to’langan sana hisoblanadi.
Kalendar oy tugaguniga qadar mehnat munosabatlari bekor qilingan taqdirda, soliq to’lovchi tomonidan mehnatga haq to’lash tarzida olingan daromadning haqiqatda olingan sanasi deb unga daromad hisoblangan oxirgi ish kuni hisoblanadi.
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi foydasining summasi tarzidagi daromadlar uchun daromadning haqiqatda olingan kuni deb chet el kompaniyasi yoki tuzilmasi ro’yxatdan o’tkazilgan mamlakatning qonun hujjatlariga muvofiq moliya yili uchun moliyaviy hisobot tuziladigan davrning tugallanish sanasi to’g’ri keladigan kalendar yildan keyingi soliq bo’yicha soliq davrining oxirgi sanasi hisoblanadi.
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi ro’yxatdan o’tkazilgan mamlakatning qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etish majburiyatlari mavjud bo’lmagan taqdirda, bunday kompaniya foydasining summasi tarzidagi daromadning haqiqatda olingan sanasi deb foyda aniqlanadigan kalendar yilidan keyingi kalendar yilning oxirgi kuni hisoblanadi.

Download 107.42 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Download 107.42 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Soliq bazasi va stavkasi hamda soliqni hisoblash tartibi

Download 107.42 Kb.