Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i imtiyozlari




Download 107.42 Kb.
bet7/16
Sana29.03.2023
Hajmi107.42 Kb.
#47422
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
3-Mavzu (1)
SO\'Z TURKUMLARINI O\'RGANISHGA OID ADABIYOTLAR RO\'YXATINI TUZISH, 1m, 20.01.2016, 26-mavzu-t, Hisob amaliy 1, ALMASHLAB EKISH, Transport masalasining shimoliy-g’arb burchak usuli, Nabieva 730 21 kiber, british politeness, 1-SONLI KASB HUNAR MAKTABI, Мавлянов Ж обективка, Ma’ruza 4 Quduqlarni burg‘ilash vaqtida bajariladigan geologik t, Yuldashev Shohruhbek 3-topshiriq, график органайзер
3.2.Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i imtiyozlari.
Jismoniy shaxslarnig soliq solinmaydigan daromadlariga quyidagilar kiradi:

  1. moddiy yordam summalari:

vafot etgan xodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etganligi munosabati bilan xodimga beriladigan moddiy yordam summalari – mehnatga haq to’lashning eng kam miqdorining 4,22 baravarigacha miqdorda;
2) soliq agenti tomonidan quyidagi yo’llanmalar qiymatini to’liq yoki qisman qoplash summalari, bundan turistik yo’llanmalar mustasno:
O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan sanatoriy-kurort
va sog’lomlashtirish muassasalariga yo’llanmalar qiymatini nogironligi bo’lgan shaxslarga, shu jumladan ushbu ish beruvchida ishlamaydigan nogironligi bo’lgan shaxslarga to’liq yoki qisman qoplash summalari;
O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan bolalar oromgohlari va boshqa sog’lomlashtirish oromgohlari, shuningdek sanatoriy-kurort hamda sog’lomlashtirish muassasalariga o’z xodimlarining o’n olti yoshgacha bolalari (o’qiydiganlarga – o’n sakkiz yoshgacha) uchun yo’llanmalar qiymatini to’liq yoki qisman qoplash summalari;
3) o’z xodimlariga hamda ularning bolalariga ambulatoriya va (yoki) statsionar tibbiy xizmat ko’rsatilganligi uchun ish beruvchi tomonidan to’langan summalar, shuningdek ish beruvchining davolashga hamda tibbiy xizmat ko’rsatishga, nogironlik profilaktikasi va nogironligi bo’lgan shaxslarning salomatligini tiklashga doir texnik vositalarni olishga oid xarajatlari. Xodimlarni davolaganlik, ularga tibbiy xizmat ko’rsatganlik uchun ish beruvchilar tomonidan sog’liqni saqlash muassasalariga naqd pulsiz haq to’langan taqdirda, shuningdek sog’liqni saqlash tashkilotlari tomonidan yozib berilgan hujjatlar asosida ushbu maqsadlar uchun mo’ljallangan naqd pul mablag’lari bevosita xodimga, xodim yo’qligida esa – uning oila a’zolariga, ota-onasiga berilgan yoki mazkur maqsadlar uchun mo’ljallangan mablag’lar xodimning bankdagi hisobvarag’iga kiritilgan taqdirda, bu daromadlar soliq solishdan ozod qilinadi;
4) O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining O’zbekiston Respublikasidan tashqariga ishlash uchun yuborilishi munosabati bilan qonun hujjatlarida belgilangan summalar doirasida byudjet tashkilotlaridan chet el valyutasida olingan ish haqi summalari va boshqa summalar;
5) vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishdan olingan daromadlar, agar bunday ishlarga yollash vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash markazlari ko’magida amalga oshirilayotgan bo’lsa;
6) xalqaro sport musobaqalarida sovrinli o’rinlarni egallaganligi uchun sportchilar olgan bir yo’la beriladigan pul mukofoti;
7) soliq to’lovchilarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo’lgan mol-mulkni sotishdan olinadigan daromadlar, bundan quyidagilarni sotishdan olingan daromadlar mustasno:
qimmatli qog’ozlarni (bundan fond birjasida realizatsiya qilinadigan emissiyaviy qimmatli qog’ozlar mustasno), yuridik shaxslarning ustav fondi (ustav kapitali)dagi ulushlari (paylari);
noturar joylarni;
o’ttiz olti kalendar oydan kam muddatda soliq to’lovchining mulkida bo’lgan turar joylar;
8) uy xo’jaligida, shu jumladan dehqon xo’jaligida etishtirilgan hayvonlar (qoramollar, parrandalar, mo’ynali va boshqa hayvonlar, baliqlar va hokazolar)ni tirik holda hamda ularni so’yib mahsulotlarini xom yoki qayta ishlangan holda sotishdan (bundan sanoatda qayta ishlash mustasno) chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini tabiiy va qayta ishlangan holda sotishdan olinadigan daromadlar, bundan manzarali bog’dorchilik (gulchilik) mahsulotlari mustasno;
9) xalqaro hamda respublika tanlovlari va musobaqalarida olingan buyum tarzidagi sovrinlarning qiymati;
10) ish beruvchidan soliq davri mobaynida mehnatga haq to’lashning eng kam miqdorining 2,11 baravarigacha bo’lgan qiymatdagi:
xodimlar natura shaklida olgan sovg’alar;
ilgari mazkur ish beruvchining xodimlari bo’lgan ishlamayotgan pensionerlar va mehnat qobiliyatini yo’qotgan shaxslar, vafot etgan xodimning oila a’zolari tomonidan olingan sovg’alar hamda boshqa turlardagi yordam;
11) jismoniy shaxslardan meros yoki hadya tartibida, shuningdek tekinga olingan pul va natura shaklidagi daromadlar, bundan quyidagilar mustasno:
ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarining, adabiyot hamda san’at asarlari ijrochilarining, shuningdek kashfiyotlar, ixtirolar va sanoat namunalari mualliflarining merosxo’rlari (huquqiy vorislari)ga to’lanadigan pul mukofotlari;
yaqin qarindosh bo’lmagan shaxslar o’rtasidagi ko’chmas mulk, avtotransport vositalari, qimmatli qog’ozlar, yuridik shaxslarning ustav fondlari (ustav kapitallari)dagi ulushlar;
12) davlat zayomining obligatsiyalari bo’yicha yutuqlar, shuningdek O’zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog’ozlari bo’yicha foizlar;
13) jamg’arma sertifikatlari, davlat qimmatli qog’ozlari bo’yicha daromadlar, shuningdek banklardagi omonatlar bo’yicha foizlar va yutuqlar;
14) nodavlat notijorat tashkilotlaridan, xalqaro hamda chet el tashkilotlari va fondlaridan, shuningdek vakolatli organning xulosasi mavjud bo’lsa, O’zbekiston Respublikasining ilmiy-texnika hamkorligi sohasidagi xalqaro shartnomalari doirasida soliq to’lovchi grant beruvchidan bevosita olgan grantning summasi;
15) soliq to’lovchilarning ish haqi va boshqa daromadlarining hayotni uzoq muddatli sug’urtalash (hayot sug’urtasi sohasining barcha toifalarida) bo’yicha sug’urta mukofotlarini to’lash uchun O’zbekiston Respublikasida sug’urta faoliyatini amalga oshirishga litsenziyasi bo’lgan yuridik shaxslarga yo’naltiriladigan qismi, quyidagi shartlarda:
sug’urta badallari o’sib bormaydigan tartibda to’langanda va bir yo’la to’lanadigan sug’urta summasi shartnoma bo’yicha sug’urta davri boshlanishi sanasidan 12 oydan so’ng olinganda. Sug’urtalangan shaxsning muayyan yoshgacha yashashi yoki hayotni uzoq muddatli sug’urtalash shartnomasida ko’rsatilgan muddatdan boshqacha tarzdagi sug’urta hodisasi sodir bo’lgan taqdirda, sug’urta summasi ushbu ko’rsatilgan shartlarga amal qilmagan xolda to’lanishi mumkin;
shartnoma bo’yicha sug’urta davri boshlanish sanasidan kamida
12 oydan so’ng renta (annuitet) olinganda va rentani (annuitetni) to’lash sanasida shartnoma bo’yicha haqiqatda jamlangan mablag’lar (zaxira) summasi ko’rsatib o’tilgan renta (annuitet)ning to’rt baravaridan kam bo’lmaganda;
renta (annuitet) to’lash shartnoma bo’yicha sug’urta davri boshlanishi sanasidan 12 oy o’tmasdan boshlanganda, bunda dastlabki renta (annuitet)ni to’lash boshlanadigan vaqtda haqiqatda to’langan sug’urta badallari summasi shartnoma bo’yicha sug’urta mukofotining yillik miqdoridan kam bo’lmasligi kerak va rentalar (annuitetlar)ni to’lash sanasiga haqiqatda jamlangan mablag’lar (zaxira) summasi ko’rsatib o’tilgan rentaning to’rt baravaridan kam bo’lmaganda.
Mazkur bandning shartlari buzilganda yoxud shartnoma muddatidan oldin bekor qilinganda va sug’urtachi sug’urta badalini to’liq yoki qisman qaytarganda, qaytarilgan sug’urta badali sug’urtachi tomonidan soliqqa tortiladi.
16) soliq to’lovchining quyidagilarga yo’naltiriladigan, soliq solinishi lozim bo’lgan ish haqi va boshqa daromadlari:
O’zbekiston Respublikasining oliy o’quv yurtlarida ta’lim olish (o’zining, yigirma olti yoshga to’lmagan farzandlarining yoki eri (xotini)ning ta’lim olishi) uchun to’lov;
soliq bazasining 50 foizidan oshmagan holda, metsenatlik ko’magini ko’rsatish;
olingan ipoteka kreditlari va ular bo’yicha hisoblangan foizlarni soliq davri davomida jami o’n besh million so’mgacha bo’lgan miqdorda qoplashga, basharti yakka tartibdagi uy-joyning yoki ko’p qavatli uydagi xonadonning qiymati uch yuz million so’mdan oshmasa hamda u dastlabki badalning va (yoki) ipoteka krediti bo’yicha foizlarning bir qismini qoplash uchun byudjetdan ajratilgan subsidiyalarni hisobga olgan holda olingan bo’lsa. Mazkur imtiyoz qarz oluvchiga va birga qarz oluvchilarga, imtiyoz olish huquqiga ega bo’lgan barcha soliq to’lovchilarga berilgan, soliq solinishi lozim bo’lgan daromadlarni kamaytirish summasi soliq davri davomida jami o’n besh million so’mdan oshmagan taqdirda, tatbiq etiladi;
fuqarolarning O’zbekiston Respublikasi Xalq bankidagi ixtiyoriy ravishda shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlari;
17) jismoniy shaxslardan tekin (shu jumladan hadya shartnomalari bo’yicha) olingan ulushlar, paylar va aktsiyalar tarzidagi daromadlar, agar bu ulushlar, paylar va aktsiyalarni berish yaqin qarindoshlar o’rtasida amalga oshirilsa.
Yuridik shaxs tashkil etmagan chet el tuzilmasiga nisbatan yoki qaysi chet el yuridik shaxsi uchun ro’yxatdan o’tish mamlakatining qonun hujjatlariga muvofiq kapitalda ishtirok etish nazarda tutilmagan bo’lsa, o’sha chet el yuridik shaxsiga nisbatan nazorat qilish huquqi, agar bunday huquqlar ularni bir oilaning a’zolari va (yoki) yaqin qarindoshlar bo’lgan shaxslar o’rtasida o’tkazish natijasida olingan bo’lsa, daromad olish yoki daromadni tasarruf etish huquqining yuzaga kelishi deb e’tirof etilmaydi;
18) paxta yig’im-terimi bo’yicha qishloq xo’jaligi ishlariga jalb qilinadigan soliq to’lovchilarning bu ishlarni bajarganlik uchun olgan daromadlari;
19) soliq to’lovchi bo’lgan qimmatbaho metallar qidiruvchilarning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qazib olish yo’li bilan ega bo’lgan qimmatbaho metallarni realizatsiya qilishdan olgan daromadlari.

Download 107.42 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Download 107.42 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i imtiyozlari

Download 107.42 Kb.