• Mahsulot sifatiga odatda quyidagi omillar ta’sir qiladi
  • Mahsulot ishlab chiqarish va sotishni dinamik tahlili
  • Mahsulot biriligining o‘rtacha sotish bahosi




    Download 124,65 Kb.
    bet19/23
    Sana08.12.2023
    Hajmi124,65 Kb.
    #114008
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
    Bog'liq
    3-mavzu. Korxonaning operatsion faoliyatini tahlili operatsion f

    Mahsulot biriligining o‘rtacha sotish bahosi

    rejada

    haqiqatda

    110000/15000=7333 sum

    140000/21000=6666 sum



    Mahsulot sifatiga odatda quyidagi omillar ta’sir qiladi: foydalanilayotgan xomashyo va materiallar sifati; xodimlarning malakasi va texnik tayyorgarlik darajasi; ishlab chiqarishda ishtirok etadigan texnika va texnologiyani holati va uning progressivligi; ishchi va xodimlarning mahsulot sifatiga javobgarligi hamda ularning moddiy rag‘batlantirilishi va hokazo.
    Mahsulot ishlab chiqarishda eng muhim masala bu innovatsion, yangidan yaratilgan mahsulotlar hajmining, eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yilganligiga baho berishdan iboratdir.
    Innovatsion mahsulot – yangi, takomillashtirilgan, texnologik o‘zgarishlar tufayli yaratilgan mahsulotdir. Oldingi mahsulotlardan sezilarli yoki tubdan farq etuvchi mahsulotlardir.
    Eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarning jami mahsulotlar tarkibidagi salmog‘iga baho berish orqali korxonaning joriy va istiqboldagi taktik strategiyalari ishlab chiqiladi.
    20-jadval
    Mahsulot ishlab chiqarish va sotishni dinamik tahlili

    Ko‘rsatkichlar

    Bazaviy bahoda qiymati

    Mutlaq o‘zgarishi (+,-)

    2015 y.


    2016 y.


    2017 y.


    2016 y.
    2015
    yilga nisbatan

    2017 y.
    2016 yilga nisbatan

    2017 y.
    2015 yilga nisbatan

    Jami mahsulot hajmi, ming so‘m

    282792

    442606

    532036

    +159814

    +89430

    +249244

    Innovatsion mahsulot hajmi, ming so‘m

    52300

    85602

    120400

    +33302

    +34798

    +68100

    Innovatsion mahsulotlar soni

    3

    5

    8

    +2

    +3

    +5

    Innovatsion mahsulotlarning jami mahsulot tarkibidagi salmog‘i,%

    18.4

    19.3

    22.6

    +0.9

    +3.3

    +4.2

    Korxonada innovatsion mahsulotlarning hajmi 2016-yilda 2015- yilga qiyosan 33302.0 ming so‘mga, 2017-yil 2016-yilga qiyosan 34798 ming so‘mga, 2017-yil 2015-yilga qiyosan 68100 ming so‘mga ortgan. SHu bilan birga jami mahsulotlar tarkibida innovatsion mahsulotlar hajmi 2015-yilda 18.4 %ni, 2016-yilda 19.3 %ni, 2017-yilda 22.6 % ni tashkil etganligini ijobiy baholash mumkin. Innovatsion mahsulotlarning soni ham mos ravishda 2, 3 va 5 taga ko‘paygan.
    Korxonalar faoliyatida bir turdagi mahsulotni ishlab chiqarish hollarini juda kam hollardagina uchratish mumkin. Hattoki bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarda ham ularning turli assortimentlari tarkiblanadi.
    Mahsulotlarning turlari bo‘yicha reja bajarilishining tahlili bilan bir qatorda assortimenti tahlilini ham amalga oshirish zarur.
    Mahsulot, ish va xizmatlarning turi va assortimenti tahlilida ularning segmentlar bo‘yicha taqqoslanadigan va taqqoslanmaydigan, profildagi va profilda bo‘lmagan turlari, asosiy va qo‘shimcha mahsulotlar turlari bo‘yicha turkumlanishi o‘rganiladi. Ular bo‘yicha reja topshiriqlarining bajarilishi, umumiy reja topshiriqlarining bajarilishida ularning ta’siri, mahsulotlar tuzilishidagi tarkibiy o‘zgarishlarga baho beriladi.
    Mahsulotlar nomenklaturasi – deb, miqdor holida tovarlar guruhlari, kichik guruhlari va pozitsiyalarini belgilashda hamda hisobga olishda qabul qilingan ro‘yxatidir.
    Tovar (ish, xizmat)lar assortimenti – deb esa, mahsulotlarning ma’lum bir belgilariga qarab, ya’ni, uning turlari, navi, o‘lchami, markasi, artikullariga qarab ajratiladigan mahsulotlar xilidir.
    Tovarlar nomenklaturasi va assortimentini o‘rganishda o‘rtacha assortiment rejasining bajarilishi tahlil etiladi.
    21-jadval

    Download 124,65 Kb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




    Download 124,65 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mahsulot biriligining o‘rtacha sotish bahosi

    Download 124,65 Kb.