• Ayrim toifadagi soliq to’lovchilarning jami daromadini kamaytirish.
  • Jismoniy shaxslarni soliq solishdan ozod etish




    Download 107.42 Kb.
    bet8/16
    Sana29.03.2023
    Hajmi107.42 Kb.
    #47422
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
    Bog'liq
    3-Mavzu (1)
    SO\'Z TURKUMLARINI O\'RGANISHGA OID ADABIYOTLAR RO\'YXATINI TUZISH, 1m, 20.01.2016, 26-mavzu-t, Hisob amaliy 1, ALMASHLAB EKISH, Transport masalasining shimoliy-g’arb burchak usuli, Nabieva 730 21 kiber, british politeness, 1-SONLI KASB HUNAR MAKTABI, Мавлянов Ж обективка, Ma’ruza 4 Quduqlarni burg‘ilash vaqtida bajariladigan geologik t, Yuldashev Shohruhbek 3-topshiriq, график органайзер
    Jismoniy shaxslarni soliq solishdan ozod etish. Quyidagilarning daromadlariga soliq solinmaydi:
    1) chet davlatlar diplomatik vakolatxonalarining boshliqlari
    va xodimlari, konsullik muassasalarining mansabdor shaxslari, ularning o’zlari bilan birga yashaydigan oila a’zolari, agar ular O’zbekiston Respublikasining fuqarosi bo’lmasa – O’zbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan, diplomatlik va konsullik xizmati bilan bog’liq bo’lmagan daromadlaridan tashqari barcha daromadlari bo’yicha;
    2) chet davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining ma’muriy-texnik xodimlari hamda ularning o’zlari bilan birga yashaydigan oila a’zolari, agar ular O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lmasa yoki O’zbekiston Respublikasida doimiy yashamasa, – O’zbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan, diplomatlik va konsullik xizmati bilan bog’liq bo’lmagan daromadlaridan tashqari barcha daromadlari bo’yicha;
    3) chet davlatlarning diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalariga xizmat ko’rsatadigan xodimlar tarkibiga kirgan shaxslar, agar ular O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lmasa yoki O’zbekiston Respublikasida doimiy yashamasa – o’z xizmati yuzasidan oladigan barcha daromadlari bo’yicha;
    4) chet davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining uylarida ishlovchilar, agar ular O’zbekiston Respublikasining fuqarosi bo’lmasa yoki O’zbekiston Respublikasida doimiy yashamasa – o’z xizmati yuzasidan oladigan barcha daromadlari bo’yicha;
    5) xalqaro nohukumat tashkilotlarining mansabdor shaxslari – agar ular O’zbekiston Respublikasining fuqarosi bo’lmasa, ularning ushbu tashkilotlarda olgan daromadlari bo’yicha.
    Ayrim toifadagi soliq to’lovchilarning jami daromadini kamaytirish. Quyidagi soliq to’lovchilar qisman (daromadlar qaysi oyda olingan bo’lsa, o’sha oyda har bir oy uchun mehnatga haq to’lashning eng kam miqdorining 1,41 baravari miqdoridagi daromadlar bo’yicha) soliq solishdan ozod etiladi:
    1) «O’zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo’lgan shaxslar, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan shaxslar. Bu imtiyoz tegishincha «O’zbekiston Qahramoni» unvoni berilganligi to’g’risidagi guvohnoma, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni daftarchalari, orden daftarchasi yoki mudofaa ishlari bo’yicha bo’limning ma’lumotnomasi asosida beriladi;
    2) urush nogironlari va ishtirokchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan va doirasi qonun hujjatlarida belgilanadigan shaxslar. Bu imtiyoz urush nogironi (ishtirokchisi)ning tegishli guvohnomasi yoki mudofaa ishlari bo’yicha bo’limning yoxud boshqa vakolatli organning ma’lumotnomasi asosida, boshqa nogironlar (ishtirokchilar)ga nogiron (ishtirokchi)ning imtiyozlarga bo’lgan huquqi to’g’risidagi guvohnoma asosida beriladi;
    3) bolalikdan nogironligi bo’lgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi bo’lgan shaxslar. Bu imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi;
    4) sobiq SSSRni, O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog’ida yaralanganligi, kontuziya bo’lganligi yoki shikastlanganligi oqibatida yoxud frontda bo’lish bilan bog’liq kasallik tufayli halok bo’lgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari xodimlarining ota-onalari va beva xotinlari (beva yerlari). Bu imtiyoz «Halok bo’lgan askarning beva xotini (beva eri, onasi, otasi)» yoki «Ichki ishlar organlari halok bo’lgan xodimining beva xotini (beva eri, onasi, otasi)» shtampi qo’yilgan yoxud pensiya guvohnomasini bergan muassasa rahbarining imzosi va ushbu muassasa muhri bilan tasdiqlangan tegishli yozuvli pensiya guvohnomasi asosida beriladi. Agar mazkur shaxslar pensionyer bo’lmasa, imtiyoz ularga sobiq SSSR Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik qo’mitasi yoki Ichki ishlar vazirligining, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati yoki O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi va boshqa harbiy xizmat nazarda tutilgan idoralarning tegishli organlari tomonidan berilgan harbiy xizmatchi yoki ichki ishlar organlari xodimining halok bo’lganligi to’g’risidagi ma’lumotnoma asosida beriladi. Sobiq SSSRni, O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmat yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog’ida yoki frontda bo’lish bilan bog’liq kasallik tufayli halok bo’lgan harbiy xizmatchilar yoxud ichki ishlar organlari xodimlarining beva xotinlariga (beva yerlariga) imtiyoz faqat ular yangi nikohdan o’tmagan taqdirda beriladi;
    5) ikki va undan ortiq o’n olti yoshga to’lmagan bolalari bor yolg’iz onalar. Bu imtiyoz har bir bola uchun fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotnoma asosida beriladi;
    6) ikki va undan ortiq o’n olti yoshga to’lmagan bolalari bor hamda boquvchisini yo’qotganlik uchun pensiya olmaydigan beva ayol va beva erkaklar. Bu imtiyoz yer (xotin)ning vafot etganligi to’g’risidagi guvohnoma, bolalar tug’ilganligi to’g’risidagi guvohnomalar, yangi nikohdan o’tmaganlik hamda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi tuman (shahar) bo’limining boquvchisini yo’qotganlik uchun pensiya olinmasligi haqidagi ma’lumotnomasi taqdim etilgan taqdirda beriladi;
    7) bolaligidan nogironligi bo’lgan shaxs, doimiy parvarishni talab etadigan farzandi bilan birga yashab, uni tarbiyalayotgan ota yoki ona.
    Bu imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki sog’liqni saqlash muassasasining doimiy parvarish zarurligini tasdiqlovchi tibbiy ma’lumotnomasi asosida beriladi.
    Soliq imtiyozlari tegishli hujjatlar tuman va shahar davlat soliq xizmati organlariga taqdim etilgan taqdirda qo’llaniladi.
    Soliq imtiyoziga bo’lgan huquq kalendar yil davomida vujudga kelgan taqdirda, soliq imtiyozi unga bo’lgan huquqlar vujudga kelgan paytdan e’tiboran qo’llaniladi.
    Agar soliq to’lovchi bir nechta asos bo’yicha soliq imtiyoziga doir huquqqa ega bo’lsa, unga xohishiga qarab faqat bitta soliq imtiyozi beriladi.
    Soliq imtiyozini qo’llash soliq to’lovchining asosiy ish (xizmat, o’qish) joyi bo’yicha, asosiy ish joyi mavjud bo’lmagan taqdirda esa – yashash joyidagi soliq organlari tomonidan jami yillik daromad to’g’risidagi deklaratsiya asosida soliqni hisoblab chiqarish chog’ida amalga oshiriladi. Soliq imtiyoziga bo’lgan huquq yo’qotilgan taqdirda, soliq to’lovchi imtiyozga bo’lgan huquqni yo’qotgan paytidan e’tiboran o’n besh kun ichida bu haqda undan soliqni ushlab qoladigan yuridik shaxsga ma’lum qilishi kerak.
    «O’zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo’lgan shaxslar, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan shaxslarga soliq imtiyozlari soliq to’lovchining foizlar va dividendlar tarzida olingan daromadlariga, shuningdek mol-mulkni ijaraga topshirishdan olingan daromadlariga nisbatan ham tatbiq etiladi. Agar foizlar va dividendlar asosiy ish joyi bo’yicha hisoblansa, soliq imtiyozini qo’llash asosiy ish joyi bo’yicha amalga oshiriladi. Agar foizlar va dividendlar asosiy bo’lmagan ish joyi bo’yicha hisoblansa, soliq imtiyozi jami yillik daromad to’g’risidagi deklaratsiya asosida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini hisoblab chiqarish chog’ida soliq to’lovchining yashash joyidagi soliq organlari tomonidan qo’llaniladi. Shunga o’xshash tartib mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga nisbatan ham qo’llaniladi.



    Download 107.42 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




    Download 107.42 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jismoniy shaxslarni soliq solishdan ozod etish

    Download 107.42 Kb.