• Moddiy naf tarzidagi daromadlar.
  • 3-Mavzu. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i. Reja




    Download 107.42 Kb.
    bet5/16
    Sana29.03.2023
    Hajmi107.42 Kb.
    #47422
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    3-Mavzu (1)
    SO\'Z TURKUMLARINI O\'RGANISHGA OID ADABIYOTLAR RO\'YXATINI TUZISH, 1m, 20.01.2016, 26-mavzu-t, Hisob amaliy 1, ALMASHLAB EKISH, Transport masalasining shimoliy-g’arb burchak usuli, Nabieva 730 21 kiber, british politeness, 1-SONLI KASB HUNAR MAKTABI, Мавлянов Ж обективка, Ma’ruza 4 Quduqlarni burg‘ilash vaqtida bajariladigan geologik t, Yuldashev Shohruhbek 3-topshiriq, график органайзер
    Mulkiy daromadlar. Mulkiy daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
    1) foizlar;
    2) dividendlar;
    3) mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar;
    4) soliq to’lovchiga mulk huquqi asosida tegishli bo’lgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar. Mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar mazkur mol-mulkni realizatsiya qilish summasining hujjatlar bilan tasdiqlangan uni olish qiymatidan oshgan qismi sifatida aniqlanadi. Mazkur qiymatni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lmagan taqdirda, mol-mulkni realizatsiya qilish qiymati, ko’chmas mulk bo’yicha esa – kadastr qiymati hamda realizatsiya qilish narxi o’rtasidagi ijobiy farq daromad deb e’tirof etiladi;
    5) sanoat mulki ob’ektlariga, selektsiya yutug’iga oid patent (litsenziya) egasi bo’lgan soliq to’lovchining patentdan boshqa shaxs foydasiga voz kechganda yoki litsenziya shartnomasi tuzganda olgan daromadi;
    6) royalti;
    7) ishonchli boshqaruvga berilgan mol-mulk bo’yicha ishonchli boshqaruvchidan olingan daromad;
    8) REPO operatsiyalari bo’yicha daromad;
    9) qimmatli qog’ozlar va (yoki) muddatli bitimlarning hosila moliyaviy vositalari bilan operatsiyalar bo’yicha daromad;
    10) chet el kompaniyasining foyda tarzidagi daromadi;
    11) oddiy shirkat shartnomasiga (birgalikdagi faoliyat to’g’risidagi shartnomaga) muvofiq ishtirok etishdan olingan daromadlar;
    12) mulkiy xususiyatga ega boshqa daromadlar.
    Moddiy naf tarzidagi daromadlar. Soliq to’lovchi tomonidan moddiy naf tarzida olingan daromadlar quyidagilardan iborat:
    1) soliq agenti tomonidan soliq to’lovchi manfaatlarini ko’zlab, tovarlar (xizmatlar), mulkiy huquqlar haqini to’lash, shu jumladan:
    soliq to’lovchining bolalarini maktabgacha ta’lim muassasalari (tashkilotlari)da o’qitish, tarbiyalash haqini to’lash;
    soliq to’lovchilarga berilgan uy-joyning kommunal xizmatlar haqini, uy-joydan foydalanish xarajatlari, yotoqxonadagi joylar haqi yoki ularning o’rnini qoplash qiymatini to’lash;
    sanatoriy-kurortlarda davolanish yo’llanmalari qiymati, dam olish, statsionar va ambulator davolanish haqini yoki ularning o’rnini qoplash qiymatini to’lash;
    soliq agentining soliq to’lovchi daromadi bo’lgan boshqa xarajatlarini to’lash;
    2) soliq to’lovchining manfaatlarini ko’zlab tekin, shu jumladan hadya shartnomasi bo’yicha berilgan mol-mulk va ko’rsatilgan xizmatlarning qiymati;
    3) tovarlar (xizmatlar)ni soliq to’lovchilarga realizatsiya qilish narxi hamda shu tovarlar (xizmatlar)ning hisoblab chiqarilgan qiymati o’rtasidagi salbiy farq;
    4) qonun hujjatlariga muvofiq xodimlarga temir yo’l, aviatsiya, daryo, avtomobil transporti va shahar elektr transportida yurish bo’yicha beriladigan imtiyozlar summasi;
    5) jismoniy shaxsning soliq agenti oldidagi qarzining yuridik shaxs qarori bilan hisobdan chiqarilgan summalari;
    6) soliq agenti tomonidan to’lovlar hisobiga to’lanib, soliq to’lovchidan ushlab qolinishi lozim bo’lgan, lekin ushlab qolinmagan summalar.
    Soliq to’lovchi tomonidan soliq agentidan tovarlar (xizmatlar) olingan taqdirda, ushbu tovarlar (xizmatlar)ning qiymati ularni sotib olish narxidan yoki tannarxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
    Soliq to’lovchi tomonidan soliq agentidan aktsiz to’lanadigan tovarlar yoki qo’shilgan qiymat solig’i solinadigan tovarlar (xizmatlar) olingan taqdirda, bunday tovarlar (xizmatlar)ning qiymatida aktsiz solig’ining va qo’shilgan qiymat solig’ining tegishli summasi hisobga olinadi.

    Download 107.42 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 107.42 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-Mavzu. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i. Reja

    Download 107.42 Kb.