Ko‘rsatkichlar
|
Tasnifiy jihatlari
|
Nomoddiy aktivlar
|
korxona tomonidan ulardan ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish yoki tovarlarni sotish jarayonida foydalanish maqsadida yoxud ma’muriy va boshqa funksiyalarni amalga oshirish uchun uzoq muddat mobaynida tutib turiladigan, moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo‘lmagan mol-mulk obektlari
|
Amortizatsiya
|
foydali xizmat muddati mobaynida nomoddiy aktivning amortizatsiyalanadigan qiymatini uning vazifasidan kelib chiqqan holda mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga yoki davr xarajatlariga muntazam taqsimlash va kiritish
|
Amortizatsiyalanadigan qiymat
|
taxmin qilinayotgan (baholangan) tugatish qiymatini chegirgan holda aktivning boshlang‘ich (tiklash) qiymati summasi
|
Foydali xizmat muddati
|
korxona tomonidan aktivdan foydalanish ko‘zda tutilgan davr yoki korxona ushbu aktivdan foydalanishdan olishni mo‘ljallayotgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) miqdori
|
Boshlang‘ich qiymati
|
nomoddiy aktivlarni yaratish (ishlab chiqish) yoki sotib olish bo‘yicha haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar qiymati (pul mablag‘lari yoki ularning ekvivalentlarining summasi yoxud boshqa to‘lovlarning joriy qiymati), shu jumladan to‘langan va qoplanmaydigan soliqlar (yig‘imlar), shuningdek‚ aktivni undan maqsadga ko‘ra foydalanish uchun ishga yaroqli holatga keltirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar qiymati
|
Tugatish qiymati
|
nomoddiy aktivning chiqib ketishi bo‘yicha kutilayotgan xarajatlarni chegirgan holda uning foydali xizmat muddati oxirida aktivni tugatish chog‘ida olinishi kutilayotgan, aktivning taxmin qilinayotgan (baholangan) summasi
|
Joriy qiymati
|
ma’lum sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari bo‘yicha nomoddiy aktivlarning qiymati yoki xabardor qilingan, bitimni amalga oshirishni xohlovchi, bir-biridan mustaqil taraflar o‘rtasida bitimni amalga oshirishda aktivni sotib olish yoki majburiyatlarni bajarish uchun etarli bo‘lgan summa
|
Qoldiq (balans) qiymat
|
nomoddiy aktiv moliyaviy hisobot (buxgalteriya balansi)da aks ettiriladigan, boshlang‘ich (tiklash) qiymati va jamlangan amortizatsiya summasi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadigan miqdor
|
Faol bozor
|
oldi-sotdi obektlari bir turda (bir xil) bo‘lgan va har qanday vaqtda bitimni amalga oshirishni xohlovchi manfaatdor sotuvchi va xaridorlarni topish mumkin bo‘lgan, shuningdek‚ narxlar haqidagi ma’lumotlar oshkor (hammabop) bo‘lgan bozor
|
Mutlaq huquq
|
bu faqatgina huquq egasi tomonidan yoki uning roziligi bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uchinchi shaxsga berilishi mumkin bo‘lgan mulkiy huquq
|
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bilan ta’minlanganlik, ularning holati, harakati, samaradorligini, asosiy vositalarning rentabelligini baholashda tahlilning metodologik asoslari quyidagilardan iborat.